Siqilishga bog‘liq holatda havo temperaturasining oshishi
Bosim, MPa
|
0
|
0,1
|
0,2
|
0,3
|
0,4
|
0,5
|
1,0
|
2,0
|
5,0
|
Harorat, ° K
|
293
|
395
|
404
|
439
|
468
|
494
|
573
|
691
|
836
|
Ishlab chiqarishda keng ko‘lamda ishlatilayotgan qisilgan havo hosil qiluvchi kompressorlar va ularning tarmoqlari, shuningdek, qisilgan havoni to‘plovchi resiverlarni ishlatish amaliyotidan kelib chiqib, ulardagi portlash hodisalari, asosan, ularda havo bilan birga kompressor tizimiga kirib qoladigan va ma’lum qismlarda yig‘iladigan moysimon moddalar tufayli ro‘y beradi. Bu modda qotib qolgan quyqa sifatida yig‘ila boradi va vaqt o‘tishi bilan moy va uning parchalangan qismlarini o‘ziga to‘plab kattalashadi, keyin siqilgan havo o‘tishiga qarshilik qilishi natijasida qiziy boshlaydi va oxir-oqibat alangalanib ketib portlashga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosimdagi havo tarkibiga kirib qolgan neft mahsulotlari va moysimon moddalar va boshqa moylovchi suyuqliklar biron-bir uchqun ta’sirida yonib ketib portlashga sababchi bo‘ladi. Bunday moddalarning yonib ketishiga quyqa alangasi sababchi bo‘ladi.
Katta bosim ostidagi havoning yuqori harakat tezligiga ega bo‘lishi havo tarkibida yuqori kuchlanichdagi statik zaryadlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Ularning razryadlari esa havo tarkibidagi moy bug‘larining portlashi uchun yetarli omil hisoblanadi.
Kompressorlarning o‘zida portlash sodir bo‘lishining asosiy sabablaridan biri bosimning oshishi natijasida temperaturaning ko‘tarilishi va temperaturasi oshgan havoning porshen osti qismiga (kompressor karteriga) o‘tishidir. Karterga o‘tgan qizigan havo va kompress moyining bug‘lari aralashib portlovchi (yonib ketuvchi) aralashma hosil qiladi va yonib ketadi. Aralashma yonishi natijasida portlash yuz beradi. Shu sababli qisilgan gaz temperaturasi bilan moyning yonib ketish temperaturasi orasidagi farq 75 oC dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ko‘pincha portlashlar havo to‘plovchi idishlarda (resiverlarda) ham yuz beradi. Bunga asosiy sabab kompressorlarni moylashda ishlatiladigan moylovchi moddaning siqilgan havo tarkibiga kirib qolishidir. Kompressor qismlarini kerakidan ortiq moylash va moyga katta harorat va bosim ta’siri moyning siqilgan havo tarkibida ko‘payishiga olib keladi.
Siqilayotgan havo tarkibida ma’lum miqdordagi yonuvchi changlarning bo‘lishi ham portlovchi muhitni yanada xavfliroq holatga olib keladi. Masalan, havo tarkibidagi moysimon bug‘lar va changlar 6...11 foiz atrofida yig‘ilganda, 200 °C haroratda portlab ketishi mumkinligi kuzatilgan.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, kompressorlarda va resiverlarda portlash sodir bo‘lishining asosiy sabablarini quyidagicha jamlash mumkin:
kompressor yordamida siqilayotgan havo haroratining belgilangan me’yordan ortiq qizib ketishi;
siqilgan havo tarkibida ma’lum miqdordagi yonuvchi changlarning kirishi va to‘planishi;
kompressor yordamida resiverlarda to‘planayotgan siqilgan havo bosimi belgilangan me’yordan oshib ketishi;
moylovchi moddalarning kompressor qismlaridan havo tarkibiga o‘tib bug‘lanishi va portlab ketishi;
kompressor porshen devorlarining va boshqa havo yo‘llarining ortiq darajada qizib ketishi;
xavfsizlikni ta’minlash jihozlarining, saqlash qurilmalarining ishlamasligi va nosozligi.
Kompressor tizimlarida portlashning oldini olish maqsadida, yuqorida aytilgan sabablardan kelib chiqib, xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
kompressor tizimlarida hosil bo‘ladigan quyqa qatlamlarini o‘z vaqtida tozalab turish;
kompressor porshenlarida quyqa va qurum qatlamlari hosil bo‘lmasligini ta’minlash uchun, kompressor porshenlarini moylash maqsadida bosimga va yuqori haroratga chidamli maxsus moylardan foydalanish.
kompressorlarni suvli yoki havoli ishonchli sovitish tizimi bilan ta’minlash;
kompressor tizimi elektr xavfsizligini ta’minlash va statik zaryadlanishni bartaraf qilish maqsadida yerga ulashni bajarish.
Har olti oyda ishlatilayotgan kompressor tizimi elementlari ochib tozalanishi, quyqalar yo‘qotilishi, bosimli havo bilan purkab tozalanishi kerak. Тizimdagi saqlovchi qurilmalar olinib, texnik nazoratdan o‘tkazilishi va ishlashi ishonchliligi stendlarda tekshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |