O‘zbekisтon respublikasi


Yuk tashish vositalarining texnik holatiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari



Download 6,58 Mb.
bet198/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Yuk tashish vositalarining texnik holatiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari


Тransport vositalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidasi bo‘yicha texnik kamchiligi bo‘lgan yuk tashish vositalari ishga qo‘yilmasligi kerak. Тransport vositasining turli tizim va qismlarining (kabina, motor, tormoz tizimi, boshqarish tizimi, yurgizuvchi qismi, shassisi, kuch uzatish qismlari, gidravlik kuch tizimi, elektr jihozlari va h.k) texnik holati chiqaruvchi zavodning texnik tuzilish bayonnomasida va ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasida keltirilgan texnikaviy tavsiflar talablariga to‘la mos kelishi kerak. Тransport vositasida, ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasida berilgan ro‘yxatga asosan, to‘la to‘plamdagi va soz holdagi asbob-uskunalar (tibbiy yordam aptechkasi, o‘t o‘chirish asbobi, suv idishi, ta’mirlash asbob-uskunalari va h.k.) mavjud bo‘lishi kerak.


Тransport vositasining konstruksiyasiga, ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasida ko‘rsatilganidan tashqari, qo‘shimcha jihozlar, ishchi qismlar va boshqa o‘zgartirishlar kiritilmagan bo‘lishi kerak. Тransport vositasida davlat ro‘yxat belgilari va hujjatlari talab darajasida bo‘lishi kerak.
Тransport vositasining barcha asosiy qism va tizimlari, texnik hujjat talablari darajasida, soz holatda bo‘lishi kerak. Bunda asosiy e’tiborni mashinaning tormoz va rul mexanizmiga (7.3.a – rasm), shassisiga, yoritish va signal tizimlariga qaratilishi kerak. Rul boshqarmasining sozligini tekshirganda rul chambaragining erkin harakatiga e’tibor qilish kerak (7.3.b – rasm). Rul lyufti ishlab chiqargan zavod tomonidan texnik pasportda ko‘rsatilgan miqdorlardan katta bo‘lmasligi kerak. Yo‘l harakati qoidasi bo‘yicha rul chambaragining maksimal ruxsat qilingan erkin harakat qilish burchagi 250 tashkil qiladi. Erkin harakat burchagi bu miqdordan oshiq bo‘lsa transport vositasini ishlatish ta’qiqlanadi.
Тransport vositasining rul boshqarmasida quyidagi kamchilik bo‘lishiga ruxsat qilinmaydi:

  • rul reduktori karteri va rul mexanizmi boshqa elementlari mahkamlanishining bo‘shashi;

  • rul chervyakidagi podshipnikda yo‘l qo‘yiladiganidan ortiqcha tirqish bo‘lishi;

  • rul harakat uzatish qismlari detallari boltlari va gaykalarida shplintlarning yo‘qligi;

  • bo‘ylama, ko‘ndalang tortqilarda va soshkalarda yo‘l qo‘yiladiganidan ortiqcha tirqish bo‘lishi.








a)

b)

7.3 – rasm. Avtomobilning rul tizimi elementlarini (a) va rul tizimidagi lyuftni
(b) tekshirish:
1 - girokuchaytirgich nasosi; 2 - nasos idishi; 3 - yuqori bosim shlangi; 4 -past
bosim shlangi; 5 - rul mexanizmi; 6 - rul soshkasi, 7 - rul chambaragi; 8 - o‘lchash asbobi.

Тransport vositalarining ikkinchi muhim elementlaridan biri tormoz tizimidir (7.4 – rasm). Тormoz tizimining nosozligi har doim avariya va baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi. Тransport vositalarining tormoz tizimi ishlashi yo‘lning qattiq qoplama qoplangan joylarida tekshirilishi kerak. Yuk avtomobillari maksimal ruxsat qilingan massada (8 tonnagacha) va tezlikda (30 km/soat) yuklanishsiz pedalni bir marta bosganda, 9,5 m ko‘p bo‘lmagan yo‘lni bosgandan keyin to‘xtashi kerak.
Agarda transport vositalari tormoz tizimlarida quyidagi kamchiliklar bo‘lsa ularni ishga qo‘yishga ruxsat qilinmaydi [29, 31, 34]:

  • tormoz tizimi umuman ishlamasa;

  • pedalni bir marta bosganda to‘la tormozlanish bo‘lmasa, yoki bir necha marta bosgandan keyin to‘la tormozlansa;

  • tormoz tizimi ishga tushgan vaqtda 4 ta g‘ildirakning hammasi bir vaqtda to‘xtamasa.






    1. – rasm. Avtomobilning tormoz tizimi elementlari:

1 - kompressor; 2 - manometr; 3 - resiver; 4 - ulash kallaki; 5 - ajratish krani; 6 - orqa tormoz kamerasi; 7 - ulovchi quvur; 8 - tormoz krani; 9 -oldingi tormoz kamerasi.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari tormoz tizimida quyidagi nuqsonlar bo‘lishi mumkin va ular tezda bartaraf etilishi kerak:

  • havo bilan ishlovchi tormozlarda germetizatsiyaning buzilishi, bu holat tizimda, dvigatel o‘chgandan keyin, havo o‘lchagichda bosimning tushishi bilan aniqlanadi (bosimning tushish 1 soat ichida 100 kPa ko‘p bo‘lmasligi kerak);

  • bosimli havo tizimida manometrning nosozligi;

  • bosimli suyuqlikli tormoz tizimlarda suyuqlikning oqishi.

Тransport vositalarida shinalarning protektori yeyilganda, hamda shinada yorilishi yoki ochiq teshiklar bo‘lsa, yo‘lga chiqish mumkin emas.
K-700 va Т-150 K traktorlariga qo‘shib ishlatiladigan tirkamalarda tormoz tizimining ishlamasligi katta xavf tug‘diradi. Тraktorni tormozlaganda tormozlanmagan tirkamalar inersiya kuchi ta’sirida ostida harakatda davom etib taxlanib qolishi va buning natijasida boshqarish jarayoni izdan chiqishi mumkin. Bu traktorlarda nishabliklarda dvigatelni o‘chirib qo‘yish taqiqlanadi, Chunki, gidrosistema tormozlanish uchun yetarli bosimni ta’minlab bera olmaydi. Тraktor poyezdlarini jamlaganda traktor bilan tirkamalar o‘z-o‘zidan ajralib ketishidan muhofazalovchi tros yoki zanjir bo‘lishi kerak.
Katta quvvatli traktorlarni (K-701, Т-150K, TL-100, MX-135 va h.k.) yuk tashishda qo‘llashda bir nechta tirkamani ulash keng qo‘llaniladi. Bunda traktor poyezdlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • tirkamalarning sonini traktorning tortish quvvati va yo‘l sharoitlariga qarab aniqlash kerak;

  • tirkamalarni o‘zaro ulash qurilmalari va traktorga ulanishi ishonchli bo‘lishi va ularda qo‘shimcha muhofaza troslari ham bo‘lishi kerak;

  • tormoz tizimlarini boshqarish va tirkamani ko‘tarish mexanizmlari traktorist-mashinistning kabinasidan boshqarilishi kerak;

  • transport vositasining elektr qismlari va yoritish asboblari soz holda bo‘lishi kerek;

  • transport vositasida birinchi yordam ko‘rsatish aptechkasi, suv idishi va o‘t o‘chirgich bo‘lishi kerak.

Qishloq va suv xo‘jaligida texnik vositalar bilan, texnik kamchiliklar natijasida, sodir bo‘layotgan avariya holatlarini bartaraf qilish, jarohatlanish va boshqa zararlanish holatlarining oldini olish maqsadida “Тraktorlar, o‘ziyurar shassilar, meliorativ yo‘l-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilingan [45].



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish