– ilova
Qisqa tutashuv tokining karra koeffitsienti ( Kk ) me’yoriy qiymatlari
Elektr qurilmasi joylashgan xonaning sharoiti
|
Himoya-ajratkich uskunasining turi bo‘yicha
Kk qiymatlari
|
Eruvchi saqlash uskunalari uchun
|
Avtomat uzgichlar uchun (issiqlik
ajratkichli)
|
Elektromagnit ajratkichli avtomat uzgichlar uchun
|
Portlash xavfi yo‘q xona
|
3
|
3
|
1,25-1,4
|
Portlash xavfi mavjud xona
|
4
|
6
|
1,25-1,4
|
Eslatma: 1,4 - nominal ishlash toki 100 A gacha bo‘lgan avtomat uzgichlar uchun; 1,25 - nominal ishlash toki 100 A yuqori bo‘lgan avtomatik uzgichlar uchun.
– ilova
Alyuminiydan tayyorlangan o‘tkazgichlarning solishtirma
aktiv qarshiliklari,
Rs , Om/km
O‘tkazgichlarning ko‘ndalang kesim yuzalari, mm2
|
Kabel va quvur ichidan tortilgan simlar
|
Izolator va roliklardan tortilgan simlar
|
Havodan tortilgan simlar
|
2,5
|
12,6
|
12,6
|
-
|
4,0
|
7,9
|
7,9
|
-
|
6,0
|
5,25
|
5,25
|
-
|
10
|
3,16
|
3,16
|
-
|
16
|
1,98
|
2,00
|
2,92
|
25
|
1,28
|
1,30
|
1,33
|
35
|
0,92
|
0,95
|
0,98
|
50
|
0,64
|
0,68
|
0,72
|
–ilova
Rangli metalldan yasalgan o‘tkazgichlarning solishtirma tashqi induktiv
qarshiliklarining o‘rtacha qiymatlari,
Xts , Om/km
O‘tkazgichlarni tortish sharoitlari
|
Induktiv qarshilik
|
Kabel va quvur ichidan tortilgan sim (1 kV gacha)
|
0,15
|
Rolikdan tortilgan sim
|
0,4
|
Izolatorlardan tortilgan simlar
|
0,5
|
Kuchlanish 1000 V bo‘lgan havodan tortilgan simlar
|
0,6
|
Moyli transformatorlar g‘altaklarining to‘la hisobiy qarshiligi,
kuchlanish 400/230 V)
– ilova
ZT , (ikkilamchi
Тransformator quvvati,
kV·A
|
Birlamchi kuchlanish,
kV
|
Тransformatorning to‘la
qarshiligi, Om
|
25
|
4-10
|
3,110
|
40
|
6-10
|
1,949
|
63
|
6-10
20-36
|
1,237
1,136
|
100
|
6-10
20-36
|
0,779
0,764
|
160
|
6-10
20-35
|
0,487
0,478
|
250
|
6-10
20-35
|
0,312
0,305
| – ilova
Yuk ko‘tarish va tushirish mashinalarida (kranlarda) qo‘llaniladigan arqonlar
Ko‘rinishi
|
Standart
|
Diametri, mm
|
Konstruksiyasi
|
|
GOSТ
|
4,1...56,0
|
Ikkita o‘ramli arqon
|
2688-80
|
|
LK-P 6×19 (1+6+6/6)+1 OS
|
DIN 3059
|
|
|
|
GOSТ 3070-80
DIN 3060
|
3,3...19,5
|
ТK 6×19 (1+6+12)+1 OS
|
|
GOSТ
|
8,6...10,5
|
ТK 6x37(1+6+12+18)+1
|
3068-88
|
|
×37(1+6+12+18)
|
DIN 3066
|
|
|
|
GOSТ
|
5,7...45,0
|
Ikkita o‘ramli arqon
|
3077-80
|
|
LK-O 6×19 (1+9+9)+1 OS
|
DIN 3058
|
|
|
ISO 2408
|
|
|
BS 302
|
|
|
|
GOSТ
|
6,4...45,5
|
Ikkita o‘ramli arqon
|
3081-80
|
|
LK-O ×19(1+9+9)+7x7(1+6)
|
DIN 3058
|
|
|
ISO 2408
|
|
|
BS 302
|
|
|
Yuk ko‘tarish mashinasining turi va ish rejimiga bog‘liq
(e) koeffitsientning qiymatlari
–ilova
Т/r
|
Yuk ko‘tarish
mexanizmi turi
|
Harakat uzatish mexanizmi
turi va ish rejimi
|
Koeffitsient,
e
|
1.
|
Хartumli kranlar, tal
va chig‘irlardan tashqari barcha turdagi yuk ko‘tarish mexanizmlari uchun
|
Qo‘lda:
|
18
|
Mashinada:
-yengil rejimda
|
20
|
-o‘rta rejimda
|
25
|
-og‘ir va uzluksiz og‘ir
rejimda
|
30
|
2.
|
Elektr tallar
|
-
|
20
|
3.
|
Qo‘lda
harakatlantiriladigan chig‘irlar
|
-
|
16
|
“Mehnat muhofazasi maxsus kursi” fani bo‘yicha qabul qilingan qisqartma so‘zlar ro‘yxati
8 – ilova
MM – “Mehnat muhofazasi”.
MMMK – “Mehnat muhofazasi maxsus kursi”.
ХMТ – Хalqaro mehnat tashkiloti.
MMBТ – mehnat muhofazasini boshqarish tizimi.
MХSТ – Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi.
EYuD – xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omilining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajasi.
EYuK – ishlab chiqarish xonasi havo tarkibidagi zararli moddaning yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori konsentratsiyasi.
QMQ – Qurilish me’yor va qoidalari.
SM – sanitar me’yorlar.
SanQvaM – sanitar qoidalar va me’yorlar.
“I-M-IchM” – “inson – mashina – ishlab chiqarish muhiti” tizimi. 12.“I-M” – “inson-mashina” tizimi.
“I-IchM” – “inson-ishlab chiqarish muhiti” tizimi.
MMBТ – mehnat muhofazasini boshqarish tizimi. 15.VMQY – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish. 16.EUТQ – elektr uskunalari tuzilish qoidalari.
17. APKCH – alangalanishining pastki konsentratsiya chegarasi. 18.AYuKCH – alangalanishining yuqori konsentratsiya chegarasi. 19.PPKCH – portlashining pastki konsentratsiya chegarasi. 20.PYuKCH – portlashining yuqori konsentratsiya chegarasi.
MMMK fani bo‘yicha glossariy 9-ilova
Avariya – bu inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Avariya tufayli yetkazilgan zarar – inson faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi yo‘qotishlar (zararlar), xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir bo‘lgan avariya natijasida atrof-muhitga yetkazilgan va pul ekvivalentida hisoblanadigan zarar miqdori.
Avariya xavfi – xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya tufayli insonlarga, mulkka va (yoki) atrof-muhitga zarar yetishi ehtimoli, xavfi.
Avariya xavfi tahlili – alohida shaxslar yoki kishilar guruhi, mulk yoki atrof-muhit uchun xavfli ishlab chiqarish obyektida xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va avariya xavfini baholash jarayoni.
Avariya xavfini baholash – avariya xavflarining sodir bo‘lish ehtimoli (yoki sodir bo‘lish chastotasi)ni va ularning oqibatlarining inson sog‘lig‘i, mulk va (yoki) atrof-muhit uchun og‘irlik darajasini aniqlashda bajariladigan jarayon. Baholash avariya xavflarining sodir bo‘lish ehtimoli (yoki sodir bo‘lish chastotasi)ni, oqibatlarini va ularning birikuvlarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Avariya xavflarini identifikatsiyalash – xavfli ishlab chiqarish obyektida xavf-xatar mavjudligini aniqlash va tan olish hamda ularning xususiyatlarini aniqlash jarayoni.
Avtomobil yo‘li – transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi;
Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi – hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Asosiy ish joyi (o‘rni) - ishlovchi tomonidan smenadagi ish vaqtining 50 % ko‘p va ko‘chib ishlanadigan ishda uzluksiz ravishda 2 soatdan oshiq ish vaqti o‘tkaziladigan ish joyi asosiy joyi (o‘rni) hisoblanadi.
Yong‘in – odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish.
Yong‘in xavfsizligi – odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol- mulkining, shuningdek, atrof tabiiy muhitning yong‘inlardan himoyalanganligi holati.
Yong‘in xavfsizligi talablari – yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus shartlar.
Jabrlanuvchi – o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan xodim.
Jamoaviy xavf – muayyan vaqt mobaynida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar natijasida kutilayotgan shikastlanganlar soni;
Zararli modda – bu shunday moddaki, mehnat xavfsizligi talablari buzilishi oqibatida, uning odam organizmiga ta’siri qilishi natijasida ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarni, kasbiy kasallanishlarni, yoki zamonaviy uslublar bilan aniqlab olinadigan sog‘liqdagi salbiy o‘zgarishlarni ish jarayonida, hozirgi va keyingi avlodlarning kelajak hayotlari davomida yuzaga keltirishi mumkin.
Ijtimoiy xavf, yoki F/N egri chizig‘i – muayyan darajada kamida N ta kishi jabrlangan G‘ hodisalarni sodir bo‘lish chastotasining shu N soniga bog‘liqligi. Хavflar yuzaga chiqishi oqibatlarining og‘irlik darajasi (halokatliligi)ni ifodalaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |