170
keltiramiz: 1.
Suv egatlarda jildirab oqmoqda.
2.
Umr o„tmoqdadir.
3.
Zamin aylanmoqda mag„rur tebranib
. Shakl
1-misolda «ish-
harakat nutq paytida davom etayotganligining badiiy uslub nasriy
turiga xos obrazli ifodasi», 2-misolda «ish-harakat nutq paytida
davom etayotganligining badiiy uslub lirik turiga xos ko‗tarinki
ifodasi»,
3-misolda
«ish-harakat
nutq
paytida
davom
etayotganligining badiiy uslub lirik turiga xos tantanavor ifodasi»
XGMlarini voqelantirgan.
Misollarni davom ettirsak, XGMlar soni
yana ortib boradi. Biroq umumlashtirish uchun ushbu XGMlar etarli.
Ular orasidagi umumiylik «ish-harakat nutq paytida davom
etayotganligining ifodasi» bo‗lib, XGMlarning qolgan unsurlari
farqlar (1-misolda «badiiy uslub nasriy turiga xos obrazli ifodasi», 2-
misolda «badiiy uslub lirik turiga xos ko‗tarinki ifodasi», 3-misolda
esa «badiiy uslub lirik turiga xos tantanavor ifodasi»). Farqlar
e‘tibordan soqit qilinib, ulardagi bir xillik (umumiylik)lar
ajratib
olinadi. Farq shu bosqich uchun qiymatga ega bo‗lsa, bir xillik yuqori
bosqich qiyoslashlari uchun ahamiyat kasb etadi.
2-
bosqichda -moqda
qo‗shimchali zamon shakli birinchi bosqich
xulosalari asosida
–(a)y
qo‗shimchali hozirgi-kelasi zamon,
-yap
qo‗shimchali aniq hozirgi zamon,
-yotir
qo‗shimchali hozirgi zamon
shakli kabi barcha hozirgi zamon turlari bilan munosabatlarda ko‗rilib,
shu
asosda
-moqda
,
-yotir
,
-yap
,
-(a)y
qo‗shimchali hozirgi zamon
shakllarining mohiyati – UGMlari ochiladi. Кeyingi bosqich uchun
farqlar e‘tibordan soqit qilinib, ulardagi bir xillik (umumiylik)lar
ajratib olinadi. Bu bir xilliklargina keyingi bosqich qiyoslashlari
uchun ahamiyatli bo‗ladi.
3-
bosqichda
avvalgi bosqich xulosalari asosida hozirgi zamon
shakllari
umumiylik sifatida olinib, uning kelasi zamon shakllari
umumiyligi bilan aloqa-munosabatlari, o‗xshash va farqli jihatlari
oydinlashtiriladi. Joriy bosqich uchun ulardagi farqlar, keyingi
bosqich uchun bir xillik (umumiylik)lar ahamiyatli bo‗ladi.
4-
bosqichda
oldingi bosqich xulosalari asosida «sodir bo‗lmagan
va bo‗layotgan harakat-holat»ni ifodalovchi o‗tgan zamon shakli bilan
munosabatlari
tekshirilib,
hozirgi-kelasi
va
o‗tgan
zamon
shakllarining UGMsi ochiladi.
5-
bosqichda
4-bosqich xulosalari asosida hozirgi, kelasi va o‗tgan
zamon shakllari ma‘noviy xususiyatlari
bilan munosabat-larini
171
aniqlash asosida zamon va mayl kategoriyalarining UGMlari
tiklanadi.
Xususiylikdan umumiylikka qarab yo‗naltirilgan bu tadqiq
jarayonida har bir bosqichga o‗tish bilan xususiyliklarning zamiridagi
UGMga chuqurlashib boriladi. Chunki
-moqda
qo‗shimchali zamon
shaklining nutqiy voqelanishlarida zamon kategoriyasi UGMsiga xos
hozirgi-kelasi zamon shakli UGMsi ko‗rinishining hozirgi zamon
UGMsi ko‗rinishchasiga mansub turining bevosita kuzatishda
berilishini ko‗ramiz va bu XGMlarda barcha oldingi bosqichlar
UGMlari zarralari mavjud bo‗ladi. Shuning uchun
-moqda
qo‗shimchali zamon shaklining ziddiyatlari va UGMsi faqat 2-
bosqichdagina ochilishi mumkin. 3-bosqichda
-moqda
va
-(a)y
,
-yap-
qo‗shimchali zamon shakllari mustaqil til birliklari sifatida emas,
balki hozirgi zamon shaklining variantlari sifatida yuzaga chiqadi. Bu
pog‗ona qancha yuqorilasa, xususiy ko‗rinishlar
shunchalik katta
guruhlarga birlashib, o‗z mustaqilliklarini yo‗qotib, umumlashib
boraveradi.
Shu
boisdan
grammatik
shakllarning
ma‘noviy
xususiyatlari haqida gapirganda tekshirish qaysi bosqichda olib
borilayotganligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: