Anterogradli amneziya. Anterogradli amneziya deb yangi axborotni o‗zlashtirish qobiliyati yo‗qligiga (ya‘ni axborotni o‗zida saqlash va kerak bo‗lganda etkazib berish) aytiladi. Klinikada
bunday xolatni amnestik sindrom yoki Korsakov sindromi deb ataladi. Bunday bemorlarda (asosan surunkali alkogolizm bilan azob chekayotganlarda) ikkilamchi va uchlamchi xotiralar deyarli o‗zgarmaydi va birlamchi xotira faoliyati xam o‗zgarmaydi. Ammo, birlamchi xotiradan ikkilamchi xotiraga axborotlarni uzatilishi yo‗qoladi. Anterogradli amneziya ko‗pincha gippokamp va unga bog‗liq xosilalarni olib tashlanganda yoki ikki tomonlama jaroxatlanganda kuzatiladi. Demak, bu xosilalar axborotni birlamchi xotiradan ikkilamchi xotiraga uzatilishi va perekodlanishida asosiy rolni o‗ynaydi. CHunki bu jarayonlar axborotni doimiy saqlash uchun qabul qilishga bog‗liq bo‗lgani uchun, bu jarayonda gippokamp va limbik tizimni boshqa bo‗limlari ishtrok qiladi deb taxmin qilish mumkin.
Retrogradli amneziya deb miyani jaroxatlanish momentidan oldin to‗plangan xotiralarni chiqarib olish qobiliyatini yo‗qotilishiga aytiladi. Retrogradli amneziyani kelib chiqishiga miyani chayqalishi, insult, elektr shoki (baxsiz voqea sababli xosil bo‗lgan, yoki davolash maqsadida kelib chiqqan) va narkozlar sabab bo‗lishi mumkin. Bu sanab o‗tilgan xolatlar miya faoliyatini umumiy buzilishiga olib keladi, va shu sababli retrogradli amneziya asosini qanday konkret strukturaviy va funksional o‗zgarishlar tashkil qilishi shu vaqtgacha ma‘lum emas.
Xar qalay, retrogradli amneziyaga olib keladigan xar qanday sabab birlamchi xotirani butunlay yo‗qqa chiqaradi. Amneziyadan keyin birinchi vaqtlarda ikkilamchi xotirada saqlanayotgan xotiralar ozmi yoki ko‗proq darajada bo‗lib o‗tan voqealar esdan chiqadi. Amneziya og‗ir bo‗lganda avvalari bo‗lib o‗tgan voqealar xam esdan chiqadi. Ammo, keyinchalik amneziya bo‗lgunga qadar bo‗lib o‗tgan voqealar asta-sekin qisman, ayrim xollarda to‗loiq qayta tiklanadi. Undan tashqari maxsus usullarni (masalan, gipnoz) qo‗llash orqali avval bo‗lib o‗tgan voqealarni esga tushirish mumkin. Demak, retrogradli amneziya faqatgina xotiradagi ma‘lumotlar yo‗qotilishi bilangina emas, balki ikkilamchi xotiradan axborotlarni chiqarib olishda xam qiyinchilik bo‗ladi. SHuni ta‘kidlash lozimki, uchlamchi xotira odatda eng og‗ir retrogradli amneziyada xam xech qanday salbiy o‗zgarishlarga uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |