O‘zbekisтon respublikasi


Davriy (takroriy) yo‘riqnoma



Download 6,58 Mb.
bet71/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Davriy (takroriy) yo‘riqnoma. Bu yo‘riqnomani o‘tkazish vaqtini, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda, korxonaning ma’muriyati belgilaydi. Bu yo‘riqnoma ishlab chiqarishning xarakteri va xavflilik darajasiga bog‘liq holda ish joyidagi birlamchi yo‘riqnomadan 3 yoki 6 oy o‘tgach o‘tkazilishi mumkin. Ushbu yo‘riqnoma ishchilarni mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Yo‘riqnomani o‘tkazishda ish joyidagi birlamchi yo‘riqnoma dasturi asos qilib olinadi. Mazkur yo‘riqnoma kirish yo‘riqnomasi singari ish staji, malakasi, toifasidan qat’i nazar, hamma ishchilar bilan o‘tkazilishi shart.
Ayrim ishlab chiqarish sohalarida, jumladan qishloq xo‘jalik ishlari mavsumiy xarakterga egaligi sababli, mavsum turiga bog‘liq holda davriy (mavsumiy) yo‘riqnoma o‘tkaziladi. Masalan, kuzgi va bahorgi yerga ishlov berish mavsumi oldidan, ekish mavsumi oldidan, hosilni yig‘ib-terib olish davri oldidan davriy (mavsumiy) yo‘riqnomalar o‘tkaziladi.
Davriy yo‘riqnomadan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumot ish joyidagi birlamchi yo‘riqnomani qayd qilish maxsus jurnaliga kiritilib hujjatlashtiriladi, yo‘riqnomadan o‘tganlar va uni o‘tkazganlar o‘z imzolarini qo‘yishadi.
Rejadan tashqari yo‘riqnoma. Bu yo‘riqnoma texnologik jarayonning o‘zgarishi, yangi mashinalar kiritilishi va yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o‘zgarishi munosabati bilan ishchilarga mehnat xavfsizligi bo‘yicha kiritilgan yangi talab va qoidalarni o‘rgatish uchun o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ishchilar tomonidan xavfli ish usullarining qo‘llanilishi natijasida mehnat intizomi yoki texnika xavfsizlik qoidalari buzilsa
yoki ishchi ishlayotgan joyida biror sabab bilan (masalan, kasallik, ta’til) uzilish ro‘y bersa, shuningdek, ish joylarida kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalar ro‘y bersa rejadan tashqari yo‘riqnoma o‘tkaziladi. O‘xshash korxonada halokat yoki biror bir sabab tufayli baxtsiz hodisa ro‘y berganligi haqida xabar olingandan keyin uning sabab va oqibatlari o‘rganilib chiqiladi, xulosa qilinadi, hamda shunga bog‘liq holda, rejadan tashqari yo‘riqnoma o‘tkaziladi.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish