Qarorlar qabul qilishda ierarxiya qarorlar qabul qilish vakolatini boshqaruvning zarur axborot koproq bolgan va qabul qilingan qarorni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadigan darajasiga otkazish. Bu holda turdosh darajalarning xodimlari qabul qilingan qarorning ijrochilari hisoblanadi.
Funksiyalararo maqsadli guruhlardan foydalanish. Mazkur guruhlarning azolari
mehmonxonaning turli bolimlari va darajalaridan tanlab olinadi.
Togridan-togri (bevosita) gorizontal aloqalardan foydalanish. Bu holda (ayniqsa, qaror qabul qilishning dastlabki bosqichida) axborot yigish va unga ishlov berish yuqori rahbariyatga murojaat etmasdan amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv qarorlarni nisbatan qisqa muddatda qabul qilish va ularning bajarilishi uchun javobgarlikni oshirish imkonini beradi.
Rahbarlikni markazlashtirish. Qaror qabul qilish jarayoni bir (umumiy) rahbarning qolida jamlanadi. Bu holda qarorlar qabul qilishda ierarxiya vujudga
keladi, yani har bir quyi rahbar oz muammolarini eng yuqori darajadagi rahbar bilan emas, balki ozining bevosita rahbari bilan birga hal qiladi (qarorlar qabul qiladi).
Qabul qilingan qaror hal qilinayotgan muammo va mehmonxona maqsadlaridan kelib chiqadigan talablarga javob berishi, yani:
oqilona;
tejamli;
asoslangan;
real;
oz vaqtida qabul qilingan bolishi lozim.
Qarorlarning oqilonaligini taminlashda qabul qilingan qarorlarni ijrochilarga etkazish uslublari alohida rol oynaydi. Qarorlarni ijrochilarga etkazish odatda gruppaviy va individual topshiriqlarni ajratish va ijrochilarni tanlashdan boshlanadi. Natijada, har bir xodim ozining bevosita xizmat majburiyatlariga qarab muayyan topshiriq oladi. Ijrochilarga topshiriqlar bera olish qabul qilingan qarorning samaradorligini taminlashning bosh manbaidir. Shu munosabat bilan qarorlar bajarilmasligining tort asosiy sababi farqlanadi:
qarorni menejer yetarli darajada aniq tariflamagan;
qaror aniq tariflangan, biroq ijrochi uni yaxshi tushunmagan;
qaror aniq tariflangan va ijrochi uni yaxshi tushungan, biroq u mazkur
qarorni bajarish uchun zarur shart-sharoit va vositalarga ega bolmagan;
qaror aniq tariflangan, ijrochi uni yaxshi tushungan va bajarish uchun barcha zarur vositalarga ega bolgan, biroq u qarorning menejer taklif qilgan variantiga ichdan rozi bolmagan. Ayni holda ijrochi mazkur muammoni hal qilishning oz, uning nazarida yanada oqilona yechimiga ega bolishi mumkin.
Ijrochilarga topshiriqlar berish ishining asosiy mazmuni ongda boshqaruv qarorini bajarish boyicha bolgusi faoliyatning muayyan obrazi (texnologiyasi)ni gavdalantirishdan iborat. Ijrochi topshiriqni olganidan va uni idrok etganidan keyin unda mazkur ish haqida dastlabki tasavvur paydo boladi. Shundan song, goya
(topshiriq modeli) aniqlanadi, ichki va tashqi muhitning amaldagi va obyektiv sharoitlariga moslashtirish yoli bilan boyitiladi.
Shu asosda qarorni bajarish texnologiyasi (ijrochining menejer topshirigini bajarish boyicha faoliyatining ideal modeli) ishlab chiqiladi. Ijrochi faoliyatining modeli menejerning dastlabki goyasiga muvofiq bolishi uchun unga (modelga) bir qancha talablar qoyiladi:
modelning mukammaligi;
dastlabki goyaning modelda aks etish darajasi;
stressga chidamliligi va mustahkamligi;
modelning moslashuvchanligi;
muvofiqlashtirilganligi;
motivlashtirilganligi.
Qaror modelining mukammalligi uning, bir tomondan, rahbar goyasiga, uning qaroriga va qoygan vazifalariga, ikkinchi tomondan esa ijrochilik faoliyatining mazmuni, tuzilishi va shartlariga muvofiqligini tavsiflaydi. Ijrochiga ishga kirishishdan oldin bolgusi faoliyatning barcha jihatlarini tasavvur qilish imkonini beruvchi model mukammal modelning ideal variantidir.
Dastlabki goyaning modelda aks etish darajasi operativ modelni _oucherlgusi faoliyatning butun dinamikasi mujassamlashganligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi.
Modelning stressga chidamliligi va mustahkamligi ijrochining oz ongida shakllangan harakatlar rejasini har qanday murakkab sharoitda aniq bajarishga qodirligini nazarda tutadi.
Modelning moslashuvchanligi bu mezon bir qarashda yuqorida keltirilgan mezonlarga zid tuyuladi. Bu modelning barqarorligi (turgunligi) va moslashuvchanligining oqilona nisbatini tanlashni taqozo etadi.
Qaror modelining muvofiqlashtirilganligi shu bilan bogliqki, ijrochi kopincha ishning oz bosqichini yolgiz bajaradi, shu bois uning harakatlari vazifalar, vaqt va joyga kora boshqa ijrochilarning vazifalari bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
Qaror modelini motivlashtirish. Malumki, qarorni tushunish va uning ideal modelini ozlashtirish ijrochilarning bor imkoniyatlari lozim darajada safarbar etilishini doim ham taminlayvermaydi, shu bois ularning faoliyatini motivlashtirish talab etiladi. Topshiriqlarni bajarishda ijrochilarni faollik korsatishga davat etuvchi motivlarga tasir korsatish rahbariyat tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarishga mehnat jamoasini safarbar etishning bosh mazmunidir.