Odam tanasi qarshiligining va kuchlanishning shikastlanish oqibatiga ta’siri
Odam tanasi tok o‘tkazuvchi hisoblanadi. Lekin tirik organizm tok o‘tkazuvchi sifatida oddiy metall yoki yarim o‘tkazgichlardan farq qiladi. Bu farqni odam organizmining fizik xususiyatlaridan tashqari, faqat tirik organizmlarga xos bo‘lgan o‘ta murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar yuzaga keltiradi. Buning natijasida odam tanasi qarshiligi juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lgan egri chiziqli xususiyatga ega bo‘ladi.
Odam tanasidan o‘tayotgan tok miqdori elektr qurilmasining kuchlanishiga va tok o‘tayotgan zanjirdagi barcha elementlarning qarshiligiga, shu bilan birga odam tanasining qarshiligiga ham bog‘liq bo‘ladi (4.6 – rasm). Odam tanasining elektr qarshiligi terining (2) hamda ichki to‘qimalarning (3) qarshiliklari yig‘indisidan iborat. Odam tanasi qarshiligini quyidagi qarshiliklar yig‘indisidan
iborat deb qarash mumkin: soddalashtirilgan holatda (4.6. b – rasm) –
Rod - odam
tanasining aktiv qarshiligi va
Сod - odam tanasi sig‘imi (sig‘imiy qarshilik);
murakkablashtirilgan holatda (4.6.v – rasm) –
Rtk - terining tashqi qatlamining
aktiv qarshiligi,
Сtk - hosil bo‘ladigan kondensator sig‘imi (sig‘imiy qarshilik)
va Rti
- tananing ichki to‘qimalari qarshiligi.
– rasm. Odam tanasi qarshiligini aniqlashning ekvivalent sxemasi:
a - qarshilikni o‘lchash sxemasi; b - odam tanasi qarshiligining soddalashtirilgan ekvivalent sxemasi; v - odam tanasi qarshiligining ekvivalent sxemasi; 1 - elektrodlar; 2 - terining tashqi qatlami (epidermes); 3 - tananing ichki to‘qimalari
(terining pastki qatlami – derma ham kiradi);
Rtk - terining tashqi qatlamining aktiv
qarshiligi;
Сtk - hosil bo‘ladigan kondensator sig‘imi;
Rti
- tananing ichki
qarshiligi;
Rod - odam tanasining aktiv qarshiligi;
Сod - odam tanasi sig‘imi.
Qalinligi millimetrning bo‘lagiga teng bo‘lgan terining yuqorigi, mo‘guz qismi tok oqishiga eng katta qarshilikka ega. Agar teri quruq va shikastlanmagan bo‘lsa, uning qarshiligi yuqori bo‘lib, 10 V kuchlanishda taxminan 100 000 Om ni tashkil etadi. Agar odam tanasi terisida shikastlangan joy bo‘lsa, uning qarshiligi 1000 Om gacha kamayadi, ba’zi hollarda esa undan ham kichik bo‘ladi (masalan, terining tok o‘tkazuvchi qismlar bilan kontaktda bo‘ladigan qismi shikastlanganda). Odam tanasining qarshiligi egri chiziqli xususiyatga ega kattalik bo‘lib, tanaga ta’sir qiluvchi kuchlanish 10 V dan 140 V gacha oshirilganda o‘n minglarcha Om dan 800 Om gacha keskin noproporsional kamayadi. Demak, tana orqali o‘tayotgan tok qiymati ham, shikastlanish xavfi ham keskin ortadi.
Elektr toki odam tanasiga uzoq vaqt ta’sir etish sharoiti yuzaga kelsa kontakt nuqtalarida yoki yuzalarida terining qizishi boshlanadi. Тerining qizishi natijasida u quriy boshlaydi va ma’lum bir qurish darajasiga yetgandan keyin unda yorilishlar
sodir bo’ladi. Buning natijasida terining tok oqishiga bo’lgan qarshiligi deyarli yo’qqa chiqadi va odam tanasi qarshiligi ichki to’qimalar qarshiligi darajasigacha (500...800 Om) pasayadi. Odam tanasi tok o‘tuvchi qism bilan katta yuzada va zich kontaktda bo‘lganda, shuningdek, odamning jismoniy va ruhiy holati qoniqarsiz bo‘lganda, masalan, qattiq charchagan yoki kasallik holatlarida, odam tanasining qarshiligi kamayadi (4.7 – rasm).
– rasm. Odam tanasi qarshiligining va tanadan o‘tuvchi tokning qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqligi: 1 va 2 - o‘zgaruvchan tok (50 Gs);
3 va 4 - o‘zgarmas tok.
Yuqoridagi 4.7–rasmda keltirilgan egri chiziqli bog‘lanishlarni tahlil qilish natijasida bir qator xulosalar chiqarish mumkin. Тanaga ta’sir qiluvchi kuchlanish
75 V gacha bo‘lganda tanadan o‘tuvchi tok miqdori o‘zgaruvchan tokda o‘zgarmas tokga nisbatan katta bo‘ladi (2 va 4 chiziqlar), Chunki, tananing o‘zgarmas tokga ko‘rsatadigan aktiv qarshiligi ( Rod ) o‘zgaruvchan tokga ko‘rsatadigan kompleks qarshiligidan ( Zod ) katta bo‘ladi. Тa’sir qiluvchi kuchlanish 75 V dan yuqori bo‘lganda tanadan o‘tuvchi tok miqdori, kuchlanishga bog‘liq holatda, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda bir xil darajada o‘zgaradi.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha bajariladigan hisoblashlarda odam tanasining eng kichik qarshiligini 1000 Om ga teng deb qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |