O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet13/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

xavfsizlik belgilari – odamni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida ogohlantirishga, ma’lum bir harakatlarni ta’qiqlashga yoki ruxsat etishga, ko‘rsatishga, obyektlar joylashishi bo‘yicha ma’lumot berishga mo‘ljallangan, qo‘llanilishi zararli va (yoki) xavfli omillar ta’sirini bartaraf qilish yoki kamaytirish bilan bog‘liq belgilar;

  • xavfsizlik ranglari – odamning diqqatini yong‘in o‘chirish vositalariga, xavfsizlik belgilariga, ishlab chiqarish uskunalarining va (yoki) qurilish konstruksiyalarining zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari manbalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida qismlariga tortishga mo‘ljallangan ranglar;

  • zararli ishlab chiqarish omilining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajasi (EYuD) – bu ishlab chiqarish omilining shunday darajasiki, ma’lum, aniq bir vaqt davom etuvchi ishni butun ish staji davomida bajarganda ham, uning ta’siri natijasida jarohatlanish, kasallanish yoki sog‘liqda o‘zgarish ish jarayonida, yoki hozirgi va keyingi avlodlar hayotida kuzatilmaydi;

  • elektr xavfsizligi – odamlarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli hamda xavfli ta’sirlaridan muhofaza qilishni ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi.

    Mehnatni muhofaza qilish sohasida qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar va ularning mohiyati kitobning glossariy qismida keltirilgan.
    1. Mehnatni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari. ММ prinsiplari quyidagi turlarga bo‘linadi [35]:


      • mehnatni muhofaza qilishning umumiy prinsiplari;

      • mehnatni muhofaza qilishning texnik xususiyatdagi prinsiplari;

      • mehnatni muhofaza qilishning tashkiliy prinsiplari.

    Mehnatni muhofaza qilishning umumiy prinsiplari mehnat sharoitlarini me’yorlashtirishga asoslangan bo‘lib, ulardan ko‘zlangan maqsad ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni ijtimoiy ofat sifatida bartaraf qilishdan iboratdir. Bu prinsiplarga quyidagilar kiradi:

      • mehnat muhofazasini boshqarish tizimining rejali va tizimiy ravishda olib boriladigan ishlari natijasida ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligi;

      • ishlab chiqarish moddiy-texnik asosining va mehnat sharoitining o‘zaro mos kelishligi, ya’ni moddiy-texnik asosni rivojlantirish natijasida mehnat sharoiti ham yaxshilanishi lozim;

      • mehnat sharoitini uzliksiz ravishda yuksaltirib borish, ya’ni ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’sirini doimiy ravishda kamaytirib borish va bu holatga birdaniga emas, balki rejali ravishda to‘xtovsiz olib boriladigan faoliyat natijasida erishish mumkinligi;

      • mehnat muhofazasini tizim sifatida tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni boshqarishning obyektiv zaruriyati va imkoniyatlarini shakllantiruvchi mehnat muhofazasi darajasini boshqarish.

    Mehnatni muhofaza qilishning texnik prinsiplariga quyidagilar kiradi:

      • potensial xavflar darajasini kamaytirish yoki umuman bartaraf qilish, bu prinsip mehnat xavfsizligini eng yuqori ehtimollik bilan ta’minlash sharoiti

    va imkoniyatini yaratadi;

      • masofa bilan muhofazalash, bu prinsip obyekt va subyekt o‘rtasida masofa oshib borishi bilan ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri ham kamayib borishiga asoslangan;

      • vaqt bo‘yicha muhofazalash, bu prinsip odamlarning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri ostida bo‘lish vaqtini kamaytirishga asoslangan;

      • yoniga borib (tegib) bo‘lmaslik prinsipi, bu prinsip odamning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri sohasiga tushib qolmasligiga, yoki zararli va xavfli omillarning odam faoliyati sohasiga kirib bormasligiga asoslangan;

      • blokirovkalash prinsipi, bu prinsip odamning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri sohasiga tushib qolganida ularni bartaraf qilishga, yoki odamlar tomonidan baxtsiz hodisalarga olib keladigan noto‘g‘ri xatti- harakatlarning oldini olishga asoslangan;

      • mustahkamligini oshirish prinsipi, bu prinsip mashina va mexanizmlarning o‘ta yuqori statik va dinamik zo‘riqishlar ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qism va detallarining mustahkamligini ko‘zlanganidan bir necha baravar ortiqcha yuklanishga dosh beradigan qilib loyihalashga va qurishga asoslangan;

      • ma’lumot berish prinsipi, o‘qitish va yo‘riqnomalar berish, ogohlantirish va taqiqlash, bular tovush, yorug‘lik va ma’lum bir turdagi boshqa signallar bilan amalga oshiriladi.

    Тurli holatlarda ahamiyati va zaruriyati turli darajada bo‘ladigan texnik xususiyatdagi prinsiplarga amal qilish tashkiliy prinsiplarni ham qo‘llash lozimligini keltirib chiqaradi. Mehnatni muhofaza qilishning tashkiliy prinsiplariga quyidagilar kiradi:

      • obyektlarni pasportizatsiyalashga va istiqbolda ishlab chiqarish jarohatlanishlarini bashorat (prognoz) qilishga asoslangan holda mehnat xavfsizligini boshqarish, bu prinsip ma’lum bir kelajakdagi davrga maqsad

    qilib belgilangan xavfsizlik darajasi ko‘rsatkichlariga erishish metodlari va vositalarini nisbatan baholash imkoniyatini beradi;

      • yechimlarning aniqligi, bu prinsip mavjud yechimlar variantlari to‘plamidan aniq, bitta ma’noli yechimni tanlab olishni va tatbiq etishni taqoza etadi (ishlab chiqarishga mehnat xavfsizligi standartlar tizimini tatbiq etish bilan amalga oshiriladi);

      • mutaxassislarni tanlash, bu prinsip yuqori kasbiy malakaga ega bo‘lgan, ayniqsa mehnat muhofazasi bo‘yicha, ishlab chiqarishni tashkil qilish, psixologiya, iqtisod, pedagogika, mehnat gigiyenasi va sanitariyasi, texnika xavfsizligi, hamda boshqa turli sohalarda mukammal tayyorgarlikka ega mutaxassislarni tanlashga asoslangan;

      • javobgarlik, bu prinsip mehnat muhofazasining u yoki bu talablari buzilishi orqasida ma’lum bir shaxs, bajaruvchini ham hisobga olgan holda, turganligini ko‘zda tutadi;

      • bajaruvchini almashtirish (zarur holatlarda), bu prinsip mehnat muhofazasi qoida va me’yorlari buzilishining qayta takrorlanishlari ehtimolini bartaraf etishni ko‘zda tutadi.




      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   230




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish