O‘zbekisтon respublikasi


Yuk ko‘tarish-tushirish mashina va mexanizmlarini texnik ko‘rik va sinovdan o‘tkazish tartibi



Download 6,58 Mb.
bet206/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Yuk ko‘tarish-tushirish mashina va mexanizmlarini texnik ko‘rik va sinovdan o‘tkazish tartibi


Хavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan barcha turdagi yuk ko‘tarish mexanizmlari belgilangan muddatlarda tegishli sinov va tekshirishlardan o‘tkazilib turilishi kerak. Тexnik tekshiruv har 12 oyda bir marta, navbatdan tashqari tekshirish esa kapital ta’mirlash yoki yuk ko‘tarish mexanizmlari boshqa joyga ko‘chirilib o‘rnatilganda o‘tkazilishi lozim.


Yangi yuk ko‘tarish mashinalari yig‘ilgandan keyin to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tadi va keyinchalik har 3 yilda kamida bir marta ko‘rikdan o‘tkazilib turilishi kerak [34, 43].
Yuk ko‘tarish-tushirish mexanizmlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishning maqsadi quyidagilardan iborat:

  • yuk ko‘tarish mashinasi va uning o‘rnatilishi qoidaga va ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etilgan hujjatlarga qanchalik mos kelishligini aniqlash;

  • yuk ko‘tarish mashinasi texnik holati ishni xavfsiz bajarishni qanaqa darajada ta’minlashligini aniqlash;

  • yuk ko‘tarish mashinasiga xizmat ko‘rsatish qoida talablariga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash.

Тexnik nazorat organlarida qayd qilinmaydigan yuk ko‘tarish mashina va mexanizmlarini (qurilmalarini) texnik ko‘rikdan tashkilot, xo‘jalik yoki korxonaning mashina va mexanizmlarini xavfsiz ishlatilishiga mas’ul shaxs boshchiligidagi komissiya o‘tkazadi. Bunda kerakli hujjatlar to‘plami
belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Тashkilot, korxonalar va obyektlar rahbariyati (direktor, boshliq, bosh injener, bosh mutaxassis) tashkilotga qarashli yuk ko‘tarish mashinalarini, yig‘iladigan (ajratib olinadigan) yuk ko‘taradigan uskunalar va taraning puxta, tuzuk va kamchiliksiz holatda saqlanishini va ular ishining xavfsiz sharoitlarini lozim bo‘ladigan xizmat ko‘rsatish usullari bilan ta’minlashlari kerak.
Ushbu maqsadda quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

  • qoidalarga muvofiq yuk ko‘tarish mashinalari va uskunalarning xavfsiz ishlatish bo‘yicha mas’ul shaxslarni tayinlash;

  • yuk ko‘tarish mashinalari, yig‘iladigan yuk ko‘tarish uskunalari va taralarining tuzuk holatda saqlash uchun ta’mirlash va tuzatish xizmati tashkil qilinishi;

  • yuk ko‘tarish mashinalariga xizmat ko‘rsatadigan injener-texnik xodimlarning qoidalar bo‘yicha talab qilinadigan o‘qitish va bilimini davriy ravishda tekshirish tartibi o‘rnatilishi;

  • injener-texnik xodimlarni yuk ko‘tarish mashinalarining xavfsiz ishlatish bo‘yicha qoida va qo‘llanmalar bilan, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni esa yo‘riqnomalar bilan ta’minlash;

  • injener-texnik xodimlar tomonidan qoidalarning bajarilishini ta’minlash;

  • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan yo‘riqnomalar talabining bajarilishini ta’minlash.

Тexnik ko‘rikda asosan quyidagi jarayonlar bajariladi [43]:

  • tashqi ko‘zdan kechirish – metall konstruksiyalar holati, arqonlar, ilgaklar, ushlash moslamalari, payvand va boshqa birikmalar hamda mahkamlash moslamalari tekshiriladi;

  • yuklanish ostida statik sinovdan o‘tkazish;

  • dinamik sinovdan o‘tkazish;

  • elektr jihozlarni tekshirish.

Тo‘liq texnikaviy ko‘rikdan o‘tkazilishda yuk ko‘tarish mashinasi tashqi ko‘zdan kechirishdan, hamda statik va dinamik sinovlardan o‘tkaziladi (7.11, 7.12

    • rasmlar). Qisman texnikaviy ko‘rikdan o‘tkazishda kranlar statik va dinamik sinovlardan o‘tkazilmaydi.








7.11 – rasm. Ko‘priksimon kranni statik va dinamik sinovdan o‘tkazish sxemasi: 1-ko‘priksimon kran balkasi;
2-osilgan yuk; 3-masofa o‘lchash asbobi; h-yukni ko‘tarish balandligi.

7.12 – rasm. O‘zi yurar kranni statik va dinamik sinovdan
o‘tkazish sxemasi:
1-o‘zi yurar kran; 2-osilgan yuk.

Statik sinovlar to‘sin(balka)larning mustahkamligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Buning uchun ishchi yuk 200 mm balandlikka ko‘tarilib 10 minut ushlab turiladi, keyin esa yuk miqdori foydalanishdagi kranlar uchun 10 %, yangi va kapital ta’mirlangan kranlar uchun 25 % oshirilib ko‘tariladi, hamda yuk ko‘tarilgan holatda to‘sinning egilishi (elastik deformatsiyasi) tekshiriladi. Keyin yuk tushirilib qoldiq deformatsiya aniqlanadi. Agar qoldiq deformatsiya yuzaga kelganligi qayd etilsa, bunday to‘sin yaroqsiz deb hisoblanadi.


Dinamik sinovda yuk ko‘tarish mexanizmlari va tormozlar, to‘xtatgichlar hamda harakatni cheklovchi moslamalar tekshiriladi. Sinov nominal yuk ko‘tarish qobiliyatidan 10 % ortiq bo‘lgan yukda, yukni 300 mm bilandlikka bir necha marta ko‘tarib-tushirib o‘tkaziladi. Yukni ko‘tarish-tushirish vaqtida tormozlanganda yuk o‘z joyida to‘xtashi zarur. Agar yuk tormozlashdan keyin oz miqdorda bo‘lsada o‘z holicha tusha boshlasa, yuk ko‘tarish mexanizmi foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi.
Yuk ko‘tarish-tushirish mashina va mexanizmlarini sinash va tekshirish natijalari dalolatnoma bilan hujjatlashtiriladi va ma’lumotlar mexanizm pasportiga yoziladi.
Ishlab chiqarishda gidravlik va mexanik yuk ko‘targichlar - "domkrat"lardan ham keng foydalaniladi. Ular har yili bir marta statik sinovdan o‘tkazilishi zarur. Sinov nominal yukdan 10 % ortiq bo‘lgan yukda 10 minut davomida o‘tkaziladi. Bunda gidravlik yuk ko‘targichlarda bosim kamayishi 5 % ortiq bo‘lmasligi zarur.

      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish