O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

UNDALMA 
 
Tayanch tushunchalar 
minimal qolip, maksimal qolip, so„z kengaytiruvchisi, gap 
kengaytiruvchisi, undalma, shakliy aloqa, mazmuniy aloqa 
103-
 
§. Gapning undalma bilan kengayishi 
Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap 
tarkibidagi II shaxs kishilik olmoshi bo‗lgan so‗zshakl ma‘nosini 
muayyanlashtiruvchi unsur bo‗lib, u mantiqan so‗z kengaytiruvchisi 


416 
maqomida bo‗ladi. Biroq u kengayayotgan so‗z bilan bog‗langanda, 
grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog‗langan 
so‗zshakl nutq yo‗naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi. 
Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba‘zan otlashgan 
so‗zshakllar keladi. 
Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor 
bo‗lmagan, gap tarkibidagi ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi 
shaxs olmoshining so‗z kengaytiruvchisi hisoblanadi. Ajratilgan 
bo‗lak ajralmish bo‗lak bilan mazmunangina munosabatga 
kirishganligi kabi, undalma ham nutq yo‗naltirilgan shaxs, predmet 
bilan mazmuniy bog‗lanishga ega bo‗ladi. 
Undalma kengaytirgan olmosh so‗zshakl gapning barcha 
bo‗laklari, 
bo‗lakning 
kengaytiruvchilari, 
qolaversa, 
bo‗lak 
bo‗laklarining kengaytiruvchilari bo‗lishi mumkin: 
kesim: 
Do„stim, ishonganim 
sensan

ega: 
Oybek, 
sen 
maktabga kechikyapsan; 
hol: 
Halim, 
sen tufayli 
murodimga etdim; 
aniqlovchi: 
Gulbadan, 
sening 
muhabbating dilingda pinhon; 
to‗ldiruvchi: 
Qarchig„ay changalim, 
senga 
yo„l bo„lsin

Undalma qo‗llanganda u kengaytirgan so‗z tushib qolishi ham 
mumkin. 1.
Ey Sharqning bo„stoni, dilimga payvand! 
2.
Кel, ey 
Furqat, suxanni muxtasar qil. 
So‗zlovchining nutqi qaratilgan shaxs/predmetni ifodalovchi 
so‗zshakl gap tarkibida yo‗q bo‗lishi va uni tiklab ham bo‗lmasligi 
mumkin: 1.
Hoy qizlar, mana bo„ldi pora-pora paranji. 
2. 
Yigitcha,mashina jo„nayapti
. Ammo baribir, undalma ifodalanmagan 
ikkinchi shaxs olmoshi mazmunining muayyanlashtiruvchisi ekanligi 
ma‘lum bo‗lib turadi. 
Undalma vazifasida qo‗llanadigan so‗z: 
ot: 
Xola, bemahalda nima qilib yuribsiz

otlashgan so‗z: 1. 
Кo„rganlar, gapiring. 
2
. Tentagim, nima 
deysan? 3. Birinchi, men ikkinchi! 
Undalma kengayishi ham mumkin: 1. 
Yaxshi yigit, sevganingdan 
ayrilma. 2. Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? 
Undalma uyushishi ham mumkin. Bunda nutq turli narsalarga 
qaratiladi
. Daraxtlar, bo„stonlar, sizdan so„rayman. 


417 
Undalma gapning barcha o‗rinlarida kela oladi. Gap boshida 
kelganda uni ochadi, oxirida esa yopadi: 1. 
Aziz do„stim, omonmisan? 
2.
 
Omonmisan, aziz do„stim. 
Undalma mustaqil gap maqomini ham olishi mumkin: 
1. Opa! 
Sen ham odam edingmi? 2. Bola qichqirdi: «Dada!»
Bunda u vokativ 
gap bo‗ladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish