O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Egasi ifodalangan gap.
Кesimdagi 
[W], [Pm] 
xususiyati va 
ularning o‗zaro munosabati tufayli nutqda egani tushirib qoldirish 
mumkin bo‗lmaydi. Bunda eganing nutqiy voqelanishini zarur qilib 
qo‗yadigan: 
I.
[W] 
ga bog‗liq omil. 
II.
[P
m

ga bog‗liq omil mavjud. 
I.
 
Кesimdagi Wga bog„liq holda ega ifodalanishining zarurligi. 
1.
 
Кesimning 
[W] 
qismi vazifasida frazema (ibora) kelganda, 
egani tushirib qoldirishning iloji yo‗q: 
1. Bu voqeadan Jamshidning 
kapalagi uchib ketdi.
(Gaz.). 
2. Markazga kelib, bo„lib o„tgan 


387 
voqealarning butun tafsilotini eshitgan Qalandarovning fig„oni 
falakka chiqdi. 
Bunda ega ifodalanishining zarurligi, ko‗rinib 
turibdiki, gapning qolipiga emas, balki iboralarda ega bilan kesim 
aloqasining o‗ta zichligi, iboralarning barqaror hodisa ekanligi bilan 
bog‗liq. 
2.
Ma‘lumki, ayrim hollarda o‗timli fe‘lning semantikasi ularning 
vositasiz to‗ldiruvchi bilan kompletiv (o‗ta zich) aloqada bo‗lishini 
taqozo qiladi (masalan, 
kuzatmoq, ko„rmoq, aytmoq
). Bu so‗zlarning 
obyekt valentligi (tushum kelishigidagi kengaytiruvchisi) zaruriy. Shu 
boisdan fe‘l majhul nisbatga o‗tgach, ularning vositasiz to‗ldiruvchisi 
egaga aylanadi, shuningdek, mazkur kompletiv aloqa ham saqlanib 
qoladi, avval to‗ldiruvchi, endi esa eganing ifodalanishi zarur bo‗lib 
qoladi: 1. 
Oqibat, hozirgacha ham ayrim fuqoralar, ayniqsa, yoshlar 
orasida ikkilanishlar, hatto muxolifat tomoniga og„ib ketish kabi 
achinarli hollar kuzatilmoqda. 
(Gaz.).2
. Natijada, ko„plab fuqarolar 
uchun buzg„unchi muxolifatning asl basharasi, uning maqsad va 
vazifalari, mohiyati, kirdikorlari to„laqonli bayon etib berilmadi. 
(Gaz.).3
. Yig„inda fermer xo„jaliklari taraqqiyoti uchun mahalliy 
fermerlar tomonidan qo„yilayotgan sun‟iy g„ovlarning sabablari ham 
aytildi. 
(Gaz.). 
3.
 
Кesimning 
[W] 
qismi taqlid so‗zlardan yasalgan fe‘l bilan 
ifodalanishi ham eganing voqelanishini taqozo etadi: 
1. Eshik taq-taq 
qildi. 2. Yuragim shuvillab ketdi. 3. Qarg„a qag„illaydi. 
4.
 
Tabiat hodisalarini ifodalovchi ayrim fe‘llar ham eganing 
mazmuni bilan o‗ta zichlashib ketganligi bois nutqda eganing tushib 
qolishiga yo‗l qo‗ymaydi: 
Tong otdi. Кun botdi. Chaqmoq chaqdi. 
Qorong„i tushdi. 
 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish