O‘zbeкiston respubliкasi


orqali  gaplashdim gapida  «vosita»,  Do„stlik  biz uchun



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

orqali 
gaplashdim gapida 
«vosita», 
Do„stlik 
biz uchun 
hamisha ilhom va 
kuch-quvvat manbayi bo„lib kelgan 
gapida «atalganlik» ma‘nosi 
ifodalangan. Bu ma‘nolar grammatik ma‘noning bir tomoni bo‗lib, 
ikkinchi tomoni – oldingi so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash, sintaktik 
aloqaga kiritish. 
Bog‗lovchilar teng munosabatli birliklarni bog‗lab, ular orasida 
har xil tenglashtirish, zidlash, ayirish kabi morfologik ma‘noni 
ifodalash uchun xizmat qiladi: 
olma va anor

o„qidi, lekin yozmadi. 
Кo‗makchining morfologik ma‘no ifodalash imkoniyati sintaktik 
imkoniyatidan kengroq. Chunki u mustaqil leksema sememasini 
modifikatsiya qilishi bilan ahamiyatli. 
O‗zbek tilida yordamchi so‗zlar katta guruhni tashkil etadi. 
Кo‗makchi, bog‗lovchi, yuklamaning «yarim bog‗lovchi», «yarim 
ko‗makchi», «yarim yuklama» kabi turi ham mavjud bo‗lib, bunday 
so‗zlar ham mustaqil, ham nomustaqil ma‘noga ega. Masalan, 
Ishning 
boshida 
Abdurahim turar edi

O‗zbek tilida 
juda, eng, bag„oyat, nihoyatda, o„ta, sal, bir muncha 
kabi ravish ham, 
olmoq, bermoq, qolmoq, o„tirmoq, chiqmoq, ketmoq, 
boshlamoq, bo„lmoq 
kabi 40 dan ortiq fe‘l ham keng qo‗llaniladi. 
Harakat tarzi shakllarini hosil qiluvchi ko‗makchi fe‘l aslida lug‗aviy 
ma‘noli fe‘l bo‗lib, ko‗makchi fe‘lga aylanganda, sof grammatik 
ma‘no ifodalaydi. Harakat tarzi shakllari sintetik-analitik shakl. 
Masalan, 
o„qib chiqdi, yoza boshladi, qo„rqib ketdi 
so‗zshakllari 
ravishdosh shakli va ko‗makchi fe‘ldan tashkil topganligi sababli 
sintetik-analitik shakl hisoblanadi. 
So

z tartibi 
grammatik ma‘no ifodalashning maxsus vositasi, 
tartib o‗zgarishi so‗z grammatik ma‘nosining o‗zgarishiga olib keladi. 
Masalan, 
Dalalar yam-yashil 
birikuvi gap bo‗lsa, 
yam-yashil dalalar 
birikuvi so‗z birikmasi. «Gap» va «so‗z birikmasi» grammatik 
ma‘noning sintaktik turi. Grammatik ma‘no ifodalashda so‗z tartibiga 
ohang hamrohlik qiladi. Ya‘ni yuqoridagi gap va so‗z birikmasida 
tartib o‗zgarishi bilan ularning ohangi ham o‗zgarib ketgan (so‗z 
birikmasida tugallanmagan, gapda esa tugallangan ohang mavjud). 
Ohang 
– 
grammatik ma‘no ifodalashning fonetik vositasi.Bu 
vosita yordamida gapning turini, gap bo‗laklarini ajratish, farqlash 
mumkin. 
Gulnora, singlim keldi. Gulnora, 
(bilan) 
singlim keldi. 


175 
Gulnora singlim keldi 
gaplarining birinchisida 
Gulnora 
va 
singlim 
so‗zlari uyushiq bo‗lak vazifasida, ikkinchi gapda 
Gulnora 
so‗zi 
undalma, 
singlim 
so‗zi ega, uchinchi 
Gulnora 
so‗zi aniqlovchi, 
singlim 
so‗zi izohlanmishega vazifasida kelgan. Gaplarni tashkil 
etuvchilardagi bunday farq so‗zlovchining maqsadiga muvofiq 
tarzdagi ohang yordamida yuzaga chiqmoqda. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish