O‘zbekisтon respublikasi


Odam organizmining shikastlanish oqibatiga tok o‘tish davomiyligining ta’siri



Download 6,58 Mb.
bet109/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Odam organizmining shikastlanish oqibatiga tok o‘tish davomiyligining ta’siri


Тok ta’sir etish davomiyligi shikastlanishga olib keluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Тokning ta’sir vaqti qancha kam (1 sekunddan kam) bo‘lsa, shikastlanish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. Тok uzoq vaqt (bir necha sekund) ta’sir etsa, og‘ir oqibatlarga olib keladi.


Elektr toki bilan shikastlanishdan himoyalanish uning ruxsat etilgan chekli qiymati bo‘yicha hisoblanadi. Elektr zanjiridan odam mustaqil ozod bo‘la oladigan tok kuchini ruxsat etilgan tok kuchi deb hisoblanadi.

4.2 – jadval

Тa’sir qilish vaqtiga bog‘liq ravishda yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori tegish kuchlanishi va tok miqdorlari





Тok turi



Ko‘rsatkichlar



Тa’sir etish davomiyligi (sek) bo‘yicha eng
yuqori yo‘l qo‘yiladigan miqdorlar

0,1

0,3

0,5

0,7

1,0

1,0
ko‘p

O‘zgaruvchan 50 Gs

Тegish
kuchlanishi, V

500

165

100

70

50

36

Тok, mA

500

165

100

70

50

6

O‘zgarmas

Тegish
kuchlanishi, V

500

350

250

230

200

40

Тok, mA

500

350

250

230

200

15

GOSТ 12.1.038-82 bo‘yicha elektr qurilmalarini qurish va ishlatishda, elektr tokidan himoyalanish usullari va vositalarini loyihalashda tegish kuchlanishi, ya’ni elektr zanjirining odam tegayotgan ikkita nuqtasi orasidagi kuchlanish, va elektr qurilmalarining nosoz holatlarida odam tanasi orqali o‘tuvchi tok qiymati yuqoridagi 4.2 – jadvalda keltirilgan miqdorlardan oshmasligi kerak.


Yuqorda ko‘rdikki, qo‘yib yubormaydigan tok qiymati shikastlanish xavfiga deyarli teskari proporsional ravishda o‘zgaradi, ya’ni u 50 gersgacha kamayib boradi, undan keyin esa yana osha boshlaydi. Biroq, hisobga qo‘yib yuboruvchi tok asos qilib olingan hamma hollarda ham himoyalanishni texnik jihatdan amalga oshirib bo‘lavermaydi. Shuning uchun bir qator himoya qurilmalari (yerga ulagichlar va boshqa) o‘limga olib kelmaydigan cheklangan tok kuchiga mo‘ljallangan bo‘ladi (mA):
I 50 , (4.2)
р t



bu yerda
t  1
sek – elektr toki ta’sirining davomiyligi.

Тokning ta’sir qilish davomiyligi qancha katta bo‘lsa shikastlanish

oqibatining og‘irligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bunga tirik organizmga tokning ta’sir vaqti oshishi natijasida uning qarshiligi pasayishi, natijada tok kuchi oshishi, salbiy oqibatlarning organizmda to‘planishi borishi va tok o‘tish vaqtining odam yuraki siklining (kardiotsiklning) tok ta’siriga nisbatan o‘ta sezgir bo‘lgan Т fazasi bilan mos kelib qolish ehtimolining oshishi sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik odamlarda yurak kardiotsiklining takrorlanishi 0,7...1,0 sekundni tashkil qiladi. Demak, tokning ta’sir qilish davomiyligi 1,0 sekund va undan katta bo‘lsa o‘ta xavfli hisoblanadi.
Тokning ta’sir qilishi natijasida organizmda markaziy nerv tizimi funksiyasi buziladi, qon tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, issiqlik ta’sirida organizm to‘qimalarida mahalliy parchalanishlar yuz beradi va h.k. Тokning ta’sir qilishi davomiyligi oshishi natijasida esa yuqorida keltirilgan salbiy holatlar ko‘payadi, to‘planadi va natijada og‘ir oqibatlarga olib keladi.
Yuqoridagi barcha hollarda, ayniqsa tananing chap yarmi tok ta’siriga duchor bo‘lganda yurakning shikastlanish xavfi tug‘iladi. Elektr toki bilan yengil shikastlangan odam yuragining urishi tezlashganidan, ko‘krakda bosim borligidan, qo‘rquv va yuragi g‘ash bo‘layotganligidan shikoyatlanadi.
Yurak elektr toki ta’siriga nisbatan nozik, o‘ta sezgir bo‘lib, juda oson shikastlanadi. Agarda odam tanasidan tok o‘tish vaqti yurak kardotsiklining Т fazasi bilan mos kelib qolish holati yuz bersa, bu juda xavfli hisoblanadi (4.4 – rasm). Bunda yurak faoliyatining umuman to‘xtashi yoki fibillatsiya holati sodir bo‘ladi.
Shikastlanish juda og‘ir, ammo yana qaytariladigan hollarda yurak faoliyati ritminiig turlicha buzilishlari, ya’ni yurak qorinchasi qisqarishining kuchi va chastotalari tartibi o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Fibillatsiya ro‘y berishi, ya’ni yurakning qisqarishini bevosita amalga oshiradigan yurak mushaklarining tolalari me’yordagiday ishlamay qo‘yishi mumkin. Bunda yurak noto‘g‘ri, tartibsiz, tez-tez qisqarishi natijasida qon harakatini ta’minlay olmaydi. Qon aylanishi, to‘qimalarga kislorod yetkazib berish to‘xtaydi. Bu esa og‘ir oqibatga olib keladi. Pulsning yo‘qolishi, tananing ko‘karishi, qonning qotib qolishi va shishlar hosil bo‘lishi fibillatsiyaniig tashqi belgilaridir.
Fibillatsiyani keltirib chiqaruvchi tok miqdori tokning ta’sir qilish vaqti davomiyligiga bog‘liqdir. Bu bog‘lanish quyidagi 4.5 – rasmda keltirilgan. Barcha holatlar uchun bog‘lanishni aniqlashda tokning ta’sir qilish vaqti yurak kardiotsiklining eng nozik bo‘lgan Т fazasiga mos keladi deb faraz qilingan.
Hujayralar funksiyasining buzilishi, so‘ngra kislorod yetishmovchiligi sababli ular o‘ladi. Agar yurak to‘xtagandan so‘ng 5...6 minut o‘tgach, uning faoliyati tiklansa, odam hayotini to‘la tiklashga umid qilish mumkin. Shuning uchun bu davrni “klinik o‘lim” deyiladi. Тok to‘satdan ta’sir qilganda sog‘lom odamlarda klinik o‘lim taxminan 7...8 minut davom etadi. Bundan kechroq muddatda bosh miya qobig‘ida sodir bo‘ladigan patologik o‘zgarishni qaytarib bo‘lmaydi, ya’ni uning qobiqlari kislorod yetishmasligi oqibatida halok bo‘ladi.





    1. – rasm. Тok o‘tish vaqtining yurak kardosiklining Т fazasi bilan mos kelib qolish xavfini ko‘rsatuvchi grafik: a - sog‘lom odam elektrokardiogrammasi (sxema shaklida); b - tok o‘tish vaqtiga bog‘liq ravishda yurak fibillatsiyasi yuz berish ehtimolini ko‘rsatuvchi grafik.





    1. – rasm. Fibillatsiya keltirib chiqaruvchi tok miqdorining uning ta’sir qilish vaqti davomiyligiga bog‘liqligi (barcha holatlarda tokning ta’sir qilish vaqti kardiosiklning eng nozik Т fazasiga mos keladi)




        1. Download 6,58 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish