O‘zbekisтon respublikasi


Yuk ko‘tarish-tushirish mashina va mexanizmlarini ro‘yxatga olish tartibi



Download 6,58 Mb.
bet205/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Yuk ko‘tarish-tushirish mashina va mexanizmlarini ro‘yxatga olish tartibi


Ishlab chiqarishda yuk ko‘tarish-tushirish ishlarini bajarishda xavfsizlikni ta’minlashni yuksaltirish va shikastlanishlarning oldini olish maqsadida yuk ko‘tarish va tushirish mashina va mexanizmlarini ro‘yxatga olish ishlarini nazorat qilish tartibi ishlab chiqilib amalga tatbiq qilingan.


Ishga tushirishdan oldin yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning (kranlar) barcha turlari va yuk ko‘tarish qobiliyati 1 tonnadan ortiq bo‘lgan avtomobil kranlari texnik nazorat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Quyidagi yuk ko‘tarish-tushirish mexanizmlari va kranlari texnik nazorat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

  • qo‘l kuchi bilan harakatga keltiriluvchi kranlarning barcha toifalari, shuningdek, yuk ko‘tarish mexanizmi sifatida pnevmatik silindr qo‘llanilgan bo‘lsa ham, harakatga keltirish (ko‘chirish) mexanizmida qo‘l kuchi qo‘llaniladigan kranlar;

  • kranlarning ko‘priksimon turlari va yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnagacha bo‘lgan ko‘chma yoki konsolsimon aylanma kranlar, polda turib kranga osilgan tugmachali uskuna yoki ko‘chmas qutidan (pultdan) boshqariladigan toifalari;

  • yuk ko‘tarish qobiliyati 1 tonnagacha bo‘lgan xartumli va minorasimon kranlar;

  • xartumining chiqib turishi o‘zgarmas yoki aylanish va ko‘chib yurish mexanizmi bilan ta’minlangan xartumli kranlar;

  • baland machta, minora, quvurlarni yig‘ishda inshootlarning o‘ziga mahkamlanib va ko‘chirilib yuriladigan ko‘chirma kranlar;

Тexnik nazorat tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan yuk ko‘tarish mashina va mexanizmlari barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan holda xo‘jaliklarda va korxonalarda ro‘yxatga olinadi.
Yuk ko‘tarish-tushirish mexanizmlari va kranlarni ishga tushirishga ruxsat berish tartibi. Тexnik nazorat tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yuk ko‘tarish mashinalarini ishga tushirishga ruxsat ushbu tashkilotlar tomonidan quyidagi holatlarda beriladi:

  • yangidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuk ko‘tarish mashinalarini ishga tushirishdan oldin;

  • yuk ko‘tarish mashinalarini yig‘ib olib joyida yangidan o‘rnatiladigan holatlarda;

  • portal kranni yangi ish joyiga ko‘chirgandan keyin;

  • yuk ko‘tarish mashinalari qayta ta’mirlangandan keyin;

  • yuk ko‘tarish mashinasining temir konstruksiyalari qismlarini payvandlash

usullari bilan ta’mirlagandan keyin.
Тexnik nazorat organlarida qayd qilingan yuk ko‘tarish mashinalariga, ushbu mashinaning egasi tomonidan o‘tkazilgan texnikaviy guvohlilik asosida, texnik nazoratning bo‘lim inspektori tomonidan ishga tushirishga ruxsat beriladi.
Bunda inspektor yuk ko‘tarish mashinasini shaxsan nazoratdan o‘tkazadi va nazorat qilinayotgan korxonada mashinalarning holatini va ularga qanday xizmat ko‘rsatilayotganligining tashkiliy jihatlarini tekshiradi. Mashinalarning ishga tushirilishi haqida ularning egalari texnik nazorati organlarini (inspektorni) kamida 5 kun oldin ogohlantirishlari shart.
Yangi tayyorlangan xartumli kranni (egasiga yig‘ilgan holda berilgan bo‘lsa) ishga tushirishga ruxsatnoma, texnik nazorati organlari tomonidan ushbu kranni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida, tayyorlovchi zavod tekshirish natijasi va texnikaviy guvohnoma (yuksiz sinab ko‘rish) asosida beriladi. Bu holda sinovlar yuk ko‘tarish mashinasining egasi tomonidan o‘tkaziladi va ma’lumotlar mashina pasportiga yoziladi.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish