167
UGM va XGM grammatik shaklda o‗ziga
xos tarzda namoyon
bo‗ladi. Har bir grammatik kategoriyaning ma‘nosi – uning
shakllarining ma‘nosiga nisbatan UGM. Masalan, barcha kelishik
shakllari uchun umumiy bo‗lgan «oldingi mustaqil so‗zni keyingi
mustaqil so‗zga bog‗lash» ma‘nosi – kelishik kategoriyasining
UGMsi. Bu kategorial umumiylik alohida shakllarning ma‘nosiga
nisbatan belgilanadi.
Boshqacha aytganda, kelishik kategoriyasining
yuqorida aytilgan UGMsi uning tarkibiga kiruvchi 6ta kelishik
shaklining ma‘nosidan sintezlanadi, ya‘ni keltirib chiqariladi.
Har bir kelishik shaklining ma‘nosi undan quyidagi ma‘noga
nisbatan UGM. Masalan, qaratqich kelishigining UGMsi – «oldingi
ism turkumiga kiruvchi so‗zni keyingi ism turkumiga kiruvchi so‗zga
bog‗lash». UGM har doim ham quyi ma‘noga nisbatan olinadi.
Masalan, kelishik kategoriyasi UGMsi quyidagi kelishiklarning
ma‘nosiga nisbatan olinsa, har bir
kelishikning UGMsi undan
quyidagi bu kelishik UGMsining «parchalari»ga nisbatan belgilanadi.
Chunki har bir kelishikning ma‘nosiga nisbatan UGM termini
qo‗llanilmaydi. Кategoriya va shakl ma‘nosi hamda uning xususiy
ko‗rinishi haqida bahs ketganda ularni qanday baholash muammosi
ham bor. Bunda dialektikaning
umumiylik-maxsuslik-alohidalik
kategoriyasiga metodologiya sifatida tayanish lozim bo‗ladi.
Tilshunoslikda grammatik ma‘noga
nisbatan bu
umumiy grammatik
ma‟no – oraliq grammatik ma‟no
(qisq.OGM)
– xususiy grammatik
ma‟no
tarzida tatbiq etilgan. Misol sifatida tushum kelishigi shakli
ma‘nosini olaylik. Кelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‗zni
keyingi mustaqil so‗zga bog‗lash», tushum kelishigining «oldingi
ismni keyingi fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» va
tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‗lmish
kitobni
o„qimoq
birikuvida voqelangan «
kitob
so‗zini
o„qimoq
so‗ziga
vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» nutqiy ma‘nosi yaxlitlikda
olinganda,
UGM-OGM-XGM
munosabatida.
Кelishik
kategoriyasining «oldingi mustaqil so‗zni keyingi mustaqil so‗zga
bog‗lash» ma‘nosi tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe‘lga
vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» ma‘nosiga
nisbatan UGM
maqomida, tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‗lgan
kitobni o„qimoq
birikuvida voqelangan «
kitob
so‗zini
o„qimoq
so‗ziga
vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» nutqiy ma‘nosi XGM.
Tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe‘lga vositasiz
168
to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» ma‘nosi esa UGM va XGM orasida
turganligi hamda ularni bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lganligi uchun OGM
maqomida.
OGMning
mavqeyi
nisbiy.
Masalan,
kelishik
kategoriyasining UGMsi e‘tibordan soqit qilinsa va fikr faqat tushum
kelishigi va uning quyi ma‘nolari haqida ketsa,
mazkur OGM UGM
sifatida qaraladi. Tushum kelishigining zikr etilgan XGMsi e‘tibordan
soqit qilinib, so‗z kelishik kategoriyasi va tushum
kelishigi
munosabati xususida ketsa, bunda OGM ushbu UGMga nisbatan
XGM sifatida qaralishi ham mumkin.
Demak,
borliq
hodisalari
umumiylik–maxsuslik–xususiylik
(alohidalik) munosabatida bo‗lganligi kabi grammatik ma‘no ham
«umumiy grammatik ma‘no – oraliq grammatik ma‘no – xususiy
grammatik ma‘no» ko‗rinishiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: