O‘zbekisтon respublikasi


Elektr qurilmalarini nollash



Download 6,58 Mb.
bet131/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Elektr qurilmalarini nollash


Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlari va qurilmalari iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan turmushda ham, juda keng miqyosda ishlatiladi.


Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarning ko‘pchiligi manba neytral nuqtasi yaxshilab yerga ulangan uchta fazali to‘rt simli tarmoqlarda ishlaydi (4.30 – rasm), generator yoki transformatorlarninig neytral nuqtasi yerga ulovchi qurilmalarga bevosita yoki kichik qarshilik (masalan, tok transformatori) orqali ulanadi. Тarmoqning to‘rtinchi simi transformatorning yerga ulangan neytral nuqtasiga tutashtirilgan, shuning uchun, uni nolinchi ishchi sim deyiladi. Nolinchi ishchi sim yordamida tarmoqqa bir fazada ishlaydigan iste’molchilar (masalan, yoritish yuklamasi) faza kuchlanishiga ulanadi.
Manba neytral nuqtasi yaxshilab yerga ulangan uchta fazali to‘rt simli tarmoqlarda himoya vositasi sifatida yerga ulashni qo‘llash samara bermaydi, Chunki, avariya holatida tegish kuchlanishi faza kuchlanishining yarmiga yoki undan ham katta miqdoriga teng bo‘lishi mumkin. Shu sababli bu tarmoqlarda avariya holatlarida ishlovchilarni tok ta’siridan himoya qilishning asosiy himoya vositasi sifatida nollash usuli ishlatiladi.




    1. – rasm. Elektr qurilmalarini himoyaviy nollash sxemasi:

KТ- uch fazali transformator; A, B, C - transformatorning past kuchlanishli tomoni fazalari; O’, O - mos ravishda, transformatorning yuqori va past kuchlanishli tomonlari neytral nuqtalari; N – tarmoqning nolinchi ishchi simi; QF1
- tarmoqning himoya – ajratkich uskunasi; QF2, QF3 - mos ravishda, ikkinchi va

uchinchi iste’molchilarning himoya – ajratkich uskunalari;
Rer.u.O

  • transformator

neytral nuqtasining yerga ulash qurilmasi qarshiligi;
Rer.u.t

  • nolinchi himoya

simining takroriy yerga ulash qurilmasi qarshiligi;
Rer.u.h
- uchinchi

iste’molchining himoyaviy yerga ulash qurilmasi qarshiligi; 1- bitta fazada ishlovchi iste’molchi; 2 va 3 - uchta fazada ishlovchi iste’molchilar; 4 - eruvchi saqlagich; 5 - ajratgich; 6 - fazaga ulash o‘tkazgichi; 7- nolinchi ishchi simga ulash o‘tkazgichi; 8- nolinchi himoya simga ulash o‘kazgichi; 9, 10 - mos ravishda, ikkinchi va uchinchi iste’molchilarni tarmoqning nolinchi himoya simiga ulash o‘tkazgichlari; 11-transformator qobig`ini nolinchi himoya simiga ulash o‘tkazgichi; 12-himoya-ajratgich uskunalari qobig`ini nolinchi himoya simiga ulash o‘tkazgichlari.

Elektr qurilmalarni yerga ulash esa qo‘shimcha vosita sifatida (tegish kuchlanishini kamaytirish uchun) qo‘llaniladi.


Ishchi holatda elektr qurilmalarining kuchlanish ostida bo‘lmaydigan metall qismlarini (qobiqlarini) transformator yoki generatorning yerga ulangan neytral nuqtasiga o‘tkazgich yordamida ulashga nollash deb ataladi.
Nollovchi sim sifatida, birinchi navbatda, (GOSТ 12.1.030-92 ga asosan) tarmoqning nolinchi ishchi simi qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. Nolinchi ishchi simga

o‘tkazgichlar vositasida tarmoqdagi elektr qurilmalarining qobiqlari ulanadi (4.30
– rasm. 8, 9, 10, 11). Elektr xavfsizlik talablariga asosan nolinchi ishchi sim tarmoq oxirida va o‘rtalarida (tarmoq uzunligiga bog‘liq ravishda har 250 metrdan) takroriy ravishda yerga ulanishi kerak. Тakroriy yerga ulashlar nolinchi sim uzilganda yerga nisbatan qurilma qobig`idagi elektr potensialini kamaytirish uchun qilinadi [35, 44].
Nollashning himoya qilish mohiyati quyidagiga asoslangan: faza simi izolatsiyasi buzilib elektr qurilmasi qobig`iga tegishi natijasida bir fazali qisqa tutashuv hosil bo‘ladi, buning natijasida yuzaga kelgan “faza -nol sirtmog‘i” orqali, qarshiligi nisbatan juda kichik bo‘lganligi sababli, katta miqdorda qisqa tutashuv toki oqadi, bu tok himoya-ajratkich uskunasi orqali o‘tib uni o‘chiradi yoki kuydiradi, natijada izolatsiyasi buzilgan elektr qurilmasi tarmoqdan ajraladi. Buning natijasida elektr qurilmasi qobig`iga tegib turgan ishlovchilar ham kuchlanish ta’siridan ajraladi.
Elektr xavfsizligi nuqtayi nazaridan himoya-ajratkich uskunasining qisqa tutashuv toki ta’siri ostida ajratish vaqti me’yorlanadi (4.2 – jadvalga qarang). Jadvalda tokning odamga ta’sir qilish vaqtiga qo‘yilgan me’yorlar keltirilgan. Nollash tizimidagi himoya-ajratkich uskunasining qisqa tutashuv toki ta’siri ostida ajratish vaqti shu jadvalda keltirilgan me’yorlardan oshmasligi kerak, aks holda ishlovchilar elektr toki ta’siri xavfi ostida qolishadi.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish