Badiiy g’oyalar - adabiyot va san‘at asarining asosiy ma‘no-mazmunini tashkil etadigan,
undan ko‘zlangan maqsadga xizmat qiladigan etakchi fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy
talqinlar asosida bayon etiladi, o‘quvchida muayyan taassurot uyg‘otadi. Abadiy qahramonlarni
sevish, ularga ergashish hollari ham ana shu asosda ro‘y beradi.
Badiiy ta‘sir vositalari juda katta kuchga ega. Inson va jamiyat ongini o‘zgartirishda, shaxs
ruhiyatiga ta‘sir o‘tkazishda, odamlarni harakat va junbushga keltirishda badiiy adabiyot va
san‘atning ahamiyati beqiyosdir. Milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib etish, xalqning ongi va qalbiga
singdirishda ham bular muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari.
«Mafkura» tushunchasi mazmuni. Har qanday nazariya yoki ta'limot bir tizimga
solingan g'oyalar majmuidan iborat bo'ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-
e'tiqodning asosini ham g'oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va
davlatlarning manfaat hamda maqsadlari ham g'oyalarda ifoda etiladi.
O'z oldiga qo'ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo'l va
vositalar bilan erishmoqchi bo'layotgani haqidagi g'oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyat
milliy g'oyasining asosini tashkil etadi.
Mafkura — muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini,
maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'-naviy tamoyillarini ifoda etadigan g'oyalar, ularni amalga
oshirish usul va vositalari tizimidir.
Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha
bo'lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va
uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun'iy
ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o'ta siyosiylashadi, aholini o'zaro qarama-qarshi
qilib qo'yadi.
Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko'zlagan
davlatlarda milliy g'oya aholining barcha qatlamlarini jipslangtirishga, umummanfaat va yagona
maqsad yo'lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas
umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi. Mafkura muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam,
millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muammolari, manfaatlari, orzu intilishlari
hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir bo‘lib,
G'arb davlatlari va rus tilidagi ilmiy adabiyotlarda “Ideologiya” atamasi bilan ifodalanadi. Bu
atama ilk bor 1797 yilda fransuz inqilobi davrida faylasuf va iqtisodchi Destyut de Trasse
tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. U 1815-yilda yozgan —Ideologiya elementlari” nomli
kitobida —ideologiya” so'zini falsafiy tushuncha sifatida ishlatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |