O‘zbekiston respublikasi



Download 181,62 Kb.
bet18/22
Sana21.05.2021
Hajmi181,62 Kb.
#65113
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi

Shaxs yo‘nalganligining

Mas’uliyat Maqsadlar va ideallar Iymon

Qiziqishlar va e’tiqod

Dunyoqarash
rasmdan ko‘rinib turibdiki shaxsning yo‘nalganligi o‘ziga xos xarakter kasb etar ekan, endi biz ularni har birini alohida taxlil kilamiz.

Ijtimoiylashuv jarayonida ma’suliyat shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko‘rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda G‘arb va rus psixologiyasida nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko‘ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi.

Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o‘zining hayotida ro‘y berayotgan barcha hodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o‘zini tan oladi. (“Men o‘zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o‘zimga bog‘liq, shuning uchun o‘zim uchun ham, oilam uchun ham o‘zim javob beraman”).

Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‘y bergan va beradigan voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-ona, o‘qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshqalar).

Xorij mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ikkinchi turli mas’uliyat ko‘proq o‘smirlarga xos bo‘lib, ulardan 84% mas’uliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma’lum ma’noda yoshlar o‘rtasida mas’uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham “Nazorat lokusi” tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim J.Rotter (J.Rotter)ning fikricha, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishga o‘rgatilgan bolalarda xavotirlik, neyrotizm, konformizm holatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda o‘z-o‘zini hurmat hissi ham yuqori bo‘lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashish yashashga sira xalaqit bermaydi. Shuning uchun ijtimoiylashuvning muhim bosqichi kechadigan ta’lim muassasalarida yoshlarga ko‘proq tashabbus ko‘rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit yaratish kerak va bu hozirgi kunda Prezidentimiz I.Karimov siyosatining asosini tashkil etadi. Maqsadlar va ideallar.Ijtimoiylashuvning mas’uliyat hissiga bog‘liq yo‘nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq va yaqinga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad va rejasiz inson – ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‘zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‘liqligi bilan xarakteralanadi. Ularning shakllanishi va ongda o‘rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham rol o‘ynaydi. Ideallar – shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu-umidlari bo‘lib, ongda mavjudligi va har doim ham amalga oshmasligi bilan xarakterlanadi. Chunki ularning paydo bo‘lishiga sabab bevosita tashqi muhit bulib, o‘sha ideallar obekti bilan shaxs imkoniyatlari o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘smirning ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo‘lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo‘lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.

Qiziqishlar va e’tiqod, qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo‘lib, ular shaxsni atrofida ro‘y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o‘zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‘plash, ularni o‘rganishga imkon beruvchi omildir. qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita bo‘lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo‘ladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo‘nalishiki, u insonga o‘z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e’tiqodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi mumkin – Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, ahloqiy normalarga, oilaga,

go‘zallikka va shunga o‘xshash.

Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqei va nufuzi ma’lum ma’noda undagi e’tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar butun umri mobaynida faqat bitta narsaga e’tiqod qiladilar. Masalan, Mir Alisher Navoiyning butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning namunasi sifatida, turkiy xalqlar adabiyotiga asos solishga bag‘ishlanganligi, Imom Buxoriy, Ibn Sino singari buyuk allomalarning turli tayziqlarga qaramay ilm va ijod yo‘lidagi qat’iyatlari, erishgan yutuqlari e’tiqodlilikning yorqin namunasidir. Bunday misollar Sharqning va g‘arbning buyuk shaxslari misolida juda ko‘p. Mansur Xalloj, Nasimiy, Boborahim Mashrab kabi hur fikrli zotlar esa qatl qilingan chog‘larida ham o‘z e’tiqodlari va tanlagan yo‘llaridan qaytmaganlar.

E’tiqodlilik nuqtai nazardan ham odamlar bir-birlaridan farq qiladilar. Tarixda shunday shaxslar borki, ular butun ongi hayotini faqat bir narsaga bag‘ishlab o‘tib ketadilar, lekin ularga o‘sha ixlos va kuchli e’tiqod xalq tomonidan e’tirof etilib, mehnatlari, ilmiy kashfiyotlari yoki o‘sha kasbga sadoqatlari tufayli o‘zlariga tirikligidayoq o‘chmas haykal qoldirganlar. Ayrim odamlar esa o‘zlaridagi qiziqishlar va e’tiqodni hayotlari mobaynida o‘zgartirib boradilar. Masalan, yoshligida sportning biror turiga astoydil ihlos qilgan odam bu borada katta natijalarga erishadi, uni yurt taniydi. Umrining ma’lum bosqichida u shu erishgan yutuqlarini boshqa shaklda takomillashtirib, ustoz-murabbiy sifatida o‘qitishga astoydil kirishadi. Umrining yana bir bo‘lagida tashkilotchi-rahbar sifatida ana shu sohani yanada yuksaklikka ko‘tarishga xizmat qiladi. Mukarrama Turg‘unboeva, Yunus Rajabiy, Komil Yashin, Rufat Risqiev, Abror Hidoyatov, Abdulla Oripov, Ozod Sharofuddinov kabi yuzlab zamonamiz qahramonlarining hayot-faoliyatlari ana shunday e’tiqodlilikning yorqin misolidir.

Demak, agar insonda biror narsaga e’tiqod shakllangan bo‘lsa, undan yaxshi inson bo‘lib, odamlarga nafi tegishiga umil qilish mumkin. Lekin e’tiqodsizlikdan qo‘rqish kerak. Agar atrofimizda biror bir narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-maslagi yo‘q kishini ko‘rsangiz, unga yordam berish yo‘lini izlash kerak, chunki bu odamdagi e’tiqodsizlik nafaqat uning o‘ziga, balki atrofdagilarga ham faqat salbiy ta’sir ko‘rsatadi. E’tiqodli inson avvalo o‘zgalarga ziyon keltiruvchi amallardan o‘zini tiyadi, yolg‘on gapirmaydi. Unda har doimo lafz bo‘ladi, ya’ni bir nrasani qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib, ungi bajaradi, boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. E’tiqodli inson nima qilayotganligini, nima uchun aynan shu ishni qilayotganligini juda yaxshi anglaydi. Shu tufayli haqiqiy e’tiqodli inson ilmga intiladi, o‘z hayotining mazmun-mohiyatini tushunishga intiladi, go‘zallik yaratish, har tomonlama barkamol bo‘lishga tirishadi, yaxshilarga oshno bo‘lish, buyuklikka havas uning hayotiy shioriga aylanadi. Haqiqiy e’tiqod sohibida sog‘lom fikr bo‘lib, bu fikr orqali u insoniyatning umrboqiyligini idrok etadi, o‘zidan oilasiga, farzandlariga nimadir qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun ham e’tiqodlilik – shaxsdagi jur’at, mardlik, fidoiylik,

iroda, vijdon, qat’iyat, halollik, isnonparvarlik, vatanparvarlik kabi qator ijobiy sifatlar bilan bog‘liqdir.

Iymon


“Iymon” arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi “ishonchdir”. Haqiqiy e’tiqodli odamda iymon ham bo‘ladi. Buyuk merosimiz hisoblanmish “Avesto”da iymon va e’tiqodning o‘zaro aloqasi va uning inson fikrlash va tafakkur tarzi bilan bog‘liqligi xususida fiklar bildiriladi.

Iymon keltirish yoki ishonch shunday psixologik holatki, unda shaxsning e’tiqodiga mos keladigan, biror konkret narsa va hodisalar ta’sirida ongda o‘rnashib qoladigan tasavvurlar majmui yetakchi rol o‘ynaydi. Iymon obekti ko‘pincha shaxs tomonidan chuqur tahlil qilinmaydi, tekshirilmaydi, chunki unda insoniyat tajribasi, shaxs e’tiqod qilgan ijtimoiy guruhning qarashlari mujassam bo‘ladi.

Masalan, Ollohga iymon keltirish har bir musulmon uchun farz hisoblanadi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Alloh taolo tarafidan keltirilgan barcha xabarlariga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, ya’ni qur’oni karim va Hadisi shariflar orqali Alloh to‘g‘risidagi, jannat va do‘zah, qiyomat kabi g‘aybiy narsalar haqida berilgan xabarlarga ishonch – shariatda iymon, deb yuritiladi, deganlar. O‘sha Hadisi sharifda yana “Vatanni sevmoq – iymondandir” deb zikr etilgan. Bular oddiy fuqaro bahslashmaydigan, xalq metaliteti va vijdoni-iymoni tomonidan qabul qilingan arkonlardirkim, ularga ishonish har bir musulmonning va sog‘lom fikr yurituvchi insonning burchidir. Shuning uchun ham vatanpurushlarni eng avvalo “iymonsizlar” deb la’natlaydi xalq, zero, tug‘ilib o‘sgan yerni muqaddas bilish, kindik qoni to‘kilgan tuproqni sog‘inish, Vatan uchun baholi qudrat vijdon bilan mehnat qilish – iymonlilik belgisidir.

Iymon tushunchasiga faqat diniy tushuncha sifatida qarash to‘g‘ri emas. Chunki har kungi faoliyatida insonlarga nafi tegadigan amallar, savob ishlar qilish, solih xulq sohibi bo‘lish, oilasi, yaqinlariga mehr-muhabatini ayamaslik, jamiyatdagi xulq normalarini qalban his qilib, ularni buzmaslikka intilish ham iymondan ekanligini unutmaslik kerak. Agar bola yoshlikdan go‘zal xulqlarga ergashsa, musulmonchilik odatlari, xushxulqlilik tamoyillarini o‘zlashtirib borishga ruhan tayyor bo‘lsa, uni iymonli bo‘lib tarbiya topayapti, deyish mumkin. Mafkuraviy tarbiya va milliy g‘oyaning bosh mezonlaridan biri komillik va barkamollik ekan, ana shunday tarbiya insoniy munosabatlarni yaxshilaydi, jamiyat rivojiga turtki bo‘ladi.Dunyoqarash, ye’tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi. Shaxsning dunyoqarashi1 – tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‘oyalar majmui bulib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni





e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo‘liga – kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.

Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorda bevosita namoyon bo‘ladi. U yoki bu xulq- atvorning sababi uning motividir. Ijtimoiy psixologiya shaxs xulq-atvorining motivlari sifatida ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganadi. Rus olimi V.A. Yadov o‘zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.


  1. elementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘p incha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shart - sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya.

  2. ijtimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak.

V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir.

G) qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr - qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay kelayotgan qadriyatlardir.

Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir guruh asarlar yoqadi. Lekin nima uchun xuddi shu asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O‘sha guruhdan yangi bir kitob qo‘lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo‘ladi. Shu ma’noda olib qaralganda, ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o‘xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o‘z ifodasini topadi. Ya’ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu ob’ektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.

Ijtimoiy ustanovka muammosi G‘arbda, ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida har taraflama chuqur o‘rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi xayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlarga bog‘liqligini o‘rganib, shaxs xulq- atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. Ular ijtimoiy ustanovkani bir so‘z bilan— ‘‘attityud" so‘zi bilan ifodalaydilar. 1942-yildayok M. Smit

attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism bo‘lib, bular kognitiv qism, affektiv qism hamda konativ qismlaridir.

Kognitiv qism — bu shaxsdagi attityud ob’ektiga nisbatan bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan tashkari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsiplar va hokazolar kiradi.

Atttyudning affektiv qismi — bu o‘sha ob’ektni hissiy-emotsional baholash bo‘lib, yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qism yoki xulq-atvor bilan bog‘liq qismga esa shu ob’ektga nisbatan amalga oshiriladigan hatti-harakatlar, aynan xulq- atvor kiradi.

Lekin ba’zi olimlarda ustanovkaning aynan ob’ektga yoki vaziyatga nisbatan bo‘lishi mumkinliga haqida ma’lumotlar ham bor edi. Xususan, Laperning 1934-yilda o‘tkazgan mashhur eksperimenti bunga misol bo‘lishi mumkin. Eksperimentning mazmuni kuyidagicha edi. Laper ikkita xitoylik talabalar bilan AQSh buylab sayohatga chiqadi. Ular hammasi bo‘lib 252 ta mexmonxonada bo‘lishib, ularning deyarli barchasida (bittasidan tashqari) iliq, samimiy munosabatnnng guvohi bo‘lishadi. Ma’lumki, o‘sha paytlarda irqiy belgi bo‘yicha odamlarga tanlab munosabatda bo‘lishar, xitoyliklar ham sariq tanlilar sifatida kamsitilardi. Laper bilan hamroh bo‘lgan talabalarga munosabat bilan olimga bo‘lgan munosabat o‘rtasida deyarli farq sezilmadi. Sayohat tugagach, Laper o‘sha barcha mehmonxona egalariga minnatdorchilik xati yozib, yana o‘sha talabalar bilan borsa, yana o‘shanday iliq kutib olishlari mumkinligini so‘radi. Javob faqat 128 ta mexmonxona egalaridan keldi, ularning ham bittasida ijobiy javob, 58 % da rad javobi, qolganlarida turlicha formalarda noaniq javoblar olindi. Bundan Laper shunday xulosaga keldi: demak xitoy millatiga mansub shaxslarga nisbatan ijtimoiy ustanovka bilan mehmonxona egalarining real xulq-atvorlari o‘rtasida farq bo‘lib, aslida ustanovka salbiy ekanligi, vaziyatga qarab esa, u boshqacha — ijobiy namoyon bo‘lganligi aniqlandi.

Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlardan yana biri uning uzoq muddatli xotira bilan bog‘liqligidir. Ayni vaziyatlarda shakllangan obrazlar uzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya’ni ‘‘jonlanadi". Masalan, ba’zi bir etnik stereotiplar ana shunday xotira obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka ob’ektga hamda konkret vaziyatga bog‘liqdir.

Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida o‘zgarishi mumkinligi muhim ijtimoiy-psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovland fikricha, ijtimoiy ustanovka o‘rgatish yo‘li bilan o‘zgarishi mumkin. Ya’ni o‘quvchilardagi turli ustanovkalarni o‘zgartirish uchun rag‘batlantirish yoki jazolash tizimini o‘zgartirish lozimdir. Ikki shaxs yoki shaxs bilan guruhning ustanovkalari mos kelmay qolgan sharoitda esa tomonlardan biri ongli ravishda o‘z ustanovkalarini o‘zgartirishi shartdir. Aks holda nomutanosiblik prinsipiga ko‘ra shaxslararo nizo yoki kelishmovchilik paydo bo‘lishi muqarrardir.

Ijtimoiy ustnovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li - bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’ektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u yerda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘p chilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondatish uni ma’lum guruhlarning a’zosi, konkret sharoitida o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.

Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq - atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning ahloq - ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o‘ziga ham bog‘liqdir. Odamning o‘z - o‘zini anglashi, bilishi va o‘z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o‘ziga, o‘z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq - shaxs tomonidan uni o‘rab turgan odamlar, ularning xulq - atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o‘zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o‘zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo‘lishidan qat’iy nazar,

«Assalomu alaykum» deb kelishi - norma; o‘quvchining o‘qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi - norma; xotinning er hurmatini o‘rniga qo‘yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik - norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o‘rin bo‘shatishi - norma va hakozo. Bu normalarni ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo‘lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko‘p chilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan harakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyada muhrlanadi. Ijtimoiy sanksiya. Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo‘lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi.

Ijtimoiy sanksiyalar - normalarning shaxs xulqida namoyon bo‘lishini nazorat qiluvchi jazo va raqobatlantirish mexanizmlari bo‘lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda ijtimoiy xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob’ektiga

aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta mo’ysafid kishiga o‘rin bo‘shatishni norma deb qabul qilmagan o‘smirga nisbatan ko‘pchilikning ayblov ko‘zi bilan qarashi, yoki og‘zaki tanbeh berishi, juda kam hollarda o‘zini bebosh tutayotgan o‘smirning qo‘lidan tutib, nima qilish kerakligini o‘rgatib, «ko‘zini moshday qilib ochib qo‘yish» ijtimoiy sanksiyaning hayotdagi bir ko‘rinishidir. Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida xulqida namoyon etadi.

Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo‘lsak, uni bajarish - u yoki bu oliy o‘quv yurtida taxsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a’zo bo‘lish, stipendiya olib, ma’muriyatning ijtimoiy himoyasida bo‘lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o‘sha oliygoh ichki tartib - intizomi normalariga so‘zsiz bo‘ysunish, darslarga o‘z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o‘zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda bo‘lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu rol uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli (ota va ona, yaqin qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret shaxsning o‘ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli - tuman ijtimoiy rollarning harakteridan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, kimdir

«tartibli, ba’mani, fozil, ahloqli va odobli» deyilsa, kimdir - be’mani, bebosh, o‘zgaruvchan, ikkiyuzlamachi (ya’ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda - betartib) degan hayotiy mavqega ega bo‘lib qoladi.

Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko‘pligi sababli ham, turli vaziyatlardagi uning mavqei - statusi ham turlicha bo‘lib qoladi. Agar biror rol shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o‘zi uchun o‘ta ahamiyatli bo‘lsa (masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o‘sha vaziyatda boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin. qolaversa, rollarning ko‘pligi ba’zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi mumkinki, oqibatda - shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi mumkin. Masalan, sirtdan tahsil olayotgan talaba sessiya paytida ishlab turgan korxonasiga komissiya kelishi va uning faoliyatini tekshirayotganligini bilib, ruhiy azobga tushadi - bir tomondan, talabachilik va uning talablari, ikkinchi tomondan - kasbdoshlar oldida uyalib qolmaslik uchun har kuni ishxonaga ham borib kelish.

Shunday qilib, shaxs sotsializatsiya jarayonida turli ustanovkalarini ro‘yobga chiqarish sharoitida faollik ko‘rsatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy-psixologik sifatlarida ko‘ramiz. Ya’ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o‘zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy-psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo‘ladigan hamda muloqotda ko‘rinadigan sifatlar guruhiga bo‘linadi. Masalan,

tashqi muhit bilan faol munosabat perseptiv himoya sifatlari, ya’ni o‘ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ta’sirlardan himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba’zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A.Labunskaya) deb atasalar, boshqalari ‘‘ijtimoiy ta’sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A.Bodalev), ‘‘kuzatuvchanlik",’’ziyraklik" (Yu.Jukov) va hokazo deb atashgan. Boshqa sifatlar ‘‘muloqotda namoyon bo‘luvchi sifatlar"dir. Ular turli ijtimoiy kutishlar sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning turli sharoitlarda to‘g‘ri muloqotga kirishish imkoniyatinp beradi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o‘ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida kamrok xatolarga yo‘l qo‘yishini ta’minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik o‘zgalarning ichki dunyosini gaplari, hatti-harakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandnr. Shu fazilatlarni qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi.

Ekstrovert va introvert toifali shaxslar.Bu tiplar muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko‘ra farqlanadi. Masalan, ekstrovert — o‘ta muloqotga kirishuvchan, o‘zini odamlar guruhisiz tasavvur qila olmaydigan shaxsdir. Uning uchun muloqot haqiqiy ehtiyojidir, boshqalarning uni tushunish-tushunmasliklaridan qati nazar, u doimo o‘z fikr-istaklarini o‘rtoqlashgisi keladi. Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo‘lish emas, umuman kim bilan bo‘lsa ham muloqotda bo‘lish xohishi muhim. Shuning uchun ham u umuman begona odam bilan gaplashib, kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning psixologiyasini tushunishi qiyin ("Qanday qilib gaplashishni xohlamaslik mumkin?", — deb uylaydi u). Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o‘zgarib turadi, do‘stlari, o‘rtoqlarini ham almashtirib turishga intiladi. Bundan tashqari, u o‘ta kirishuvchan bo‘lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan chiqish usullari to‘g‘risida tez xulosaga keladi, o‘ta qiziquvchan, dunyoda bo‘layotgan hodisalar, ‘‘mish-mishlar"ni bilish uning uchun zarur. Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urushgan odami bilan ertaga hech narsa bo‘lmaganday apoq-chapoq bo‘lib ketishi mumkin.

Introvert esa ekstrovertning teskarisi. U ko‘proq ichki dialog formasidagi muloqotni afzal ko‘radi, ya’ni yolg‘izlikda mulohaza yuritish, o‘zi haqida o‘ylash va shunga o‘xshaganlar uning uchun asosiy ishdir. Shuning uchun ham unda muloqotga ustanovka juda sust, odamlarning uni tushunmay qolishlaridan doimo xavotirda bo‘ladi. Introvert kitoblar olami, falsafiy fikrlashlar qulidir, chunki u odamlar guruhida sodir bo‘lib turadigan ziddiyatlardan cho‘chiydi, o‘zini olib qochadi. Agar muloqotda bo‘ladigan bo‘lsa, 2—3 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhni afzal ko‘radi. Shunda ham har kuni emas, ba’zan-ba’zan uchrashib turish, gaplashganda ham ‘‘shaxsiy" mavzularda emas, umumiy gaplar haqida suhbatlashishni yaxshi ko‘radi. Chunki u ekstrovertdan farq qilib, o‘z ‘‘Men"ining boshqalarga o‘xshamasligini doimo esda tutadi. Introvert doimiy standartlar, belgilangan normalar olamida yashaydi, qiziqqan narsasi bilan umrini oxirigacha bo‘lsa ham shug‘ullanishga tayyor, umr yo‘ldoshiga sodiq,

vafodor. Do‘stlarga ham xuddi shunday.Mobil va rigid toifali shaxslar. Bu shaxs tiplari muloqotga kirishish me’zoniga ko‘ra farqlanadi. Masalan, mobil tip har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lgan sharoitda juda tez muloqotga kirishadi, lekin boshqa narsalarga ham diqqatini ko‘chirishi mumkin. U tez gapiradi, doimo shoshadi, yuz ifodalari ham tez o‘zgaradi. Suhbat mavzusinn ham tez-tez o‘zgartirib turishga moyil. Gaplashib ketishi qanchalik oson bo‘lsa, gapni tugatib, xayrlashib ketishi ham oson. Suhbat tugagandan keyin qolgan ishini davom ettirib ketaveradi.Rigid suhbatdosh esa uning aksi. Bunday shaxs qatiyatli, dadil bo‘lsa ham, bir faoliyat turidan ikkinchisiga ko‘chishi juda qiyin, u ma’lum muddatni talab qiladn. Chunki u o‘ylamasdan tavakkal ish qila olmaydi. Masalan, u xat yozayotgan paytda kirib qolsaniz, to biror bo‘lagiga nuqta quymaguncha sizga qaramaydi. Qaragandan keyin esa, tezgina suhbatga kirisha olmaydi. Rigid shaxs juda yaxshi suhbatdosh. Mobil tipdagi suhbatdosh bilan gaplashayotganda u tez-tez gapni bo‘lib, suhbatdoshga tashabbusni bergisi kelmaydi, rigid esa juda diqqat bilan tinglaydi. Lekin o‘zi gapirganda, sekin, mantiqan to‘g‘ri gapirishni yaxshi ko‘radi, gapini bo‘lishlarnni sira istamaydi. Agar suhbatni bo‘lsangiz, keyingi safar siz bilan gaplashmay qo‘ya qolishni afzal ko‘radi. Agar u bilan urishib qolsangiz, ancha vaqtgacha uning jaxli chiqmaydi, sizni oxirigacha eshitib, sekin javob beradi, undagi ranjish, jaxl chiqishi odatda siz ketgandan keyin keladi. Agar uning suhbatdoshi toqatsiz odam bo‘lsa, ikkalasining chiqishishi qiyin, chunki u uzoqdan kelib tushuntirishni yaxshi ko‘radi. Demak bu tiplar ham har xil, har birida ham yaxshi, ham yomon sifatlar bor.

Dominant va tobe toifali shaxslar.Dominant tip muloqot jarayonida sira ham boshqalardan past kelishni xohlamaydi, savol berilsa, xohlasa javob beradi,

bo‘lmasa, indamasligi ham mumkin. U doimo suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatishi, uning bo‘ysunishini xohlaydi. Unda egoizm hissi kuchli, o‘zi xato fikr yuritsa, xatoligini suhbatdosh sezsa ham uni bo‘yniga olmaydi. Dominant tip — qatiyatli. Suhbat davomida u sizning fikringizni yarim yo‘lda tushunsa, sizni oxirigacha tinglashni istamaydi, gapni bo‘lib, mayinlik bilan gapni tugatib qo‘yishi mumkin. Agar ikkala suhbatdosh ham dominant bo‘lishsa, unda ular o‘rtasida osongina raqobat hissi yuzaga chiqishi, kelishmay qolishlari mumkin. Shuning uchun janjallashib qolmaslik uchun dominant shaxsning mustaqilligi, dadilligiga ko‘nish, unga o‘z nuqtai nazarini oxirigacha bayon etish imkoniyatini berish lozim. Tobe tipli shaxs esa suhbatdoshning qarashlariga moslashadi, doimo yon berishga tayyor, shuning uchun u kam janjallashadi, lekin yomon ko‘rib qolgan odami bilan umuman gaplashmaydi. Suhbat sharoitidagina u asta-sekin o‘zining dadilligini ko‘rsatishi, ochiq gaplashishi, ba’zan e’tirozlar bildirishi mumkin. Tobe shaxsli bolalarni rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun ham ularni maqtab turish, gapirayotganda ko‘zlar, yuz ifodalari bilan ularni ruhan qo‘llab turish kerak. Biror qarorga kelish kerak bo‘lib qolsa, bu shaxs qarorni yaxshisi siz qabul qilishingizni xohlaydi, chunki javobgarlikni bo‘yniga olishni istamaydi.Yuqorida



keltirilgan tiplarni kuzatar ekanmiz, barchasida yaxshi va yomon, noqulay sifatlar borligini ko‘ramiz. Hayotda ko‘pincha sof u yoki bu tip vakili uchramaydi, lekin u yoki bu vaziyatlarda takrorlanadigan fazilatlarga qarab odamlarni tiplarga bo‘lamiz. Bundan tashqari, bir marta ko‘rishda odam haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Uni turli sharoitlarda bir necha marta


kuzatish lozim.




  1. Download 181,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish