O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet111/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Fibroz parda o‘z navbatida orqa tomondan joylashgan oqsilli pardadan yoki skleradan va old tomonda joylashgan, shox pardadan iborat. Sklera yoki oqsilli parda ok rangda bo‘lib, qalinligi0.3 - 0.4 mm teng, zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Sklerani orqa tomonini g‘alvirsimon plastina chegaralaydi va undan ko‘rish nervining tolalari o‘tadi. Skleraning ichida bir biri tutashgan bo‘shliqlar sklerani venoz kavagini (SHlemm kanali) xosil qiladi.

Fibroz pardaning tinik, nurni o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan qismiga shox parda deyiladi. SHox pardani shakli soat oynasiga o‘xshash bo‘lib, qalinligi markazda 1-1.1 mm, chetda esa - 0.8 -09 mm. teng. SHox parda 5 qavatdan tashkil topgan: oldingi epiteliy, oldingi chegarali plastinka, xususiy modda, orqadagi chegarali plastinka va orqadagi epiteliy. Oldingi epiteliy - ko‘p qavatli yassi, muguzlanmaydigan, doim ko‘z yosh suyuqligi bilan namlangan. Bu qavat nixoyatda nerv oxirlariga boy bo‘ladi. Oldingi chegarali plastinka bir biri bilan tutashgan kollagen tolalardan tuzilgan. Xususiy modda nozik biriktiruvchi to‘qimali plastinkalardan iborat bo‘lib, bularning orasida yassilashgan fibroblastlar uchraydi. Orqadagi chegarali plastinka kollagen tolalardan tuzilgan. Orqadagi epiteliy - bir qavat ko‘p burchakli shakldagi xujayrlardan tuzilgan. SHox pardada qon tomirlar bo‘lmaydi, uni oziklanishi diffuziya yo‘li bilan limb tomirlari orqali va ko‘zning oldingi kamera suyuqligi xisobidan ro‘y beradi.

      1. Tomirli parda fibroz pardaga nisbatan ichkarida joylashgan bo‘lib, tarkibi ko‘p miqdorda qon tomirlar va pigment xujayralardan iborat. Tomirli parda tarkibiy qismlarining akkomadatsiya funktsiyasi bajarilishi tufayli gavxarni yuza qiyshiqligi, korachig xajmi uzarib turadi. Akkomadatsiya deb, turli uzoqlikda joylashgan jismlarni aniq ko‘rish qobiliyatiga aytiladi. Tomirli parda to‘r pardaning old tomonida joylashib, ko‘zning retseptor apparatining oziklanishini ta‘minlaydi. Tomirli parda 3 qismdan iborat: orqa tomonda joylashgan xususiy tomirli qismidan, kiprikli tanadan va rangdor pardadan iborat..

  1. Xususiy tomirli parda - tomirli pardaning katta qismini egallab, qalinligi 0.1-0.2 mm teng. Uni negizi tomirli plastinkadan iborat bo‘lib, tarkibida bir biri bilan tutashib ketgan qon tomirlar va orasida pigmentli xujayralariga boy bo‘lgan siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima joylashgan.Tomirli parda bilan sklera orasida bir qancha bo‘shliqlar tomir oldi bo‘shlig‘inini xosil qiladi. Old tomondan xususiy tomirli parda xalqa shaklidagi kiprikli tanaga o‘tadi.

  2. Kiprikli yoki tsiliar tana - tomirli pardaning qalinlashgan o‘rta qismi xisoblanadi. Kiprikli tana ikki qismdan iborat: mezenximadan rivojlangan muskul-biriktiruvchi to‘qimali va to‘r pardadan rivojlangan epiteliy-neyroglial qismlaridan. TSiliar tanini negizini kiprikli muskul tashkil etadi. Kiprikli muskulning tutamlari - aylanma, radial va meridional yo‘nalishda joylashgan. Kiprikli muskulning qisqarishi tsin boylamini bo‘shashtiradi. Natijada, gavxar yumaloqlashadi va nurni sindirish kuchi oshadi. Kiprikli tana yuzasilan radial yo‘nalishda 70 - 80 ga yaqin o‘simtalar chiqadi. O‘simtalar ustidan tashqi va ichki qavatlarni xosil qiluvchi epiteliy bilan qoplangan. O‘simtalarning tashqi qavati ko‘z to‘r pardasining pigmentli qavatining davomidir. boshlanadi. Ko‘z gavxari kipriksimon muskullar yordamida ikki yon tomondan tomirli pardaga tortilib turadi.

V) Rangdor parda tomirli pardaning old qismi xisoblanib, gavxarning oldida joylashgan. Rangdor pardaning markazida yumaloq disk shaklida teshigi bor. Bu teshik ko‘z korachigini xosil qiladi. Korachigni xajmi doim o‘zgarib turishi, rangdor pardani diafragma kabi vazifani bajarishi - korachigdan utaetgan nur okimining miqdorini idora etishi bilan bog‘liq. Rangdor pardada mioneyral to‘qimadan korachigni toraytiruvchi va kengaytiruvchi muskullar joylashgan. rangdor pardada oldingi epiteliy, va pigmentli xujayralardan tuzilgan tashqi chegarali qavat farqlanadi. Ana shu qavatning pigmentini miqdoriga qarab kora, zangori yoki pigmenti butunlay bo‘lmasa qizil rangdor parda nomoen bo‘ladi.


      1. Download 2,87 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish