O‘zbekisтon respublikasi


“Mehnat muhofazasi maxsus kursi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari, tarkibiy qismlari



Download 6,58 Mb.
bet5/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

“Mehnat muhofazasi maxsus kursi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari, tarkibiy qismlari


Insoniyat jamiyati mavjudligining, yashashining va taraqqiy etishining asosiy shartlaridan biri unda turli shakllarga ega bo‘lgan faoliyatning olib borilishidir. Faoliyatni olib boruvchi subyekt esa faqat – ong va tafakkurga ega bo‘lgan insondir.


Jamiyat uchun eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat shakli mavjud. Bu faoliyatning oliy shakli hisoblangan – mehnatdir. Chunki,, faqat mehnat tufayligina insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi. Mehnatning shakllari xilma-xildir. Ular turmushda, jamiyat hayotida, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va hayotning boshqa sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma’naviy jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Inson o‘z mehnatining sifati va unumdorligini oshirish maqsadida mehnat qurollarini va ishlab chiqarish vositalarini doimiy va to‘xtovsiz ravishda o‘zgartirib va mukammallashtirib boradi. Buning natijasida u mehnat jarayonida doimiy ravishda yuzaga chiqadigan turli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qoladi.
Тurli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qolish hozirda, insoniyat XXI asrga qadam qo‘yganda, dolzarb muammoga aylandi. Iqtisodiyot obyektlarining turli sohalarida murakkab texnik qurilmalar va mashinalarning qo‘llanilishi natijasida ishlovchilarda nerv-psixologik, statik yuklanishlar, nevroz holatlari, kasb kasalliklari ko‘paydi, avariya va falokatlar sodir bo‘lishi ortdi. Bular o‘z navbatida ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash masalasining ahamiyatini oshiradi.
Ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlashni samarali yechish muammosi jamiyat tomonidan qonuniy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va vositalari tizimini ishlab chiqishni
va amalga joriy qilishni talab etadi. Jamiyatdagi bu faoliyat va jarayon mahsuli sifatida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sohasi hosil bo‘ladi va shakllanadi. Bu bilim sohasidan esa jamiyat hayotida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan “Mehnat muhofazasi” fani dunyoga keladi.
“Mehnat muhofazasi” ijtimoiy-texnik fan bo‘lib u ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillarni aniqlaydi va o‘rganadi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning va ishchilar kasb kasallanishlarining oldini olish yoki kamaytirish tadbirlarini, hamda avariya va portlash sodir bo‘lishini bartaraf etish uslublarini o‘rganadi va ishlab chiqadi.
GOSТ 12.0.002-80 (2003) bo‘yicha “Mehnat muhofazasi” deganda mehnat jarayonida ishlovchilar sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, hamda xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonuniy hujjatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va vositalari tizimi tushuniladi [26, 35].
Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, “Mehnat muhofazasi” fani bir qancha bilim sohalari chegarasida vujudga keladi.
“Mehnat muhofazasi maxsus kursi” (MMMK) fani esa “Mehnat muhofazasi” (MM) fanini to‘ldiradigan, ya’ni bu fan tomonidan kamroq e’tibor beriladigan masalalarni, masalan, me’yoriy-huquqiy, tashkiliy va texnika xavfsizligining ayrim masalalarini keng va chuqur o‘rganadigan fan sifatida yuzaga keldi.
MMMK fanning asosiy o‘rganish obyektlari bo‘lib mehnat jarayonidagi inson va uning holati, ishlab chiqarish muhiti, inson bilan ishlab chiqarish uskunalari va texnologik jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishlari va ta’sirlari, mehnat va ishlab chiqarishni tashkillashtirish, hamda boshqa barcha mehnat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir qiluvchi omillar va jarayonlar xizmat qiladi.
Mehnat muhofazasi maxsus kursi” fani o‘rganadigan muammolar. MMMK fani o‘rganadigan masalalar “inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti” tizimida va uning tarkibiga kiruvchi kichik tizimlarda yuzaga keladigan mehnat xavfsizligini ta’minlash muammolaridir. Bu tizimlarda mehnat xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha muammolar juda ko‘p va turli bilim sohalariga tegishli hisoblanadi. Shu sababli ishlab chiqarishda ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash muammolarini yechish mehnat qonunchiligi sohasini, ijtimoiy sohani, iqtisodiy sohani, mehnatni maqbul tashkil qilish va boshqa tashkiliy masalalarni, texnik sohani, sanitariya va gigiyeniyani, hamda davolash-oldini olish tadbirlari va vositalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Demak, MMMK fani tomonidan o‘rganiladigan mehnat xavfsizligini ta’minlash muammo va masalalarining ko‘p sonliligi va turliligi juda ko‘p bilim sohalarining ilmiy yutuqlaridan foydalanishni va ularni amalda qo‘llashni talab etadi. MMMK fani quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘langan:

  • ijtimoiy-huquqiy va iqtisodiyot fanlari – mehnat huquqi, jamiyatshunoslik, mehnatni ilmiy tashkil qilish, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish va boshqa;

  • tibbiyot va psixologiya fanlari – mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, sanoat toksikologiyasi, mehnat fiziologiyasi, mehnat psixologiyasi, xavfsizlik psixologiyasi va boshqa;

  • texnika fanlari – bunda umuminjenerlik fanlari, yong‘inga qarshi kurash texnikasi, injenerlik psixologiyasi, ergonomika, sanoat nafosati (dizayni) va boshqa;

  • klassik fanlar – fizika, kimyo, matematika (ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, ishonchlilik nazariyasi), biologik fanlar va boshqa.

Shu bilan bir qatorda MMMK o‘z uslub va vositalariga, ma’lum bir bilim sohasi sifatida mustaqillikka ega. MMMK fanining metodologik asosi ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash va mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish maqsadida ilmiy tahlil qilishdir

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish