Mehmonxona xizmatlarini standarlashtirish va sertifikatlashning
ahamiyati
Standartlashtirish. Standartlashtirish ijro etish majburiy bolgan hamda ijro etish tavsiya etiladigan talablar, normalar, qoidalar va shartlarni ishlab chiqish va belgilashga yonaltirilgan, istemolchining lozim darajadagi sifatli xizmatlarni maqul narxda xarid qilish huquqini, shuningdek mehnatning xavfsizligi va qulayligini taminlovchi faoliyat.
Standartlashtirishning maqsadi amalda mavjud, rejalashtirilgan yoki moljal qilingan vazifalarni hal qilish uchun muayyan sohada belgilangan qoidalar, talablar, normalardan keng va kop karra foydalanish yoli bilan oqilona tartib ornatilishiga erishish. Standartlashtirishning umumiy va tor maqsadlari farqlanadi.
Umumiy maqsadlar, eng avvalo, tushunchaning mazmunidan kelib chiqadi. Umumiy maqsadlarning muayyanlashtirilishi majburiy hisoblangan standartlarning talablari bajarilishi bilan bogliq. Ularga odamlar hayoti va sogligi, atrof-muhit va mol-mulk uchun xizmatlarning xavfsizligini, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasiga muvofiq xizmatlar sifatini, barcha turdagi resurslarning tejalishini, xojalik obyektlarining har xil (tabiiy va texnogen) ofatlar va favqulodda holatlar yuzaga kelishining oldini olish bilan bogliq xavfsizligini taminlovchi normalar, talablar va qoidalarni ishlab chiqish kiradi.
Standartlashtirishning tor (muayyan) maqsadlari malum faoliyat sohasiga,
umuman xizmatlar sohasiga, u yoki bu korxonaga, muayyan xizmatga va hokazolarga
talluqli. Standartlashtirish standartlashtirish obyekti (predmeti) va standartlashtirish sohasi kabi tushunchalar bilan bogliq.
Standartlashtirish obyekti muayyan talablar, shartlar, parametrlar, qoidalar va sh.k. ishlab chiqiladigan xizmat, xizmat korsatish jarayoni. Standartlashtirish umuman obyektga yoki uning tarkibiy qismlariga taalluqli bolishi mumkin.
Standartlashtirish sohasi standartlashtirishning ozaro bogliq obyektlari majmui. Masalan, mehmonxona sanoati standartlashtirish sohasi hisoblanadi, muayyan mehmonxona xizmatlari: mehmonlarni rasmiylashtirish va joylashtirish xizmatlari, nomerlarni tozalash xizmatlari, ovqatlantirish xizmatlari standartlashtirish obyektlari bolishi mumkin.
Standartlashtirish har xil darajada amalga oshiriladi. Standartlashtirish darajasi standartni jahonning qaysi jugrofiy, iqtisodiy, siyosiy mintaqasi ishtirokchisi qabul qilishiga qarab farq qiladi. Standartlashtirish amalga oshirilayotgan darajaga qarab:
xalqaro standartlashtirish istalgan mamlakatning tegishli organlari uchun ochiq faoliyat;
mintaqaviy standartlashtirish jahonning bir jugrofiy, siyosiy yoki iqtisodiy mintaqasida joylashgan davlatlarning tegishli organlari uchun ochiq faoliyat;
milliy standartlashtirish bir muayyan davlatdagi standartlashtirish farqlanadi. Oz navbatida, milliy standartlashtirish turli darajada: davlat, tarmoq, iqtisodiyotning muayyan sektori darajasida, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar darajasida amalga oshirilishi mumkin.
Xalqaro va mintaqaviy standartlashtirish tegishli xalqaro va mintaqaviy
mehmonxonalarga azo mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish muayyan xizmat qoyilgan talablarga javob berishiga uchinchi tomon yozma kafolat berishi bilan bogliq taomil. Uchinchi tomon deganda xizmatlar korsatuvchiga (birinchi tomonga) ham, istemolchiga (ikkinchi tomonga) ham bogliq emas deb etirof etilgan shaxs yoki organ tushuniladi.
Taomillar, qoidalar, sinovlar hamda sertifikatlashtirish jarayonining tarkibiy qismi hisoblangan boshqa harakatlar muayyan omillarga qarab har xil bolishi
mumkin. Mazkur omillar orasida standartlashtirish, sifat va bevosita sertifikatlashtirishga taalluqli qonun hujjatlari muhim orin tutadi. Muvofiqlikni isbotlash muayyan sertifikatlashtirish tizimida amalga oshiriladi. ISO�MEK 2 qollanmasiga muvofiq, bu sertifikatlashtirishni oz qoidalariga binoan amalga oshiruvchi tizimdir.
Umumiy tarzda sertifikatlashtirish tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
tizimni boshqaruvchi, uning faoliyatini nazorat qiluvchi markaziy organ. U sertifikatlashtirishni amalga oshirish huquqini boshqa organlarga otkazishi ham mumkin;
sertifikatlashtirishni amalga oshirishni tartibga soluvchi _oucher_e hujjatlar;
sertifikatlashtirish taomillari (sxemalari);
inspeksiya nazorati tartibi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish markaziy (milliy) organda akkreditatsiyadan otgan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish organi vazifalarini mustaqillik va kasbga layoqatlilik talablariga javob beradigan, kamida ikkita ekspert- auditorga ega bolgan korxona va mehmonxonalar bajarishi mumkin.
Sertifikatlashtirish tizimlari milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyoslarda faoliyat korsatishi mumkin. Agar sertifikatlashtirish tizimi muayyan xizmatlar _oucher muvofiqligini isbotlash bilan shugullansa, bu turdosh xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimidir. U oz faoliyatida ayni bir xil xizmatlarga taalluqli standartlar, qoidalar va tartib-taomillarni qollaydi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy xususiyatga ega bolishi mumkin.
Majburiy sertifikatlashtirish qonunlar va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va mehmondostlik xizmatlari texnik reglamentlarning talablariga, standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlashni taminlaydi. Bunda odamlarning hayoti, sogligi, xavfsizligini saqlashga majburiy talablar qoyiladi.
Majburiy sertifikatlashtirish «Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish togrisida»gi qonunlar bilan belgilangan. Majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun majburiy sertifikatlashtirish tizimlari tashkil etiladi. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bolgan obyektlar nomenklaturasi davlat boshqaruvi darajasida belgilanadi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish yuridik yoki jismoniy shaxslarning tashabbusi bilan arizachi va sertifikatlashtirish organi ortasida tuzilgan shartnoma shartlarida amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish haqida qaror qabul qilinishi odatda xizmatlarning raqobatbardoshligi, xizmatlarni bozorga (ayniqsa, xorijiy bozorga) chiqarish, tanlashda koproq sertifikatlashtirilgan xizmatlarga qarab moljal oluvchi xaridorlarning talablari muammolari bilan bogliq.