O‘zbekiston respublikasi


BOB: PSIXOLOGIYADA SHAXSNING IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI



Download 181,62 Kb.
bet14/22
Sana21.05.2021
Hajmi181,62 Kb.
#65113
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi

BOB: PSIXOLOGIYADA SHAXSNING IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI


  1. Shaxsning ijtimoiylashuv mexanizmlari.

Shaxs, uning dunyoni bilishi, o‘zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni anglashi, tushunishi va o‘zaro munosabatlar jarayonida o‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs – jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug‘ilgan onidan boshlab o‘ziga o‘xshash insonlar qurshovida bo‘ladi va uning butun ruhiy imkoniyatlari ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‘ladi. Chunki agar insonning ontogenetik taraqqiyoti, ya’ni tug‘ilgan onidan, to umrining oxirigacha bo‘lgan taraqqiyoti davriga e’tibor beradigan bo‘lsak, hali gapirmay turib, odam bolasi hayotining ilk daqiqalaridayoq, o‘ziga o‘xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko‘rinishlarining faol obekti va subektiga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon ijtimoiylashuv deb yuritiladi.

Demak, ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv – har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni namoyon etishi, kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir.

Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko‘rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o‘zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha subektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi.

Masalan, 10-15 nafar kishidan iborat kasb xunar kolleji talabalarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota-onalarining kutishlari, o‘qituvchilarning berayotgan darslari va unda yetkazilayotgan ma’lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 talabaning har biri shu ta’sirlarni o‘zicha, o‘ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o‘quv ko‘rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o‘sha biz yuqorida ta’kidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liq va o‘zaro qarama-qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi.

Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.

Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:



  1. faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoii- psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;


  2. Download 181,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish