O„zbekiston respublikasi



Download 0,51 Mb.
bet18/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

Demokratiya (yun. demos xalq va kratos - hokimiyat) fuqarolar erkinligi va tengligi


qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o'rnatilgan
va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilann inson munosabatlarini
belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: ko'pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi,
ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitusiya va qonunlarning ustuvorligi,
hokimiyatning bo'linishi, davlat boshlig'i va vakolatli organlarning saylab qo'yilishi.
Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yig'ilishlarda bevosita barcha fuqarolar
tomonidan yoki referendumlar yo'li bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar
saylab qo'yiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Demokratiyada asosiy
e‘tibor inson manfaatlariga qaratilganligi bois unga asoslangan mafkura ustivor ahamiyat kasb
etadi.

  1. Milliy g’oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo’lish xususiyatlari.

Insoniyat taraqqiyoti biron-bir jamiyatning ezgu g'oyalar va mafkurasiz rivojlana
olmasligini tasdiqlab kelmoqda. Milliy g'oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini
ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo'ladi. Ajdodlarimiz jamiyatning barcha
bosqichlarida jamiyat a'zolari tafakkuriga ezgulikka va bunyodkorlikka chorlovchi g'oyalarni
singdirib kelganlar. Masalan,
zardushtiylik dinining «Avesto» kitobidagi g'oyaviy konsepsiya -
«Ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal» tamoyili buning yorqin dalilidir. Milliy g'oya o'z mohiyatiga
ko'ra, xalq, millat taqdiriga daxldor, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo'lgan vazifalar
va mo'ljallarni ham aks ettiradi. O'z davrida (1941-1945 yillarda) fashistlar bosib olgan
Fransiyada “qarshilik ko'rsatish” g'oyasining milliy g'oya darajasiga ko'tarilgani va bu mamlakat
ozod etilishi bilan o'z ahamiyatini yo'qotgani fikrimizga dalil bo'la oladi. Muayyan g'oyaning
milliy g'oya sifatida maydonga chiqishi millatning mavjud holati bilan bevosita bog'liqdir.
Chunki, ana shu negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim
bo'lgan maqsad-muddaolari va mo'ljallarini to'g'ri ifodalay olishi mumkin. Har bir xalq o'z
tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning o'zagini tashkil etadigan, o'ziga
xos birlashtiruvchi yadro vazifasini o'taydigan ijtimoiy g'oyani shakllantirish muammosini hal
qiladi. Mamlakatimiz uchun milliy g'oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati
shundaki, biz yangi jamiyat qurish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda
aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi xilma-xil qarashlar shakllanishi
mumkin. Bunday sharoitda millat va jamiyatning parokanda bo'lib ketishiga aslo yo'l qo'yib
bo'lmaydi. Aks holda siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar o'z ahamiyatini yo'qotadi, mustaqillik
yo'lida g'ovlar paydo bo'ladi. Ba'zi sobiq ittifoq davlatlarida jamiyatning bir-biriga qarama-qarshi
turuvchi kuchlarga bo'linib ketgani yoki ayrim qo'shni mamlakatlarda mahalliychilik zaminida
jamiyatni bo'lib yuborishga urinishlar bo'layotgani ham ana shuning oqibatidir. Birinchi
Prezident I.A. Karimov ta'kidlaganidek: «Oldimizga qo'ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga
yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo'lish, g'oyaviy bo'shliq paydo bo'lishiga
yo'l qo'ymaslik, begona va yot g'oyalar xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura
oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz
manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda». Mamlakatimizda erkin,
huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, Milliy g'oyani jamiyatimiz
a'zolari ongiga singdirishda madaniy-ma'rifiy muassasalarning o'rni beqiyosdir. Ushbu
tashkilotlar orqali milliy g'oyada ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilab berilgan qadriyatlar
targ'ibotiga e'tibor qaratish, ushbu jihat xalqimizning milliy o'zligini anglab, mustaqillikni
mustahkamlash ishiga kamarbasta bo'lishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki,
g'oya, ya'ni maqsad ko'p hollarda amaliyotdan ilgari yuradi. Avval muayyan g'oya jamiyat
a'zolarining umumiy maqsadi sifatida ilgari surilib, so'ng ushbu maqsadni bajarish uchun amaliy
faoliyat boshlanadi. Shu jihatdan ham milliy g'oya o'zligimizni anglab ijtimoiy taraqqiyot va
barqarorlikni ta'minlashimiz yo'lida muhim omil bo'lib xizmat qiladiki, ushbu ishlarni amalga
oshirishda ma'naviyat sohasi xodimlarining faoliyati muhim o'rin tutadi. “Yuksak ma'naviyat -
yengilmas kuch” asarida ta'kidlangan quyidagi fikr mazkur yo'nalishdagi faoliyat uchun asosiy





mezondir: “Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan
birga milliy g'oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy
hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini
bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining
markaziga qo'yish, ularni yangi bosqichga ko'tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil
fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”.

Shunday qilib, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish