Huquqiy-me’yoriy chora-tadbirlar quyidagilarni aniqlaydi va belgilaydi: ishlovchilarning mehnat muhofazasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarini, ularning ishlash va dam olish tartibini; ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlari havosi tarkibidagi zararli moddalarga chegaraviy sanitar me’yorlarni; ish o‘rinlaridagi
turli nurlanishlarga chegaraviy sanitar me’yorlarni; ayollar, yoshlar va nogironlarning mehnatini muhofaza qilishni; jarohat olganlarga yoki sog‘lig‘ining boshqa xil zararlanishiga duchor bo‘lganlarga ko‘rilgan zararni qoplashni, ularning pensiya ta’minotini; zararli mehnat sharoitida ishlovchilarga turli yengilliklar, kafolatlar va qoplamalar berishni; ishlovchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashni va boshqalarni.
Тashkiliy chora-tadbirlar quyidagilarni ko‘zda tutadi: ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasini boshqarish tizimini joriy qilish; ishlovchilarni o‘z vaqtida o‘qitish, kasbiy tanlov o‘tkazish, bilimini tekshirish, turli yo‘riqnomalardan o‘tkazib turish; mehnat muhofazasi kabinetlarini va burchaklarini tashkil qilish; ishlab chiqarishdagi hamma ish o‘rinlarida mehnat muhofazasi qoida va talablariga amal qilish ustidan uch bosqichli nazorat tizimini tashkil qilish; jarohatlanishlar va kasb kasallanishlarini bartaraf qilgan yoki salmoqli darajada kamaytirishga erishgan korxona, bo‘lim, jamoaning ilg‘or tajribasini tashviqot va tatbiq qilish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va ishlovchilar sog‘lig‘ining boshqa xil zararlanishini teshirish va hisobga olishni tashkil qilish; ishlab chiqarish xonalarida va ish o‘rinlarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari konsentratsiyalari va darajalari ustidan nazoratni tashkil qilish; ish o‘rinlarida mehnat sharoiti bo‘yicha attestatsiya va pasportizatsiya o‘tkazish; ish o‘rinlarida mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha boshqa turli tadbirlar ishlab chiqish va boshqa.
Тexnik chora-tadbirlar quyidagilarni ko‘zda tutadi: monoton, zararli va og‘ir ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va robotlashtirish; mashina va mexanizmlarni, uskuna va jihozlarni masofadan turib boshqarishni joriy qilish; xavfsiz texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish; mashina va mexanizmlarni, qurilmalarni, uskunalarni xavfsizlikni ta’minlashning injener-texnik (to‘siq, blokirovka, saqlovchi, signal, tormoz va boshqa) vositalari bilan xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’minlash; zararli ishlab chiqarish omillarini germetizatsiyalash va izolatsiyalash bilan bartaraf etish; havo muhiti tozaligini, ish o‘rni hududida zararli
omillar hosil bo‘lishi va tarqalishini, ishlab chiqarishda talab qilinadigan yoritilganlikni ta’minlashni, shovqin va titrash darajalarini kamaytirishni, zararli nurlanishlardan himoyalanishni; zararli sharoitda ishlovchi boshqaruvchilar uchun izolatsiyalangan kabinalar yaratishning texnik yechimlarini; turli shaxsiy va guruhiy himoya vositalarini loyihalashni, ishlab chiqishni, ularni amalga tatbiq qilishni va boshqalarni.
Do'stlaringiz bilan baham: |