O‘zbeкiston respubliкasi


Grammatik shaklning tuzilishiga ko„ra turi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Grammatik shaklning tuzilishiga ko„ra turi. 
Grammatik 
shaklning tuzilishiga ko‗ra turlari bir qarashda ularning sintetik va 
analitik turining yangicha nomlanishiga o‗xshaydi. Biroq sintetik 
shaklning o‗zi sodda yoki murakkab bo‗lishi mumkin. Masalan, 
uydagi, ko„chadagi 
so‗zshakllaridagi sintetik grammatik shakl 
-dagi 
murakkab shaklga misol (
-da+ -gi). 
Grammatik shakl tuzilishiga ko‗ra sodda yoki murakkab bo‗lishi 
mumkin. Sodda shakl bir grammatik ko‗rsatkichdan iborat bo‗ladi. 
Кelishik, egalik shakllari bunga misol. Sintetik shaklning ayrimi va 
sintetik-analitik shaklning barchasi murakkab shakl. 
Shakllarning so„zga qo„shilish tartibi. 
Affikslarning so‗z 
tarkibidagi tartibi ma‘lum qonuniyatga ega bo‗lib, bu hodisa ularning 
turi bilan bog‗liq: so‗z yasovchi, lug‗aviy shakl hosil qiluvchi va 
sintaktik shakl hosil qiluvchi so‗zdagi o‗rni bilan farqlanadi. 


177 
Morfemalarning o‗rinlashishidagi tartib va izchillik ularning 
ma‘no-grammatik xususiyati bilan bog‗liq, so‗zning lug‗aviy 
ma‘nosini hosil qiluvchi (
so„z yasovchi
) affiks birinchi, lug‗aviy 
ma‘noga ta‘sir qiluvchi (
lug„aviy shakl hosil qiluvchi
) affiks ikkinchi 
va lug‗aviy ma‘noga ta‘sir qilmaydigan (
aloqa-munosabat
) affiks 
uchinchi bo‗lib qo‗shiladi. 
Qo‗shimchaning o‗rinlashuvidagi me‘yoriy holat ba‘zan istisno 
ko‗rinishlar ham kasb etadi (
opa-lar-im 
– 
opa-m-lar

ayt-di-ng-lar– 
ayt-di-lar-ing 
kabi). Bu kam uchraydigan hodisa bo‗lib, unda 
grammatik, uslubiy va dialektal asoslar mavjud. 
«O‗zak+so‗z yasovchi affiks+lug‗aviy shakl hosil qiluvchi+ 
sintaktik shakl hosil qiluvchi» qolipidagi qoida bundagi turlarning 
o‗zaro munosabati, har bir turning o‗z ichidagi morfemalarning tartibi 
jihatidan bir qancha xususiyatga ega. 
Lug‗aviy shakl hosil qiluvchining odatdagi tartibi: 
a)
otda subyektiv baho+son. Subyektiv baho shakllarining kam 
qo‗llanadiganlari ko‗p qo‗llanadiganlaridan avval keladi: umuman, 
«tirik» affikslar «o‗lik» affikslardan keyin keladi (
toychoqcha, 
toyloqcha
); 
b)
sifatda 
-roq 
affiksi 
-ish, -imtir 
affikslaridan, shuningdek, 
ravishdosh va sifatdoshga qo‗shilganda ham ularni hosil qiluvchi 
affikslardan 
keyin 
qo‗shiladi 
(
oqishroq, 
ko„kimtirroq, 
sovinqiraganroq, tortinibroq 
kabi); 
d)
sonda taxmin bildiradigan 
-cha 
affiksi «dona» ma‘nosini 
ifodalovchi 
-ta 
(urg‗usiz) unsuridan keyin keladi (
o„ntacha 
kabi); 
e)
olmoshda gumon bildiruvchi -
dir 
(urg‗usiz) unsuri (
kimdir, 
nimadir
), ba‘zan yuklama xarakterida bo‗lib, hamma turdagi 
affikslardan keyin qo‗shiladi: 
nima-lar-ni-dir

f)
fe‘lda fe‘lning daraja affikslari boshqa daraja ko‗rsatkichidan 
keyin keladi: 
ko„r-in, ko„r-il-di, ko„r-ish-di, yuv-in-tir
; lekin o‗zlikdan 
boshqa nisbatning ko‗rsatkichlari orttirma nisbat affiksidan keyin 
qo‗shiladi: 
tarqa-til-di, yugur-tir-ish-di, tik-tir-ish-di
); fe‘lning tarz 
affikslari va kuchaytiruvchilari (
chayqa, bura, to„zg„i
); bo‗lishsizlik 
affiksi (
urintirma, chayqatma
); zamon affikslari; shart mayli affiksi va 
buyruq maylining kuchaytiruvchilari (
bordi, boradi, borsa, boray, 
borgin/borgil
), fe‘lning o‗zgalovchi shaklini hosil qiluvchi affikslar 
(
bormoq, borgan, borib 
va boshqalar). 
Sintaktik shakllarning tartibi: 


178 
a)
nokesimlik shakllari: egalik affiksi+kelishik qo‗shimchasi 
(
bolamni

o„qiganimni
); 
b)
kesimlik shakllari: tasdiq/inkor+zamon/mayl+shaxs+son. 
Hamma turdagi affiksdan keyin affiks tipidagi yuklamalar 
qo‗shiladi. 
Qo‗shimchalar qo‗shilishidagi istisnolar: 
a)
semantik boshqalik talabi bilan bog‗liq bo‗ladi; 
b)
til hodisalarining davrga ko‗ra o‗zgarishi (tarix), dialektal farq 
va o‗zgarish xususiyati, poetik talab bilan bog‗liq bo‗ladi. Misol: 
Bilurlar erdi 
(Qutb) – 
bilar edilar

qilmag„aylarsiz 
(«Boburnoma») – 
qilmag„aysizlar

solurlar erdi quloq 
– 
quloq solur erdilar

Bunday tartib o‗zgarishi o‗zida nozik ma‘noviy farqlarni aks 
ettiradi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish