O‘zbekisтon respublikasi


Ishlovchilarni mehnat muhofazasi qoidalari va talablariga o‘qitishning huquqiy-me’yoriy asoslari



Download 6,58 Mb.
bet68/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ishlovchilarni mehnat muhofazasi qoidalari va talablariga o‘qitishning huquqiy-me’yoriy asoslari


Zamonaviy texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi, yangi mashina va mexanizmlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir ishlovchining yuqori malakali bo‘lishligini, texnika xavfsizligi bo‘yicha qoida va talablarni chuqur tushunadigan va unga amal qiladigan bo‘lishi kerakligini talab etadi.


Hozirgi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan tashkiliy, texnik, sanitar-gigiyenik va boshqa turdagi tadbirlarga, turli tavsiyanomalar, qoida va me’yorlar ishlab chiqilganligiga qaramasdan, korxonalarda baxtsiz hodisalarni butunlay bartaraf etishni ta’minlash imkoniyati mavjud emas. Shu sababdan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, korxonalarda kasb kasalliklari va jarohatlanishga olib keladigan omillarni butunlay yo‘qotish yoki keskin kamaytirish korxona ma’muriyati va ish beruvchilar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Har bir korxona ma’muriyati xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha malakasi muntazam oshirib borilishini tashkil etishi lozim. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasida xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va ularga yo‘l-yo‘riqlar berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Shu moddaga asosan korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari shart.
Korxonalar ma’muriyati barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek, boshqa ishga o‘tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o‘rgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishlari shart.
O‘ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o‘tiladigan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish, yo‘l-yo‘riqlar berish va bilimlari tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va o‘qitishning o‘ta zarurligi “Mehnat kodeksi”da ham ta’kidlangan. Kodeksning 215-moddasiga asosan xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning barcha talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi. Demak, ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart. Bu modda bo‘yicha ham mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitishdan, yo‘l-yo‘riqdan o‘tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.
Ishlab chiqarishdagi barcha korxonalar, turi va mulk shaklidan qat’i nazar, rahbarlari, mutaxassislari, injener-texnik xodimlari, ishchilari va xizmatchilarini mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoida va talablariga o‘qitish va bilimini tekshirishning huquqiy-me’yoriy asosi bo‘lib 1996 yil 29 iyunda Mehnat vazirligi tomonidan, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda, tasdiqlangan va qabul qilingan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishni tashkil etish va bilimini tekshirish to‘g‘risida”gi namunaviy nizom xizmat qiladi [10]. Bu nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996 yil 14 avgustda 272-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Keyinchalik namunaviy nizomning 2, 21 va 27 bandlariga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2001 yil 6 iyuldagi 10-son buyruqi bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Bu o‘zgartirishlar Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 20 iyulda 272-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010 yil 12 avgustdagi 156-B – son buyruqi bilan namunaviy nizomga navbatdagi o‘zgartirishlar kiritilgan. Bu o‘zgartirishlar Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 24 avgustda 272-2 – son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Yuqoridagi o‘zgartirishlarning hammasi asosan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi strukturasidagi va boshqa nazorat organlarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar natijasida kiritilgan.
Namunaviy nizom asosida boshqaruv organlari iqtisodiyot tarmoqlari uchun o‘zlarining namunaviy nizomlarini ishlab chiqishadi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat muhofazasi Boshqarmasi va tarmoq kasaba uyushmasi bilan kelishib olib amalga tatbiq qilishadi.
Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitishni tashkil qilishning umumiy qoidalari GOSТ 12.0.004-79 (1990) MХSТ “Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitishni tashkil qilish. Umumiy qoidalar”da ham ko‘rsatib o‘tilgan [41].
Ishlab chiqarishdagi korxonalarning turli-tumanligi, ma’lum bir korxonada ish sharoiti bir-biriga o‘xshash bo‘lim yoki sexlarning yo‘qligi, korxonalar umumiy xavfsizligini ta’minlovchi, tartibga solingan qoida va talablar tizimini ishlab chiqish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham har bir korxonada, o‘zining sharoitidan kelib chiqqan holda, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yo‘riqnomalar tizimini yuqorida keltirilgan namunaviy nizomga tayangan holda ishlab chiqish lozim. Bu tizim ishlovchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o‘rgatish bilan ishlovchining mehnat jarayonidagi xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini to‘la o‘z ichiga qamrab olishi kerak.
Korxonaga yangi ishga kelgan ishlovchilar mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalardan, shogirdlikdan (stajirovkadan) va bilimini tekshirishdan o‘tgandan keyingina mustaqil ravishda ishga qo‘yiladi.
O‘ta xavfli ishlarga, bug‘ va suv qozonlariga, bosim ostidagi idishlarga, yuk ko‘tarish kranlariga, elektr uskunalariga, maxsus mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishga maxsus bilimga ega ekanligini ko‘rsatuvchi hujjati mavjud
bo‘lgan shaxslargina qo‘yiladi.
Ishlovchilarni xavfsiz ishlash usullariga o‘qitishni to‘g‘ri tashkillashtirish va olib borish ustidan umumiy rahbarlik va javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv organlari xodimlariga yuklanadi. Bo‘limlarda va sexlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ishlash usullariga o‘qitish shu sex, bo‘lim va bo‘linma rahbarlariga yuklanadi.
Ishlovchilarni xavfsiz ishlash usullariga o‘z vaqtida va sifatli o‘qitish ustidan nazorat olib borish korxona mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish