O‘zbekiston respublikasi


Boshqaruv qarorlarining tasnifi



Download 1,08 Mb.
bet98/127
Sana05.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#742054
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019

Boshqaruv qarorlarining tasnifi


Boshqaruv qarorlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham mavjud:

  • qaror natijalarining amal qilish muddatiga qarab: uzoq, o‘rta va qisqa muddatli qarorlar;

  • qabul qilishning takroriyligiga qarab: bir martalik (tasodifiy) va takrorlanuvchi qarorlar;

  • qamrov darajasiga qarab: umumiy (barcha xodimlarga tegishli) va maxsus (muayyan sohaga tegishli) qarorlar;

  • tayyorlash shakliga qarab: yakkaboshchilik qarorlari, gruppaviy va jamoaviy qarorlar;

  • murakkablik darajasiga qarab: sodda va murakkab qarorlar;

  • tartibga solish xususiyatiga qarab: konturli, strukturalashtirilgan va algoritmik qarorlar. Konturli qarorlar qo‘l ostidagi xodimlarning ish sxemasini taxminiy belgilaydi va qarorlarni amalga oshirish usullari va uslublari tanlashda ularga erkinlik beradi. Strukturalashtirilgan qarorlar qo‘l ostidagi xodimlarning qat’iy tartibga solingan harakatlarini nazarda tutadi. Ular faqat ikkinchi darajali masalalarni hal qilishda tashabbus ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. Algoritmik qarorlar qo‘l ostidagi xodimlar faoliyatini o‘ta qat’iy tartibga soladi va ular tomonidan tashabbus ko‘rsatilishini deyarli istisno etadi.

M.Meskon, M.Albert va F.Xedouri taklif qilgan boshqaruv qarorlari tasnifi ham diqqatga sazovordir. Ular tashkiliy, intuitiv va oqilona qarorlarni ajratadilar. Tashkiliy qaror deganda rahbar o‘zi egallagan lavozim bilan belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun tanlashi lozim bo‘lgan qaror tushuniladi. Tashkiliy qarorning maqsadi – mehmonxona oldiga qo‘yilgan vazifalar sari harakat.
Tashkiliy qarorlar dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan bo‘ladi. Dasturlashtirilgan qarorda muqobil variantlar soni cheklangan bo‘lib, mehmonxona belgilagan yo‘nalishlar doirasida ulardan eng ma’qulini tanlash talab etiladi. Dasturlashtirilmagan qarorlar yangi vaziyatlarda qabul qilinadi. Ular ichdan strukturalashtirilmagan yoki noma’lum omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mehmonxona maqsadini tanlash, mahsulotni yaxshilash, tuzilmani takomillashtirish bilan bog‘liq qarorlar shular jumlasidandir.
Mohiyat e’tibori bilan, tashkiliy qarorlar qabul qilish jarayoni mehmonxonani boshqarish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq.
Intuitiv qarorlarni menejer intuitiv tarzda qabul qiladi. Bunday qarorlar qabul qilishga odatda boshqaruv tajribasi katta menejerlar moyildirlar.
Mehmonxona kompleksiga tatbiqan boshqaruv qarorlarini tasniflashning quyidagi mezonlarini qayd etish mumkin:

  1. strukturalashtirilganlik darajasiga qarab (dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan qarorlar);

  2. mazmuniga qarab (yuridik, iqtisodiy, texnik va b.);

  3. qaror qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab (gruppaviy va individual);

  4. boshqarish darajasiga qarab (oliy, o‘rta, quyi);

  5. maqsadlar miqdoriga qarab (bir maqsadli va ko‘p maqsadli).


    1. Download 1,08 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish