Tush ko„rish
Tush ko‗rish tez uyqu paytida, ya‘ni uyqu holati miyani butunlay qamrab olmagan paytda sodir bo‗ladi. Qo‗zg‗alish holati hali so‗nmagan po‗stlog‗dagi «orolchalar» tashqi va ichki ta‘sirlarni sezadi, ularda oldingi ta‘sirlarning izlari jonlanadi va ular turli ko‗rinishlarda kombinatsiya bo‗lishi mumkin. SHuning uchun, tush ko‗rish paytidagi obrazlar ko‗pchilik holatlarda tartibsiz va real xarakterga ega emas, ular bo‗rttirilgan va fantastik ko‗rinishda bo‗ladi.
Tush ko‗rishni mazmunini belgilashda bosh rolni sensorli qo‗zg‗atgichlar o‗ynashi mumkin. Agar odam sovuq xonada uxlayotgan bo‗lsa va chuqur uyquga ketmasdan turib ustiga yopilgan ko‗rpasini surib yuborsa, ochiq qolgan oyoqlari sovuq qo‗zg‗atgichning manbai bo‗lishi mumkin va bu qo‗zg‗atgich boshqa qo‗zg‗atgichlar bilan turli kombinatsiyaga kirib, oldingi his-tuyg‗ular izi bo‗lishi, masalan, u sovuq erda turgani yoki sovuq suvni kechib yurgani to‗g‗risida tush ko‗rishi mumkin.
Tush ko‗rish asosan ko‗rish a‘zolari faoliyati bilan bog‗liq, chunki impulslar Varoliev ko‗prigidan ko‗rish analizatorlarining po‗stloqosti va po‗stloq strukturalariga kelib tushadi. Po‗stloqda ular, retseptorlardan kelayotgan impulslar ishtirokida ilgari shakllangan shartli aloqalar va u erda saqlanadigan aloqalarni qo‗zg‗atadi.
Tush ko‗rish bo‗yicha o‗tkazilgan tadqiqotlarga ko‗ra, ular oliy asab tizimining tartibsiz, bo‗rttirilgan faoliyati bo‗lib, miya mexanizmlari ishini bedorlik rejimidan uyqu rejimiga qayta o‗tkazishi oqibatida vujudga keladi. Hayvonlarda ham tush ko‗rish holati mavjud deb aytishga barcha asoslar bor.
Bo‗lib o‗tgan voqealar va hodisalarning markaziy asab tizimida tiklanishi har xil tavsifga ega bo‗lishi mumkin. Ba‘zan tushda bo‗lib o‗tgan voqea va hodisalarning vaqtdagi va fazodagi tartibi saqlanib qoladi. Ko‗pincha tushda ancha avval sodir bo‗lgan voqea va hodisalar kechagi va bugungi voqea va hodisalarga aralashib ketadi. Tushda tabiatda uchramaydigan hayvon qiyofasini, umuman ko‗rmagan odamni yoki boshdan o‗tmagan voqea va hodisalarni ham ko‗rish mumkin, degan fikrlar ham mavjud. Sinchiklab tekshirilsa bu fikrning haqiqatdan uzoqligi ma‘lum bo‗ladi, ya‘ni tushda ko‗rilgan antiqa hayvon yoki notanish odam to‗g‗risida kim bilandir gaplashilgani, qaerdadir o‗qilgani yoki bo‗lmagan hodisani odam hayolidan o‗tkazgani ma‘lum bo‗ladi.
SHunday qilib, uyqu faoliyatsiz holat bo‗lmasdan balki organizmning faol holati bo‗lib, u davom etayotgan vaqtda, bedorlik holatiga xos qo‗zg‗alish va tormozlanishning o‗zaro hamkorligini boshqa rejimga o‗tishi sodir bo‗ladi. Uyqu elektroensefalogramma to‗lqinlarining chastotasi va amplitudasi bo‗yicha aniqlanadigan davrlarga ega. Tez uyqu ko‗zning harakatlanishlari, elektroensefalo-gramma sinxronligining buzilishi, barcha mushaklar tonusini tushib ketishi va tush
ko‗rishning ro‗y berishi bilan tavsiflanadi. Uyquning asosiy mexanizmlari neyrogumoral mexanizmlar bo‗lib, bunda asab tizimi etakchi mohiyatga ega. Bunda po‗stlog‗ va po‗stlog‗osti qismlarining hamkorlikdagi harakatlari uyqu va bedorlik holatlarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |