Yuklash-tushirish ishlari va ularni bajarishda ko‘riladigan xavfsizlik talablari
Yuklarni qo‘lda yuklash-tushirish va tashishda xavfsizlik talablari
Yuklarni tashish jarayonining tashkil qiluvchi elementlaridan biri yuklarni yuklash va tushirish ishlaridir. Bu ishlar iqtisodiyot obyektlaridagi eng og‘ir, xavfli va ko‘p hajmli ishlarga kiradi. Yuklash - tushirish ishlari qo‘lda va mexanizatsiyalashtirilgan holatda olib borilishi mumkin. Qo‘lda yuklash - tushirish ishlarini bajarish mehnat muhofazasi qoidalariga asosan bir qator chegaralanishlarga ega. Chegaralanishlar ishchining yoshi, jinsi, yukning xavflilik sinfiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda belgilanadi. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk me’yorlarining chegaralarini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009 yil 21 apreldagi 17/QQ, 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash to‘g‘risida”gi nizom aniqlab beradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan “Ishga
qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiya”ni hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiya”ni amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 207-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan [12].
Yuqorida keltirilgan nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarida qo‘llanilishi shart. Shuningdek, nizom talablari ta’lim tizimidagi uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda va ishlab chiqarish amaliyotida e’tiborga olinishi lozim.
Nizomga asosan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar uchun yuklarni ko‘tarishlari va tashishlari uchun ruxsat etiladigan me’yorlar quyidagicha:
o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganida, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish me’yorlarining chegarasi 7.1
– jadvalda keltirilgan.
o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kg dan og‘ir bo‘lmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.
o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, qo‘lda yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi: o‘g‘il bolalar uchun – 6,5 kg, qiz bolalar uchun – 3,5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.
o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.
7.1 – jadval
Ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi
Ko‘tarish va tashish turlari
|
Yuk normasining chegarasi
|
Ko‘tarish va tashish shartlari
|
o‘g‘il bolalar uchun
|
qizlar uchun
|
Qo‘lda
|
13 kg
|
gacha
|
7 kg gacha
|
qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori bo‘lmaganda ruxsat etiladi
|
Bir g‘ildirakli aravachada
|
39 kg
|
gacha
|
qizlarga ruxsat etilmaydi
|
qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori bo‘lmagan faqat taxtali yo‘lakda harakatlanishga ruxsat etiladi
|
Ikki g‘ildirakli aravachada
|
47 kg
|
gacha
|
qizlarga ruxsat etilmaydi
|
qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori bo‘lmagan tekis yo‘lda harakatlanishga ruxsat etiladi
|
qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori bo‘lmagan notekis yo‘lda va ko‘priklarda harakatlanishga ruxsat etiladi
|
Uch va to‘rt g‘ildirakli aravachada
|
67 kg
|
gacha
|
52 kg gacha
|
qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori bo‘lmagan tekis yo‘lda harakatlanishga ruxsat etiladi
|
Vagonetkalarda
|
405 kg
|
gacha
|
224 kg gacha
|
qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori bo‘lmagan temir yo‘llarda harakatlanishga ruxsat etiladi
|
o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.
barcha yuk me’yorlari yukning og‘irligi bilan birgalikda ularni ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan moslamalarning og‘irligini ham o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |