Idishni gidravlik sinash. Bosim ostida ishlaydigan idishlarni har sakkiz yilda bir marta yuqori bosimli suyuqlik to‘ldirish bilan gidravlik sinovdan o‘tkaziladi. Bunda uning zich yopilishligi va pishiqligi sinaladi. Idishlarni gidravlik sinovdan o‘tkazishda ularni 6.4 – jadvalda keltirilgan miqdordan kam bo‘lmagan bosim ostida sinab ko‘riladi.
6.4 – jadval
Bosim ostida ishlaydigan idishlarni gidravlik sinovdan o‘tkazishda beriladigan bosim miqdorlari
Idishlar
|
Ishchi bosimi,
Pi , MPa
|
Ishlab chiqilgan zavodda sinalgandagi bosimi,
Pz , MPa
|
1
|
2
|
3
|
Quyma idishlardan tashqari bosim ostida ishlatiladigan barcha idishlar
|
0,5 dan kam
|
=1,5 [ 20 ] , ammo 0,2 MPa dan
Pz Pi [ t ]
kam bo‘lmasligi kerak
|
6.4 – jadval davomi
1
|
2
|
3
|
Quyma idishlardan tashqari bosim ostida ishlaydigan barcha idishlar
|
0,5 dan ortiq
|
P =1,25 [ 20 ] , ammo
z Pi [ t ]
Pi + 0,3 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak
|
Quyma idishlar
|
Bosimga bog‘liq bo‘lmagan holda
|
=1,5 [ 20 ] , ammo 0,3 MPa
Pz Pi [ t ]
dan kam bo‘lmasligi kerak
|
Jadvaldagi 20 va t – mos ravishda idish devori temperaturasi 20 °C bo‘lganda va hisobiy t temperaturada idish materiali uchun yo‘l qo‘yiladigan
kuchlanishlar, kPa. 20 / t nisbat esa idish elementlari materiallari uchun
olingan boshqa shunaqa nisbatlarning ichidagi eng kichigidir.
Agar sinalayotgan idish manfiy haroratlarda ishlatilayotgan bo‘lsa, sinash uchun berilayotgan bosim xuddi +20 °C dagidek saqlab qolinadi. Хuddi shunday sinovlar bosim ostida ishlatilayotgan idishlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazilayotgan vaqtda ham o‘tkaziladi. Bunda, agar idish devorlari 200 °C dan 400 °C gacha bo‘lgan issiq haroratda ishlatiladigan bo‘lsa, sinaladigan bosim ishchi bosimdan 1,5 martadan ortib ketmasligi kerak. 400 °C dan ortiq haroratda ishlatilsa, unda 2 martadan ortmasligi kerak.
Bosim ostidagi havo o‘tkazuvchi quvurlarni ham gidravlik sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan, bunda sinash bosimi ishchi bosimdan 1,25 marta (ammo 0,2 kPa dan kam bo‘lmasligi) ko‘p bo‘lishi kerak. Sinov davri kamida 5 minut bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilgan.
Bosim ostida ishlaydigan idishlarni gidravlik sinashda asosan ma’lum, chegaralangan haroratdagi, suvdan foydalaniladi. Suv bosimi ikkita manometr yordamida o‘lchab boriladi, ulardan biri nazorat qilish manometri hisoblanadi.
Sinalayotgan idish o‘z mustahkamligini saqlasa va o‘z shaklini o‘zgartirmasa, shuningdek idish devorlarida yoriqlar va shishib chiqishlar ko‘rinmasa, u sinovdan o‘tgan hisoblanadi.
Suv bilan sinash imkoniyati bo‘lmagan hollarda (suv og‘irligi kuchlanishga sabab bo‘lsa yoki idishdagi qoldiq suvni chiqarib tashlashda texnik qiyinchilik tug‘ilsa) gidravlik sinovni havo yordamida o‘tkazishga ruxsat etiladi. Ammo, bunday sinash o‘tkazish vaqtida bir qator qo‘shimcha xavfsizlik chora-tadbirlarini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Yuqori bosimli havo bilan sinashda o‘lchash manometrlari bino tashqarisiga chiqariladi va sinalayotgan binoda odamlarning bo‘lmasligi qat’iy ravishda ta’minlanishi kerak. Sinov uchun beriladigan bosim suyuqliklar bilan sinalgandagi miqdorda bo‘ladi va sinash davri 5 minut qilib belgilanadi. Uning zichligi va payvand choklarining mustahkamligi sovun ko‘pigi surtib, aniqlanadi.
Quyida keltirilgan 6.14 – rasmda ballonlarni gidravlik sinash uskunasining tuzilishi va ishlash prinsipi keltirilgan.
6.13 – rasm. Gaz ballonlarini gidravlik bosim bilan sinash uskunasi:
1 - sinalayotgan ballon; 2 - shtutserning o‘rnatilish balandligini o‘lchash reykasi; 3 - shtutser; 4 - manometr; 5 - po‘lat shkaf; 6 - richag; 7 - gidronasos; 8 - suv quyilgan idish.
Bosim ostidagi idishlarning saqlovchi qurilmalari va vositalarining texnik va texnologik holati texnik ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazib turiladi. Masalan, prujinali saqlovchi klapanlarni butun ishlatilishi davomida, mumkin qadar qisqa muddatlarda, texnik holati va soz ishlash xususiyati tekshirib boriladi. Shuning uchun ham saqlovchi klapanlarga, ularning soz ishlash qobiliyatini tekshirib borish imkoniyatini beradigan, qurilmalar o‘rnatiladi. Sinuvchi va sitilib chiquvchi membranalarni tekshirish maxsus stend yordamida amalga oshiriladi. Bunda amalda ishlatilishi kerak bo‘lgan membranalarning bir nechtasi stendga qo‘yib sinab ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |