O‘zbekisтon respublikasi


Kranlar bilan yuklash-tushirish ishlarini bajarishdagi asosiy xavfsizlik talablari



Download 6,58 Mb.
bet203/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Kranlar bilan yuklash-tushirish ishlarini bajarishdagi asosiy xavfsizlik talablari


Yuklash-tushirish ishlarida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar natijasida yuz beradigan o‘lim hodisalarining 70 % ko‘tarilayotgan yoki harakatlanayotgan yukning tushib ketishida yuzaga keladi. Baxtsiz hodisalar yuklash-tushirish ishlarini bajarishda yuzaga keladigan “xavfli hudud”lar deb ataluvchi hududlar ichida sodir bo‘ladi. Shu sababli bu hududlarda yukchilarning va begona shaxslarning bo‘lishi, dam olishi yoki uni kesib o‘tishlari ta’qiqlanadi (7.7 – rasm). Avtomobil kranining xavfli hududi radiusi kran xartumining eng kichik burchakka ko‘tarilgan holatidagi uning xartumi chekka nuqtasining yerdagi proyeksiyasi radiusi, yukning kichik gabariti o‘lchamining yarmi, yukning katta gabariti o‘lchamini va ma’lum bir balandlikka ko‘tarilgan yuk tushib ketganda otilib ketishi mumkin bo‘lgan eng kichik masofani qo‘shishlar bilan aniqlanadi


(7.7 – rasm), m:
R  (Rп  / 2  L)  X , (7.6) bu yerda R – kran xavfli hududining radiusi, m;
 – yukning kichik gabarit o‘lchami, m;
Rп – kran xartumining eng kichik burchakka ko‘tarilgan holatidagi xartum chekka nuqtasining yerdagi proyeksiyasi radiusi, m;
L – yukning katta gabarit o‘lchami, m;
X – ma’lum bir balandlikka ko‘tarilgan yuk tushib ketganda otilib ketishi mumkin bo‘lgan eng kichik masofa, m.
Ko‘tarilgan yuk tushib ketganda otilib ketishi mumkin bo‘lgan eng kichik masofa quyidagi ifoda bilan topiladi, m:
X H l1  cos   a1, (7.7)

bu yerda l – yuk ilgich arqonining uzunligi, m;


 – yuk ilgich arqoni va vertikal tekislik orasidagi burchak, grad;
a1 – yuk og‘irlik markazidan uning chekkasigacha bo‘lgan masofa, m.




    1. – rasm. Yuk ko‘tarayotgan kran atrofidagi xavfli hudud:

1-xavfli hudud chegarasi; 2-yukning chekka nuqtasi; R-xavfli hudud radiusi; H- yuk ko‘tarilgan balandlik; B-yukning kichik gabarit o‘lchami; L-yukning katta gabarit o‘lchami; X-yuk tushganda otilib ketishining eng kichik masofasi.

Yukni ko‘tarishda va yuk harakatlanishida ko‘p baxtsiz hodisalarning sodir bo‘lishi yuk ilish moslamalarini to‘g‘ri tanlashga katta e’tibor berish kerakligini, hamda krandagi yukni qabul qilib oladigan ishchi xavfli hudud chegarasidan tashqarida turib yukni boshqarishi lozimligini ko‘rsatadi.


Umumiy holatda, agarda mashina pasportida yoki tayyorlovchi zavod yo‘riqnomasida boshqa yuqori talablar qo‘yilmagan bo‘lsa, mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlaridan 5 metr uzoqlikdagi masofa bilan ularning xavfli hududlari belgilanadi.
Kranning po‘lat arqonlarini, yuk ilish arqonlarini va zanjirlarini oddiy sinalmagan simlar bilan ulab uzaytirish mumkin emas. Yerdan biroz ko‘tarilgan
yuklarning tagiga kirib po‘lat arqonlarni va yuk ilgichlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi, ularni yo‘g‘on sim yoki ilgak bilan bajarish kerak. Sinov muddati tugagan yuk ilgichlardan foydalanish mumkin emas. Yuk noto‘g‘ri osilgan vaqtda yuk ilgichlarni bolg‘a bilan urib to‘g‘rilash ta’qiqlanadi. Buning uchun yukni yerga tushirib, qaytadan ilgaklarni to‘g‘rilab ilish kerak. Yukni yer yuzasi bo‘ylab burchak ostidagi po‘lat arqon bilan tortib to‘g‘rilash va ko‘tarish mumkin emas. Yukning usti toza bo‘lmasa, tuproq, shag‘al yoki beton ostida bo‘lsa, muzlab yopishib qolgan bo‘lsa, yoki ustida boshqa narsalar bo‘lsa, shu jumladan ustida odamlar turgan yuklarni ko‘tarish ta’qiqlanadi. Qoliplarda ko‘tarilayotgan yuk idish devorlaridan baland qilib to‘ldirilgan bo‘lsa ham ko‘tarish mumkin emas.
Kranlarni ishlatishda elektr va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, hamda kran boshqaruvchiga kabinada sanitar-gigiyenik jihatdan (mikroiqlim ko‘rsatkichlari, havo tozaligi, shovqin va titrash, quyosh radiatsiyasi va boshqa) qulay mehnat sharoiti yaratib berishning tashkiliy va texnik masalalariga katta e’tibor berilishi kerak. Kran kabinasi shu maqsadda zurur texnik uskuna va vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Тanaffus vaqtida yoki ish tugagandan so‘ng yukni yerdan ko‘tarilgan holda qoldirib ketish qat’iyan man qilinadi.
Avtomobil kranlardan elektr tarmoqlariga yaqin joylarda ishlatishga bir qator xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Kranlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog`i simlari ostida ishlashi ta’qiqlanadi. Kranlarni elektr tarmog`ining eng chekka simidan 30 m masofa hududida ishlatishga faqat maxsus ruxsatnoma bilangina yo‘l qo‘yiladi. Har bir elektr tarmog`ining himoya hududi mavjud bo‘ladi (7.8 – rasm).
Elektr tarmog`ining himoya hududi o‘lchami (B) tarmoq kuchlanishiga bog‘liq ravishda quyidagicha bo‘ladi [28, 34, 35]: kuchlanish 1kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 2 m; kuchlanishi 1 dan 20 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 10 m; kuchlanishi 20 dan 35 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 15 m; kuchlanishi 35 dan 110 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 20 m; kuchlanishi 110 dan 220 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 25 m; kuchlanishi 220 dan 500 kV gacha yuqori bo‘lgan tarmoqlarda – 30 m; kuchlanishi 500 dan 750 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 40 m; kuchlanishi 750 dan 1150 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 55 m bo‘ladi.




    1. – rasm. Kranlarni elektr tarmoqlariga yaqin joyda ishlatishda xavfsizlik talablari:

    1. lektr tarmog`ining himoya hududi; b-kran va tarmoq simi orasidagi xavfsizlik masofasi; 1-elektr tarmog`i ustuni; 2, 3-elektr tarmog`i faza simlari; 4-kran xartumining eng chekka nuqtasi; 5-ko‘tarilayotgan yuk; 6-kran; A- kran (xartum) eng chekka metall qismi, po‘lat arqon va yuk bilan tarmoq simi orasidagi kuchlanishga bog‘liq ravishda yo‘l qo‘yiladigan xavfsizlik masofasi; B-elektr tarmog`ining himoya hududi chegarasigacha bo‘lgan masofa.

Elektr tarmog`ining himoya hududi ichida kranni ishlatish uchun tarmoqning shu bo‘limiga mas’ul tashkilotdan ruxsat olish kerak bo‘ladi. Elektr tarmog`ining himoya hududida ishlatishda kran albatta yerga ulash qurilmasi yordamida yerga ulangan bo‘lishi kerak. Ishlash jarayonida uning xartumi, yuk ilish arqoni yoki osilgan yuk bilan elektr tarmog`i simlari orasidagi vertikal va gorizontal yo‘nalishlardagi masofalarga katta e’tibor berish talab etiladi. Bu masofalar ikkala yo‘nalishda ham tarmoq kuchlanishiga bog‘liq ravishda quyidagilarga teng bo‘lishi talab etiladi: kuchlanish 1 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 1,5 m; kuchlanishi 1 dan 20 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 2 m; kuchlanishi 20 dan 35 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 2 m; kuchlanishi 35 dan 110 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda



    • 4 m; kuchlanishi 110 dan 220 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 5 m; kuchlanishi 220 dan 400 kV gacha yuqori bo‘lgan tarmoqlarda – 7 m; kuchlanishi 400 dan 750 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 10 m; kuchlanishi 750 dan 1150 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda – 11 m.

Kran elektr tarmog`i yonida ishlayotganda to‘satdan kuchlanish ostida qolsa quyidagi xavfsizlik choralarini amalga oshirish lozim:

      • tezlik bilan kran va elektr tarmog`i o‘rtasidagi kontaktni uzish;

      • xartumni tarmoq simidan xavfsiz (A) masofaga o‘tkazish;

      • atrofdagilarni xavf to‘g‘risida ogohlantirish;

      • kranni kuchlanish ostidan olguncha:

      1. kran metall qismlariga tegish;

      2. kabinadan tushish yoki undan sakrab tushish ta’qiqlanadi;

      • kranning kuchlanish ostiga tushishi natijasida uning atrofida yuzaga kelgan potensiallar maydoni ichida qolgan ishlovchilar maydondan chiqib ketish uchun kitobning 4 bobida keltirilgan qoidalarga amal qilishlari lozim. Kranlarni va boshqa yuk ko‘tarish mashinalarini qazilgan kotlovan,

transheya va kanallar yonida ishlatishga ham bir qator xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Bu talablar kotlovan, transheya va kanallar qazilgan grunt toifasiga, ularning chuqurligiga, kran yurish qismi(shassi)ning toifasiga bog‘liq ravishda belgilanadi. Asosiy talablardan bittasi kran yoki boshqa yuk ko‘tarish mashinasining eng yaqin tayanch nuqtasidan kotlovan, transheya yoki kanal tubigacha bo‘lgan masofaga tegishlidir. Bu masofa yuqorida keltirilgan omillarga bog‘liq ravishda me’yorlanadi. Ish bajarish jarayonida kranlarni belgilangan xavfsizlik masofasiga (V) bog‘liq holda o‘rnatish grunt o‘pirilishi natijasida ag‘darilib ketishning va boshqa turli baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi (7.9 – rasm).



    1. – rasm. Kranlarning kotlovan qirg‘oqida xavfsiz ishlashi talabi: V-kranning eng yaqin tayanch nuqtasidan kotlovan tubigacha bo‘lgan masofa; 1-g‘ildirakli avtomobil krani; 2-g‘ildirakli o‘zi yurar kran; 3-zanjirli o‘zi yurar kran.

Quyidagi jadvalda kranning eng yaqin tayanch nuqtasidan kotlovan tubigacha bo‘lgan masofaga qo‘yilgan me’yorlar grunt toifasi va kotlovan chuqurligiga bog‘liq holda berilgan (7.2 – jadval).
7.2 – jadval

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish