Odam fiziologiyasi fani (predmeti) vazifalari. Odam fiziologiyasi fani biologik fanlar turkumiga kiruvchi eng muxim, mustaqil ta'lim yo`nalishlaridan biri bo`lib, u tirik organizmning, undagi organlar, to`qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalarini, ya'ni ularning xayot faoliyati jarayonlarini o`rganadi.
Fiziologik funksiyalar (faoliyat) deyilganda organizmda boradigan biror bir natija olishga qaratilgan xayotiy faoliyati tushuniladi. Shunday ekan, tirik organizmda uzluksiz kechib turadigin FUNKSIYA - fiziologiya fanining predmetidir, o`rganish ob'yekti esa, xayotiy jarayonlar kechib turgan, amalda o`z faoliyat - funksilarini bajarib turgan tirik organizmdir.
Fiziologiya so`zi - yunoncha bo`lib, tabiat ma'nosini bildiradi. Shu tufayli XVI asrdan boshlab, bu atama jonivor va o`simlik dunyosini o`rganuvchi fan nomi sifatida ishlatib kelingan. Keyinchalik, ilmiy ma'lumotlar ko`payishi tufayli, tabiat bir muncha mustaqil fanlarga - botaniqa, zoologiya, anatomiya va boshqa fanlarga bo`lindi. Shundan keyin fiziologiya uzoq vaqt davomida anatomiya fanining bir qismi bo`lib keldi.
Anatomiya butun organizm tuzilishini, organlar (a'zolar) qismlarini, shakli va strukturalarini o`rganadigan fandir. U xolda anatomiyaning o`rganish ob'yekti sifatida o`lik organizm olinishi mumkin. Shu bois XIX asrga kelib, fiziologiya - organizm funksiyasini tirik organizm sharoitida o`rganishi sababli u anatomiyadan aloxida fan sifatida ajralib chiqdi. Ana shu davrdan boshlab, fiziologiya tirik organizm funksiyalarini o`rganishda juda ko`p yangiliklar kashf etdi, ulkan yutuqlarga erishdi, hozirgi kunda ko`p tarmoqli yirik fanga aylandi.
Fiziologiya - funksiyalarini xar tomonlama chuqur tushunish uchun ularning xamma xossalarini, ko`rinishlarini, o`zaro munosabatlarini organizmni turli xolatlarida va tashqi muxitning turli sharoitda aniqlashga intiladi. Fiziologiya – funksional fa'oliyatini turda individda rivojlanishini, ularning doimo o`zgaruvchi tashqi muxit sharoitiga moslashishini o`rganadi. Funksiyalarni chuqur o`rganish va shu tariqa, faol ta'sir qilib ularni xoxlagan tomonga yo`naltirish fiziologiyaning oldiga qo`ygan asosiy vazifalaridan biridir.
Hozirgi kunda fiziologiya umumiy solishtirma va maxsus (yoki xususiy) qismlarga ajraladi. Xayvonlar fiziologiyasi esa ko`pincha maxsus bo`lgan, bir – biri bilan o`zaro jips bog`langan yana bir qancha fanlarga bo`linadi.
Umumiy fiziologiya muxit ta'siriga tirik materiya javob berishning umumiy qonuniyatlarini, xar bir organizmga xos bo`lgan asosiy xayotiy jarayonlarni (prosesslarni) o`rganadi, tirik tabiatni o`lik tabiatdan farqlovchi sifat jixatidan o`ziga xos hodisalarni tekshiradi. Hujayra fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning bo`limlaridan biridir.
Xar xil turlarga mansub organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida to`rgan bir turga mansub bo`lgan organizmlar funksiyasining o`ziga xosligini esa solishtirma fiziologiya tekshiradi. Bizning davrimizda evolyusion fiziologiyaga aylanib borayotgan solishtirma fiziologiyaning maqsadi funksiyalarning tur va individda rivojlanishi qonuniyatlarini o`rganishdir.
Barcha fiziologik materiallarni umumlashtiruvchi fanlar - umumiy fiziologiya va evolyusion fiziologiyadan tashqari, fiziologiyaning maxsus (yoki xususiy) bo`limlari xam bor. Bularga xayvonlarning ayrim sinf va guruxlari (masalan, qishloq xo`jalik xayvonlar, qushlar, xashorotlar) fiziologiyasi, yoki ayrim turlar (masalan, qo`y, sigir va x.k.) fiziologiyasi, ayrim organlar (masalan, jigar, buyrak, yurak), to`qimalar (masalan, nerv yoki muskul to`qimasi) fiziologiyasi kiradi. Ko`pincha fiziologiyaning ayrim funksiyalarni, o`rganuvchi qismlarini, masalan qon aylanishi, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqalarni fiziologiya fanining maxsus bo`limlari deb aytiladi. Demak tirik mavjudodlarning xar xil guruxlari qancha bo`lsa, turli organ va turkumlar qancha bo`lsa, xullas tirik organizm faoliyatining turlari nechta bo`lsa, fiziologiyaning maxsus (yoki xususiy) bo`limlari o`shanchadir. Yosh fiziologiyasini, sport fiziologiyasi, mexnat fiziologiyasi, kosmonavtlar fiziologiyasi kabilar xam xususiy fiziologiya tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |