Avtoklav uskunasi, asosan, temir-beton buyumlarni tez quritish uchun ishlatiladi. By uskunadan noto‘g‘ri foydalanganda quyidagi xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin: avtoklav qopqog‘ining yopilmay qolishi, avtoklavga bug‘ni bemahal berilishi, avtoklavda bosimning oshib ketishi natijasida portlash sodir bo‘lishi va h.k [34]. Bu kabi havfli holatlarni oldini olish uchun avtoklav uskunasida to‘siq vazifasini o‘taydigan avtomatik qulflash tizimi (blokirovka) o‘rnatiladi. Avtomatik qulflash tizimi, avtoklavni qopqog‘i yaxshi bekilmagan hollarda, unga bug‘ berilmasligini va aksincha kamerada bosim bo‘lganda qopqoqning ochilmasligini ta’minlaydi.
Quyidagi 6.12 – rasmda avtoklav qopqog‘ini ochish jarayonida xavfsizlikni ta’minlay oladigan avtomatik qulflash tizimi aks ettirilgan. Avtoklav (1) da bosimni nazorat qilib turish uchun manometrdan (3) foydalaniladi, muhofaza klapani (2) kameradagi ortiqcha bug‘ni chiqarib yuborish orqali bosimni pasaytirishga xizmat qiladi. Avtoklavda agar bosim mavjud bo‘lsa bu qurilma uning qopqog‘ini ochishga imkon bermaydi.
– rasm. Avtoklav qopqog‘ini ochish jarayonida xavfsizlikni ta’minlaydigan avtomatik qulflash tizimi (belgilanish tekstda).
Bu avtomatik qulflash qurilmasining ishlash uslubi quyidagicha: avtoklavdan kondensator (8) orqali bug‘ relega (7) o‘tadi va unda hosil bo‘lgan bosim tufayli membranani (5) egilishga majbur qiladi va natijada shtokni (6) harakatga keltiradi. U o‘z navbatida o‘chirgichga (4) borib tiraladi va elektromagnit qulfini (9) elektr zanjiridan uzadi. Bu holda elektromagnit qulfi zatvorni (10) bo‘shatib yuboradi va u o‘z navbatida prujinaning (11) ta’sirida fiksatorga (12) kirib boradi. Buning natijasida chig‘irni (14) harakatlantiruvchi dastakni (13) harakatlanmay qolishi sababli avtoklav qopqog‘ining (15) ochilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Avtoklavda ishlovchi ishchi qurilmani bug‘latish vaqtida avtoklav va uning qopqog‘ini nomeri yozilgan jetonni alohida shifr bilan qulflanadigan maxsus shkafda saqlaydi. Bug‘lash jarayoni tugagandan keyin bug‘latuvchi ishchi jetonlarni shkafidan olib, avtoklav qopqog‘ini ochish huquqiga ega bo‘lgan yuklovchi ishchiga beradi. Bu ishchi qopqog‘ni ochib, quritilgan buyumlarni kameradan oldiradi va yangisini joylagandan so‘ng qopqog‘ni bekitadi va jetonni bug‘latuvchi ishchiga tilxat orqali topshiradi. Ushbu tartibga doim rioya qilinsa xavfsizlik qoidalari buzilmaydi va baxtsiz hodisalarning oldini olish to‘la ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |