O‘zbekisтon respublikasi


“Inson - mashina - ishlab chiqarish muhiti” tizimi va uning xususiyatlari



Download 6,58 Mb.
bet14/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

“Inson - mashina - ishlab chiqarish muhiti” tizimi va uning xususiyatlari


Faylasuflarning fikricha, insonga nisbatan berilishi kerak bo‘lgan eng to‘g‘ri ta’rif bu “Nomo sapiens”, ya’ni “fikrlovchi odam” emas, balki “Nomo agens”dir, ya’ni harakat qiluvchi, yoki faoliyat ko‘rsatuvchi odamdir. Bu bilan odamning ishlab chiqarish muhitida amalga oshiradigan ham ijobiy, ham salbiy, to‘g‘rirog‘i xavfli xatti-harakatlariga urg‘u beriladi. Chunki, odamning ishlab chiqarishdagi xavfli xatti-harakatlari natijasida baxtsiz hodisalar, falokatlar, yong‘inlar, portlashlar va boshqa ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘ladi.


Inson ma’lum bir maqsadga, natijaga erishish uchun muhitda ongli ravishda xatti-harakat qiladi, ya’ni faoliyatning oliy shakli bo‘lgan mehnat jarayonini amalga oshiradi. Bu jarayonda inson mehnatini yengillashtiruvchi mashina va
mexanizmlar, qurilmalar, asbob-uskunlar, jihozlar va boshqa texnik tizimlar ham ishtiroq qiladi. Mehnat jarayonini amalga oshirish davomida inson muhit omillari va turli texnik qurilmalar ko‘rsatkichlaridan iborat majmua ta’siri ostida faoliyat olib boradi. Bunda “inson – mashina – ishlab chiqarish muhiti” (I-M-IchM) deb nomlanuvchi, uchta elementdan tashkil topgan tizim hosil bo‘ladi (1.1 –rasm). Demak, mehnat predmeti yordamida tashqi muhit ta’siri ostida ishchi tomonidan amalga oshiriladigan mehnat jarayoni “I-M-IchM” tizimini tashkil qiladi. Bizni “I- M-IchM” tizimi strukturasida, shu tizimning tashkil qiluvchi elementlaridan bittasi bo‘lgan, inson uchun mehnat xavfsizligini ta’minlashning masala va muammolari qiziqtiradi.
Bu tizimdagi umumiy xavfsizlik holati uni tashkil qiluvchi har bir elementning ko‘rsatkichlariga va maqbul ishlashiga, elementlar o‘rtasidagi o‘zaro maqbul bog‘lanish va ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi. Har bir elementining maqbul ishlashi esa o‘z navbatida boshqa bir qator omillar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi (1.1 va 1.2 – rasmlar).
Yuqoridagi tizim xavfsizligini tahlil qilishda undagi kichik tizimlarni alohida tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Kichik tizimlarga “inson-mashina” (I-M), “inson-ishlab chiqarish muhiti”(I-IchM) tizimlari kiradi.
“I-M” kichik tizimi inson-operator va mashinalar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi. Bu tizimda mashina deb texnik vositalar to‘plamiga aytiladi, ulardan odam o‘z ish faoliyati va mehnat jarayonida foydalanadi. Bu kichik tizimdagi xavfsizlik darajasi insonning kasbiy tayyorgarligiga, malakasiga, uquviga; turli xavfli holatlarni oldindan ko‘ra bilish va undan chiqib bilish qobiliyatiga; texnik, texnologik va mehnat xavfsizligi talablariga qanaqa darajada amal qilishiga; turli holatlarga ruhiy va fiziologik jihatdan moslashish xususiyatlariga; o‘ziga nisbatan talabchanligiga va boshqa shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Тizimdagi xavfsizlikka mashina va mexanizmlarning konstruksiyasi va sifatli tayyorlanganligi; ularning texnika xavfsizligi talablariga javob berishliligi, mashinalarning va ular qismlarining energetik, texnik va ishlatilish ishonchliligi, mashinalarning turli yuklanishlarga ustivorligi; mashina va




    1. – rasm. Jarohat olish xavfi “I-M-IchM” tizimi strukturaviy tuzilishi funksiyasi sifatida:

  1. indeksi tizim tashkil qiluvchilariga (I1, M1, IchM1) ishlatish jarayonining tashkiliy (Ta ) va texnologik (Te ) omillari ta’sir qilishidan oldingi holatini bildiradi; 2 indeksi tizim tashkil qiluvchilarining (I2, M2, IchM2) xavfli holatlarga olib keluvchi o‘zgargan holatlarini ko‘rsatadi;

3 indeksi tizim tashkil qiluvchilari (I3, M3, IchM3) uchun holat o‘zgarishi qanaqa natijalarga olib kelishini ko‘rsatadi.



    1. – rasm. “I-M-IchM” tizimida jarohat olish xavfining vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgarishi:

IТD - ishga tushirilish davri; ID - ishlatilish davri; RD - rekonstruksiya davri.
mexanizmlarda yuklanishlarni avtomatik ravishda oldini oluvchi qurilmalarning mavjudligi; mashinadagi muhofaza va xavfsizlikni ta’minlash vosita va qurilmalarining ishonchli va buzilmasdan ishlashi; texnologik jarayonlarning to‘g‘ri amalga oshirilishi; texnik xizmat va ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
“I-IchM” kichik tizimi inson va ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi. Bu tizimda ishlab chiqarish muhitini ishlovchilarning va ish beruvchilarning birgalikdagi hamda alohida qiladigan harakatlari hamda mehnat jarayoni kechadigan maqbul muhit omillari tashkil etadi. Muhit omillariga mikroiqlim ko‘rsatkichlari, havoning sanitar-gigiyenik ko‘rsatkichlari, turli fizik-kimyoviy xavflar mavjudligi, yilning fasl davri va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish muhiti katta tizimga kiruvchi kichik tizimlarga va tizimning hamma elementlariga tegishli bo‘lgan muhitning umumiy tushunchasini qamrab oladi. Inson uchun ishlab chiqarish muhitining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik ko‘rsatkichlari asosiy bo‘lsa, mashinalar uchun fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Mehnat muhofazasi nuqtai nazaridan asosiy masala tizimning inson uchun xavfsiz ishlashidir.
Katta va kichik tizimlardagi xavfsizlik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarning, hamda tizim elementlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar va o‘zaro ta’sirlarning ko‘p sonliligi tizimda xavfsizlikni talab darajasida shakllantirishning muammo va masalalarini keltirib chiqaradi. Yuqorida keltirilgan holat tizimni juda katta darajadagi noaniqlikga ega tizim sifatida xarakterlaydi, ya’ni tizim juda ko‘p holatda bo‘lishi mumkin. Тizimlar nazariyasidan ma’lumki, tizim noaniqligini xarakterlovchi holatlarning maksimal soni H quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
H  2 , (1.1)
bu yerda  – tizimdagi o‘zaro bog‘liqliklarning maksimal soni.
Тizimdagi o‘zaro bog‘liqliklarning maksimal soni quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:
  n(n  1) , (1.2)
bu yerda n – tizimdagi omillar soni.
Masalan, n =2 bo‘lganda H =4 bo‘ladi, n =3 bo‘lganda esa H =64 bo‘ladi, n =4 bo‘lganda H =4046 bo‘ladi va hakoza. Demak, omillar sonining oshishi bilan juda katta darajada holatlar soni oshadi, ya’ni tizim holatining noaniqligi oshib boradi.
Тizimdagi bog‘liqliklar yoki o‘zaro ta’sirlarning faqat bittasi buzilsa ham baxtsiz hodisalarga olib keluvchi xavfli holatlar yuzaga kelishi boshlanadi.
Ishlovchilarning jarohatlanishini, kasb kasallanishlarini bartaraf etish va ish samarasini oshirish uchun tizimning ishlashini uni tashkil qiluvchi elementlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori darajada ta’minlash kerak. Lekin ishlab chiqarishda ishlash vaqtida yuzaga keladigan turli omillar, masalan, chang, titrash, shovqin, iqlim parametrlari, texnik va texnologik buzilishlar, inson omili va boshqalar ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan hodisalar tizimning buzilishlariga olib keladi. Shuningdek, ishlovchining mehnat faoliyatiga ish beruvchi va ishlovchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, jamoadagi ruhiy holat, mehnat intizomi, turmush muammolari va boshqalar ham ta’sir qiladi.
Ishlovchilar jarohatlanishining oldini olish maqsadida “inson-mashina- ishlab chiqarish” tizimi har xil ko‘rsatkichlarga qarab maqbullashtiriladi, ya’ni ergonomik talablar va ko‘rsatkichlar, ergonomik xususiyatlar ta’siri ham hisobga olinadi. Shaxsning ergonomik xususiyatlari esa uning antropometrik, fiziologik, ruhiy-fiziologik va gigiyenik xususiyatlar bilan belgilanadi. Antropometrik ko‘rsatkichlar ergonomik talablarni belgilaydi va shaxsning mashina va mexanizmlar konstruksiyasiga, uning qismlariga nisbatan munosabatini aniqlaydi. Ruhiy-fiziologik xususiyatlar esa mehnat quroli, mehnat mahsuli va muhitni birgaliqda sezgi organlarining (eshitish, ko‘rish, his etish va boshqalar) funksional ishlashiga mutanosibligini belgilaydi. Gigiyenik xususiyatlar “I-M-IchM” tizimining hayot va faoliyat gigiyenik sharoitlarini va ishchining ish qobiliyatini yetishtirilgan mahsulot va muhit bilan bog‘liqligini belgilaydi. Insonning ruhiy (fikrlash, tajribaning kattaligi va boshqalar) faoliyati ishlab chiqarish jarayonida muhitga moslanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Yuqoridagi 1.1 – rasmdan ko‘rinib turibdiki, xavfli holatlarga olib keluvchi omillarning oldi olinmasa, tizimning har bir elementi uchun salbiy oqibat yuzaga kelishi mumkin. Masalan, inson uchun tizim yuzaga keltiradigan salbiy oqibat uning tomonidan olinadigan jarohatlanish (ba’zi holatlarda esa sodir bo‘ladigan o‘lim hodisasi) shaklida, mashina uchun esa avariya holatida buzilishlar shaklida, muhit uchun esa uning parametrlarining o‘zgarishi shaklida yuzaga chiqishi mumkin.
“I-M-IchM” tizimiga kiruvchi elementlarning o‘zaro bog‘lanishi va o‘zaro ta’sirining turli to‘plamlarida baxtsiz hodisalarni yuzaga keltiruvchi xavfli holatlarni aniqlash mehnatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan bittasidir. Ish o‘rnida yuz beradigan baxtsiz hodisalarning dastlabki sababini aniqlash, jarohatlanishning oldini olish maqsadida tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirish va amalga oshirish imkonini beradi. Quyidagi 1.3 – rasmda “I-M-IchM” tizimini tashkil qiluvchi elementlarga bog‘liq ravishda ish o‘rnida jarohatlanish xavfi tug‘ilishi va rivojlanishining umumiy sxemasi keltirilgan. Berilgan rasmda baxtsiz hodisalar 6 ta bosqichli jarayonlardan iborat bog‘lanishlar va ta’sirlarning zanjirsimon ko‘rinishidagi oqibatidan iboratligi ko‘rsatilgan.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish