Bog'liq Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019
Boshqaruv samaradorligiga tasir etuvchi omillar
Iqtisodiy samarani miqdoriy ifodalash uni pul bilan baholash mumkin bolsa, ijtimoiy sohadagi umumiy va xususiy korsatkichlarni olchash juda qiyin yoki olchab bolmaydi. Gap avval xodimlarni qanoatlantirish va ularning ichki va tashqi muhitga moslashish qobiliyati togrisida bormoqda. Shu tariqa firma oz xodimlarining faoliyatini, axloqini, ijtimoiy muhitni integratsiyalash orqali bu
xodimlarning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, ularning ortasidagi ozaro ishonchni mustahkamlash va boshqa omillar hisobidan oz maqsadiga erishadi. Ijtimoiy samaradorlikni bu va boshqa jihatlari boshqa kurslarda organiladi.
Mehmonxona industriyasi menejmentiga nisbatan ikki jihatni korib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy samaradorlikka talablarning kop qismi mehnat resurslarini boshqarish tizimi bilan boglikligi sababli menejmentning asosiy vazifasi yaxshi mehnat sharoitini yaratish va oz xodimlarini professional rivojlantirish, ularning ishdagi mavqeini boshqarish hisobiga bu xodimlarning turmush darajasini oshirishni taminlaydigan samarali turizm tuzilmasini barpo etishdan iborat.
Malumki, butun boshqaruv jarayoni (axborot harakati va boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish) malum tashkiliy tizim doirasida kechadi. Shuning uchun, samarali tashkiliy tuzilmani shakllantirishni biz ikki jihatdan bir tomondan umuman turizmni boshqarishning tashkiliy tuzilishining samaradorligi belgilarini aniqlashga nisbatan va ikkinchi tomondan unda qabul qilinadigan boshqaruvga oid qarorlarning samaradorligiga nisbatan korib chiqamiz. Shuni nazarda tutish lozimki, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi bilan boshqaruv faoliyati natijalari ortasida ozaro bogliqlikni izlash qiyin. Mutloq kopchilik hollarda tashkiliy tuzilma samaradorligi boshqariladigan obyekt faoliyatining korsatkichlari orqali baholanadi. Bu yonalishdagi barcha ishlar tashkiliy tuzilmani loyihalash yoki takomillashtirish chogida uning rivojlanishining sifat korsatkichlarini hamda unga qoyiladigan talablarni hisobga olishdan iborat boladi. Bu talablarni quyidagi tarzda bayon qilish mumkin:
ishda takrorlash va mavoziylikni tugatish;
firma va korxonalarni yiriklashtirish va ularning faoliyat zonasini belgilab qoyish;
boshqaruv vazifalarini darajalar va tashkiliy-xojalik boginlari boyicha ixtisoslash va bir xil qilish;
boshqaruv apparatini qisqartirish va arzonlashtirish;
tashkiliy tuzilmaning tejamliligi, barqarorligi, moslashuvchanligi va ishonchliligi.
Bu talablarni hisobga olish mehmonxona xojaligini boshqarishning samarali tuzilmasini loyihalash imkonini beradi, togri boshqaruv qarorlari uning natija keltiradigan omillaridir.