O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet76/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ishlab chiqarishdagi kasallanishlar. Kasbiy va umumiy kasallanish holatlari noqulay mehnat sharoitlari ta’siri oqibatida kelib chiqishi mumkin. Kasb kasalliklari esa asosan zararli ishlab chiqarish omillari ta’siridan kelib chiqadi. Demak, kasb kasalliklarining etnologiyasi, ya’ni kelib chiqishi, bu turli fizik omillarning, changlarning, kimyoviy moddalarning va biologik omillarning odam organizmiga ta’sir etishidir. Fizik omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan kasbiy kasalliklarga, masalan, “titrash kasalligi”, “shovqin kasalligi” misol bo‘ladi. Bu kasalliklar odam organizmiga me’yordan yuqori titrashning va shovqinning ta’sir qilishidan kelib chiqadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlayotgan xodimlarining organizmiga ko‘pincha turli xil kimyoviy zaharli va zararli moddalar – pestitsidlar, kamroq hollarda mineral o‘g‘itlar, uglerod oksidi va boshqa kimyoviy moddalar ta’sir qiladi.
Zaharli va zararli moddalar ta’siri natijasida yuzaga keladigan kasb kasalliklarining ayrim turlari “kasbiy zaharlanish” deb hisoblanadi. Kimyoviy moddalarning ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasbiy kasalliklarga surunkali va o‘tkir zaharlanish, o‘tkir va surunkali teri kasalliklari (dermatitlar va ekzemalar), kon’yuktivitlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan chang ham o‘ta zararli omil hisoblanadi. Odam organizmiga changlarning ta’sir qilishi natijasida sodir bo‘ladigan kasb kasalliklariga surunkali kasbiy o‘pka fibrozi, pnevmokonioz va changlardan uzoq vaqt nafas olish natijasida kelib chiqadigan boshqa kasalliklar kiradi.
Qishloq xo‘jaligida allergik kasalliklardan polinozlar, bronxial astma va boshqalar uchraydi.
Biologik omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan kasbiy kasalliklarga yuqumli va parazitar kasalliklar, kasal hayvonlardan odamga o‘tadigan (brutsellyoz, sap, kuydirgi (sibir yazvasi), ornitoz, toksoplazmoz va boshqalar) va allergik kasalliklar kiradi.
Noqulay ish sharoitlari havo haroratining keskin o‘zgarishi, yelvizaklar, yuqori namlik, neft mahsulotlari bilan bog‘langan chang, kuchli jismoniy zo‘riqish, ovqatlanish tartibining buzilishi va bemorlar bilan aloqada bo‘lish vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Past temperaturali va yuqori namli sharoitda ishlash natijasida radikulitlar paydo bo‘ladi.
Odam organizmiga noqulay mehnat sharoitlari, jismoniy mehnatning og‘irligi, mehnatning jadalligi, odam tanasining ish vaqgida turli noqulay holatlarda turishi (egilib, yarim egilib va boshqa) doimo o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Dalada ishlaydiganlar ichida keng tarqalgan kasalliklarga: shamollash (21
%); suyak-muskul kasalligi (8,2 %); yurak-tomir tizimi (7,8 %), ovqat hazm qilish a’zolari (6,8 %) kasalliklari va boshqa kasalliklar kiradi.
Kasb kasallanishlari ishlovchining vaqtinchalik, uzoq vaqtgacha yoki ish qobiliyatini to‘la yo‘qotishiga (nogironlikka) olib kelishi mumkin.
Umumiy kasallik bilan og‘rish kasbiy kasalliklarga nisbatan ancha ko‘p. Ishdagi kasallanishlar natijasida yo‘qotiladigan ish vaqti hajmi ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar sababli yo‘qotiladigan ish vaqtiga qaraganda 25...30 barobar ko‘pdir [28, 29].

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish