Katta yoshdagilar uchun yuk ko‘tarish me’yorlari. Bunda ko‘tarish ruxsat etilgan yukning maksimal massasi 18 yosh va undan katta yoshdagilar uchun quyidagilardan oshmasligi belgilangan: 18 yoshdan katta ayollar uchun – 9 kg; 18 yoshdan katta erkaklar uchun – 30 kg. Bundan katta og‘irlikdagi yuklar ikki va undan oshiq odamlar tomonidan birgalikda ko‘tarilishi kerak (SanQvaM
№0049-96) [40]. Ayollardan ikkitasiga zambilning og‘irligi bilan qo‘shib hisoblaganda 22 kg dan og‘ir bo‘lmagan yuklarni ko‘tarishga ruxsat beriladi.
Yuklarni qo‘lda tashish ishlarini bajarish faqat uzoqligi 50 m va yuk bilan yuqoriga ko‘tarilish balandligi 3 m gacha bo‘lgan masofalargagina ruxsat etiladi. Boshqa barcha qolgan hollarda yuklarni ko‘tarish, tushirish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilishi kerak (SanQvaM №0051-96) [40].
Qo‘lda yuklash va tushirish ishlariga xavfsizlik qoidalari bo‘yicha yo‘riqnomadan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, hamda yuk ko‘tarish ishlarini bajarishga ruxsatnomasi bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi. Yuk ko‘tarish mexanizmlarini ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga esa faqat maxsus o‘qitilgan va shu ishlarni bajarishga guvohnomasi bo‘lgan shaxslargina qo‘yiladi.
Yuklash-tushirish ishlarini bajarganda yuzaga keladigan asosiy xavfli omillarning tavsifi
Yuklarni yuklash-tushirish, taxlash va joylashtirish bilan bog‘liq hamma ishlar GOSТ 12.3.009 – 76 (1982), MХSТ “Yuklash-tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOSТ 12.3.010 – 82. MХSТ “Ishlab chiqarish tarasi. Ishlatishdagi xavfsizlik talablari”ga muvofiq belgilab qo‘yilgan. Yuklash-tushirish ishlari GOSТ 12.2.022 – 80 (1986), GOSТ 12.3.002 – 75 (1980, 1991), GOSТ
12.3.020 – 80 (1988), ТSТ 46.3.2.141–81 va ТSТ 46.3.150–84 talablari asosida
olib borilishi kerak [41, 45].
Yuklash-tushirish ishlarini bajarishda ishlovchilarga ta’sir qiladigan zararli va xavfli omillar quyidagilardan iborat: transport vositalari, transport vositalarining harakatlanuvchi qismlari, transporterlar, konveyerlar, yuklash mashinalari va ularning harakatlanuvchi qismlari, yuklash jarayonida ishlatiladigan turli mexanizmlar; harakatlanayotgan yuklar, yuklarning o‘tkir kesadigan va teshadigan qismlari, yuk solinadigan idishlarning va qoliplarning o‘tkir kesadigan va teshadigan qismlari; sirpanchiq yuzalar, yoritishning pastligi, changlanishning yuqori darajadaligi; yonuvchi va portlovchi yuklarning yonishi va portlashi, zaharli moddalar ta’siri; noqulay iqlim va mikroiqlim sharoitlaridan: yuqori yoki past temperatura, qor, yomg‘ir, shamol, tuman va boshqa noqulay holatlar.
Yuklash-tushirish ishlarini bajaruvchilarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
yuklash-tushirish ishlariga yoshi 18 kam bo‘lmagan shaxslar qo‘yiladi;
yukchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishlari kerak;
yukchilar mehnat va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tgan bo‘lishlari kerak;
yukchilar davriy ravishda mehnat va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tib turishlari kerak (yukning xavflilik sinfiga va Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga bog‘liq ravishda);
Do'stlaringiz bilan baham: |