O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet77/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning sabablari. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning barcha sabablarini shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin: texnik, tashkiliy, sanitar-gigiyenik, ruhiy-fiziologik, iqtisodiy va subyektiv.
Тexnik sabablarga: mashina va mexanizmlarning, qurilma, uskuna, asbob va moslamalarning konstruktiv kamchiliklari yoki nosozligi; xavfsizlikni ta’minlash injener-texnik vositalarining, jumladan, to‘siq qurilmalarining, blokirovka qurilmalarining, havo almashtirish tizimining, tormoz va saqlash
tizimining ishlamasligi yoki nosozligi; bosim ostidagi turli tizimlarning zichligi buzilishi oqibatida zaharli suyuqlik va gazlarning sizib chiqishi; elektr qurilmalarining nollash, yerga ulash, potensiallarni tenglashtirish qismlarining va avtomatik ajratgich qurilmalarining nosozliklari yoki talabga javob bermasliklari va boshqalar kiradi.
Тashkiliy sabablarga: ish joylarining uskuna, moslama va yordamchi asboblar bilan yetarli ta’minlanmaganligi; yuk ko‘tarish vositalari, bog‘lab qo‘yish moslamalarining yo‘qligi; xavfsiz ishlash bo‘yicha yo‘riqnomaning o‘z vaqtida berilmaganligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish ishlarining sust olib borilganligi, mehnat xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalarning yo‘qligi, ishchilarning o‘z vaqtida maxsus kiyimlar va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanmaganligi; mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoida va talablariga amal qilish ustidan nazorat tizimining yetarli darajada ishlamasligi; turli asbob- uskunalarni va texnik jihoz va vositalarni soz holda va o‘z o‘rnida, belgilangan vazifasi bo‘yicha qo‘llamaslik; texnologik jarayonlar va operatsiyalar kechishi tartibi va talablarini buzish; dam olish va mehnat qilish tartibining buzilishi va boshqalar kiradi.
Sanitar-gigiyenik sabablarga: ish joyidagi noqulay mikroiqlim sharoitlari (havo harorati, namligi va harakat tezligining); havo tozaligining, yoritilganlik darajasining, shovqin va titrash darajasining, issiqlik va boshqa turli nurlanishlar darajasining sanitar me’yorlar talablariga muvofiq kelmasligi; ish joylarining betartibligi va ifloslanganligi; maishiy xonalarning (yechinish, yuvinish-cho‘milish xonalari, hojatxona va boshqalar) miqdor va sifat jihatidan talabga javob bermasligi va boshqalar kiradi.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish