O‘zbekisтon respublikasi


Elektr tokining odam tanasi orqali eng ko‘p tarqalgan o‘tish yo‘llarining tasnifi



Download 6,58 Mb.
bet112/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Elektr tokining odam tanasi orqali eng ko‘p tarqalgan o‘tish yo‘llarining tasnifi





Тok yo‘li

Shu yo‘lning yuzaga kelish
ehtimoli

Yurak orqali o‘tuvchi tok miqdori (umumiy
tokga nisbatan), %

Тok ta’siri vaqtida xushidan
ketganlar, %

Qo‘ldan – qo‘lga

40

3,3

83

O‘ng qo‘l –
oyoqlar

20

6,7

87

Chap qo‘l –
oyoqlar

17

3,7

80

Oyoq – oyoq

6

0,4

15

Bosh – oyoqlar

5

6,8

88

Bosh – qo‘llar

4

7,0

92

Boshqa

8

-

65

        1. Shikastlanish oqibatiga odam shaxsiy xususiyatlarining ta’siri

Тajriba natijalariga ko‘ra butunlay sog‘lom va fizik jihatdan baquvvat odamlar tok ta’sirini kasal va jismonan nimjon odamlarga nisbatan yengil o‘tkazadilar.


Elektr tokiga nisbatan yuqori darajada ta’sirchanlikka bir qator kasallik bilan og‘rigan odamlar ega bo‘ladi. Bu kasalliklarga birinchi navbatda teri kasalliklari, yurak-tomir kasalliklari, o‘pka, asab tizimi va boshqa kasalliklar kiradi.
Odamning elektr toki bilan shikastlanishi oqibatiga uning shu vaqtdagi ruhiy holati ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar odam sog‘lom bo‘lmasa, ayniqsa oliy nerv tizimi charchagan bo‘lsa, och va (yoki) mast holda bo‘lsa organizmning elektr tokiga qarshiligi keskin pasayadi.


        1. Тashqi muhit shart - sharoitlarining elektr toki bilan shikastlanish oqibatiga ta’siri


Elektr tokidan jarohatlanish sodir bo‘lishi ehtimoliga va oqibatiga atrof muhit shart-sharoitlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu shart-sharoitlarga atrof muhitda bolishi mumkin bo‘lgan har xil gazlar, bug‘lar, suyuqliklar mavjudligi, yuqori temperatura, yuqori darajadagi namlik va boshqa holatlar hamda omillar kiradi. Elektr qurilmalarning tok o‘tkazadigan qismlari va simlarining himoya qismlari qarshiligi yuqori namlik, yuqori faol modda va gazlarning ta’sirida sekin-asta pasayib boradi va oxir oqibat butunlay yemiriladi. Bu holat elektr uskuna va qurilmalarida turli avariyalar kelib chiqishiga, qisqa tutashuvlar sodir bo‘lishiga, ishlovchilarning elektr toki ta’siri ostiga tushib qolishlariga va boshqa ko‘ngilsiz hodisalar yuzaga chiqishiga olib keladi.


Atrof-muhit omillariga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish sharoitlari elektr xavfsizligi bo‘yicha uchta guruhga bo‘linadi [35]:

    • yuqori xavfli sharoit;

    • o‘ta xavfli sharoit;

    • kam xavfli sharoit.

Yuqori xavfli sharoit quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi:

      1. xona pollari tok o‘tazuvchan (metall, tuproqli, kafelli, betonli);

      2. xonalarda uzoq muddat havoning nisbiy namligi 75 % va undan yuqori bo‘ladi;

v) texnologik jarayonlarni bajarish vaqtida tok o‘tkazuvchan changlar ajralib chiqadi, ular shunday miqdorda yuzaga keladiki elektr qurilmalar ichiga kirib tok o‘tkazgichlariga cho‘kadi, izolatsiyaning va boshqa qismlarning sovishini yomonlashtiradi, sirqish toklari hosil bo‘ladi;
g) havo harorati doimiy ravishda, yoki davriy ravishda (bir sutkadan oshiq vaqt davomida) 35...40 ºC atrofida bo‘ladi;
d) bino, qurilma va inshootlarning yer bilan tutashgan metall konstruksiyalariga hamda elektr uskunalarining avariya vaqtida kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan metall qobiqlariga odamlarning bir vaqtda tegib qolish xavfi ehtimoli mavjud.
O‘ta xavfli sharoit quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi:

  1. havoning nisbiy namligi 100 % atrofida bo‘ladi, bunda xona devorlari, poli, shifti, xonadagi metall elementlar va boshqalar nam qatlami bilan qoplanadi;

  2. xonada kimyoviy faol muhit (kislota va ishqorlar bug‘lari, gazlar va boshqa) mavjud, ular elektr uskunalari izolatsiyasini yemiradi;

v) yuqori xavfli sharoitda keltirilgan omillardan bitta yoki ikkitasi bir vaqtda mavjud.
Kam xavfli sharoit: yuqoridagi ikkita guruhda keltirilgan omillarning bittasi ham mavjud bo‘lmaydi, ya’ni asosan quyidagi tavsiflarga ega: xonalar isitiladi, quruq, havo temperaturasi 30 ºC gacha, poli tok o‘tkazmaydi, havoda chang mavjud emas, yer bilan ulangan bino, qurilma va inshootlarning metall konstruksiyalari hamda elektr uskunalarining metall qobiqlariga odamning bir vaqtda tegib qolish xavfi ehtimoli mavjud emas.
Suv va qishloq xo‘jaligidagi ko‘pchilik xonalar yuqori xavfli yoki o‘ta xavfli sharoitli xonalarga kiradi (poli tuproq yoki betonli xonalar, yuqori namli nasos stansiyalari, sug‘orish mashinalari va h.k.).

    1. Download 6,58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish