Bog'liq Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019
Boshqaruvning samaradorlik korsatkichlari
Turizmning muhim unsuri (elementi) mehmonxona industriyasining iqtisodiy boshqaruv sohasiga boshqaradigan tasir otkazishning mohiyati mehmonxona faoliyatining xarajatlarini eng kam miqdorga keltirishdan iborat. Oldin kelishib olganimizdek, xarajatlarni aniqlash turizmda istemolni aniqlash bilan uzviy bogliq. Shuning uchun, turizmda istemol turistlarning talablarini qondirish uchun zarur tovarlar va xizmatlar qiymati sifatida aniqlanadi.
Demak, mehmonxona xarajatlari turistning safarga tayyorgarligi, safari va moljallangan joyda bolishi vaqtidagi istemol xarajatlarining umumiy miqdori sifatida aniqlanadi.
Tatil paytida qilinadigan sayohatda xarajatlar miqdorini aniq belgilash uchun
quyidagilarni aniqlaymiz:
Sayohat oraligi. Bu, odam malum vaqt ichida ortacha necha marta safar qilishini korsatadi.
Sayohat intensivligi. Bu korsatkichni aniqlash chogida alohida odam emas, balki mintaqaning barcha aholisi etiborga olinadi. Sayohatlar intensivligi halq xojaligida band bolgan odamlarning qanday qismi yil davomida sayohatga chiqqanini korsatadi. Bu sayoxat qiluvchilarning mintaqa aholisi soniga foizda ifodalangan nisbatidir:
Safarlarning ortacha davomiyligi. Bu tunab chiqishning umumiy miqdorini safar soniga taqsimlash yoli bilan hisoblanadi.
Mehmonxona xarajatlarining xilma-xil turlarini uch guruhga ajratish mumkin:
safarni tayyorlash va amalga oshirish uchun zarur dastlabki xarajatlar;
sayohat chogida va sayohat joylariga borganda boladigan xarajatlar;
sayohatchilar jonab ketgan mamlakatda ular xorijiy mamlakatdan qaytgandan song boladigan xarajatlar (masalan, fotoplyonkalarni yoritish, sayohat chogida shikastlangan avtomobillarni tamirlash xarajatlari va boshqalar).
Korinib turibdiki, turist xarajatlari juda kop tovarlar va xizmatlardan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlardan tortib, qarindoshlar va yaqinlariga sovga sotib olish xarajatlaridan iborat boladi.
Turistik sayohat uchun xarajatlar miqdorini belgilash uchun biz quyidagilarni aniqlaymiz:
-safarlar tezligi. Bu korsatkich kishi malum vaqt davomida ortacha necha marta safarga chiqishini korsatadi:
SS
ST= ---------, bunda ST safarlar tezligi; V SS safarlar soni; V vaqt.
-safarlar jadalligi. Bu korsatkich aholining qaysi qismi yil davomida turistik xizmatdan foydalanganligini korsatadi.
TS
SJ = ------------ , bunda SJ safarlar jadalligi; AS TS turistlar soni;
AC aholi soni.
Turistik xarajatlarning barcha bolimlarini iqtisodiy tahlil qilish turizm samaradorligini aniqlashning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Turnzmni iqtisodiy boshqarish amaliyotida xarajatlarning 7 asosiy bolimi mavjud:
-kompleks safarlar;
-turistlarni joylashtirish;
-oziq-ovqat va ichimliklar;
-transport;
-dam olish, madaniy va sport faoliyati turlari;
-dokonlarga borish;
-boshqa xarajatlar.
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda birlashgan korsatkich qollaniladi. GxL
K = -------
FxE
bunda: K boshqaruv samaradorligi koeffitsienti;
G har bir boshqaruv xodimiga togri keluvchi boshqaruv xarajatlari.
L xizmatchilarning umumiy sonida boshqaruv xodimlari ulushi.
F mablag (fond) bilan taminlanganlik;
E mablaglar (fondlar)ning foydali ish koeffitsienti.
Turizm bozoridagi kuchli raqobat firmalarning ichki samaradorligini oshirish usullarini izlanishga majbur qiladi. Turistik xizmatchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi xizmatchilarni samarali boshqarish orqali taminlanadi.
BX
K = * 100%,
X
bunda:
KQ kadrlarning qonimsizlik koeffitsienti. BX ishdan boshagan xizmatchilar soni. X xizmatchilarning ortacha royhat soni.
Firmaning mehnat bozoridagi mavqeini baholovchi korsatkichlar sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin:
-har bir xizmatchi boshiga togri keladigan kadrlar boyida tadbirlar uchun
ortacha xarajatlar;
-kadrlar bilan taminlanganlik darajasi;
-mehnat jadalligi (samaradorligi).