Ko‟zning yordamchi apparatlari
Ko‘zning yordamchi apparatlariga ko‘z soqqasini xarakatlantiruvchi muskullar, ko‘z qovoqlari, ko‘z yosh bezi va qon‘yuktiva kiradi. Odamda ko‘z muskullari tuzilishi jixatdan ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qimadan iborat bo‘lib, ko‘z soqqasini xarakatga keltirish funktsiyasini bajaradi. Ko‘zni xarakatga keltiruvchi muskullar oltita bo‘lib, bular 4 to‘g‘ri, 2 qiyshiq muskuldan iborat. Bulardan deyarli xammasi (ostki qiyshiq muskuldan tashqari) ko‘z kosasi tubidan, ko‘ruv nervi bilan ko‘z arteriyasini o‘rab turuvchi payli xalqadan boshlanib, ko‘z soqqasini turli joylariga birikadi. Ostki qiyshiq muskul ko‘z soqqasini quyi devoridan, burun - ko‘z yoshi kanali teshigi yonidan boshlanadi. Barcha to‘g‘ri muskullar skleraga, ko‘z soqqasi ekvatorining old tomondagi turli soxalariga birikadi. Ko‟zning ostki to‟g‟ri muskuli ko‘rish teshigining xalqali payli xalqaning ostki chetidan boshlanib, ko‘z soqqasi ekvatorining ostki chetiga birikadi. Ko‟zning medial to‟g‟ri muskuli ko‘z kosasining ichidan, ko‘z kosasi ekvatorining medial chetiga birikadi
Ko‟zning lateral to‟g‟ri muskuli ko‘z kosasi tubidan boshlanib, ko‘z soqqasi ekvatorining lateral chetiga birikadi.
Ko‘z soqqasining to‘g‘ri muskullari qisqarishi natijasida uzini nomiga muvofiq yo‘nalishda ko‘z soqqasi va korachikni tortadi. Ko‘zning qiyshiq muskullari ko‘z soqqasini sagittal o‘q atrofida xarakatga keltiradi: ustkisi ko‘z soqqasini va ko‘z korachigini pastga va tashqariga, ostkisi esa ko‘z korachigini yuqoriga va tashqari tomon tortadi.
Qovoqlar ko‘z olmasini old tomondan ximoyalaydi Ustki va pastki qovoqlar teri burmalari bo‘lib, ko‘z yorig‘ini pardaga o‘xshash ochilib yopilishini ta‘minlaydi. Ustki va ostki qovoqlar ikki yon tomonida medial va lateral bitishmalar orqali tutashadi. Bitishmalarni birikish joyilarida, ikki chetida - o‘tkir lateral burchak va dumoklashgan medial burchak xosil bo‘ladi. Medial burchakda ko‘z yoshi kuli joylashgan, uning tubida yarimoyli parda - kushlardan qolgan uchinchi qovoqning rudimentar koldigini ko‘rish mumkin. Ustki qovoq o‘tkir ko‘z usti qirrasidan peshanaga o‘tish joyida qosh ravog‘i xosil bo‘ladi. Ko‘z ochishda ostki qovoq uz og‘irligi tufayli bir oz pastga tortiladi. Ustki qovoq ostkisiga qaraganda ancha katta bo‘lib, qoshlar ostidan boshlanib, o‘nga ustki
qovoqni ko‘taruvchi muskul keladi. Bu muskul to‘g‘ri muskullar bilan birga payli xalqadan boshlanib, qovoqni ustki tog‘ayiga birikadi. Aslida qovoq tog‘ayi tayanch vazifasini bajaradigan pishiq biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan plastinkadir. Qovoqlarning old tomoniga yaqin ko‘zning doiraviy muskuli joylashgan.
Ko‘z yoshi apparati tarkibiga ko‘z yoshi bezi va ko‘z yoshi yo‘llari kiradi. Ko‘z yoshi bezlari alveolyar-naysimon seroz bezlari bo‘lib, peshana suyagining ko‘z yoshi chuqurchasida, ko‘z soqqasining ustki lateral qismida joylashgan. Ko‘z yoshi zaif ishqoriy muxitga ega bo‘lib, asosan suv va unda erigan 1,5% NaCI, 0,5% albumin va shilliq moddalar tarkibini tashkil etadi. Bundan tashqari ko‘z yoshi tarkibiga bakteritsid xususiyatlarga ega bo‘lgan lizotsim moddasi bo‘ladi. 5-12 gacha chiqaruv naychalari qon‘yuktivani yuqorigi kubbasiga ochiladi. Ko‘zning medial chetida ko‘z yoshi kuli atrofida ustki va ostki ko‘z yoshi so‘rg‘ichlari joylashgan bo‘lib, uchlarida teshiklari yoki ko‘z yoshi nuqtasi aniqlanadi. Bu nuqtadan uzunligi 1sm teng tor ko‘z yoshi kanali boshlanadi. Ustki va ostki ko‘z yoshi kanalchalari ko‘z yoshi qopchasiga ochiladi. Uning berk uchi yuqoriga qaratilgan, tubi esa burun-ko‘z yoshi yo‘liga ochiladi. Ko‘zning doiraviy muskulning ko‘z yoshi qismi ko‘z yoshi qopi devori bilan bitishib ketgan, uning qisqarishi tufayli ko‘z yoshi qopi kengayadi va ko‘z yoshi naylaridan ko‘z yoshi qop ichiga so‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |