295
boshlanish paytini, ta‘kidlashni ko‗rsatadi:
Gullarni
ko
„
riboq
ko„ngli
yorishdi. Axir, hatto, hattoki
yuklamasi ham fikrni kuchli ta‘kidlash,
avvalgi voqeani eslatishni ifodalaydi:
Axir
do„stimsan-ku!
5.
O„xshatish-qiyoslash yuklamasi
:
xuddi, naq, go„yo, go„yoki
.
1.
Bahorda bu bog„lar
go
„
yoki
kelindek yasanadi.
2.
Chirildoqlarning
mayin musiqasi hamma yoqni to„ldirgan,
go
„
yo
kechaning o„zi
kuylaydi
kabi gapda yuklama-bog‗lovchi vazifasini bajaradi.
6.
Inkor yuklamasi
:
na
. Takror
holda ishlatilib, inkor ma‘nosini
ifodalaydi:
Na
ko„kning fonari o„chmasdan,
Na
yulduz sayr etib ko„chmasdan. (Uyg„.)
1.
Кo‗makchi, bog‗lovchi va yuklama nutqimizning cheksiz
imkoniyatini boyroq, ifodalarimizning yanada aniqroq va go‗zalroq
bo‗lishini, jumlalarning rang-barangligini ta‘minlovchi muhim
vositalardan.
2.
Yordamchi so‗z til tizimida mohiyatan mustaqil so‗z
bilan
qo‗shimcha oralig‗ida turadi.
3.
Bog‗lovchi-yuklama, ko‗makchi-bog‗lovchi, ko‗makchi-
yuklama kabilar – til tizimida yordamchi so‗z turkumiga xos bo‗lgan
«oraliq uchinchi».
4.
Tilimizda nisbiy ko‗makchi, nisbiy bog‗lovchi, nisbiy yuklama
sirasi mustaqil so‗zning yordamchilashishi evaziga boyib bormoqda.
6. Yuklama o‗z mohiyati bilan modalga yaqin. Shu tufayli bu
ikkisi ko‗pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so‗z bilan
yuklamani tenglashtirib bo‗lmaydi. Yuklama:
1)
rang-barang ma‘noni ifodalaydi, shulardan ba‘zilarigina modal
ma‘noga yaqin keladi;
2)
ko‗pincha
mustaqil ishlatilmaydi, biror so‗zga tirkalib keladi.
Modal so‗zlar esa:
a)
gap
tarkibida
gap
modalligini
kengaytiruvchi,
murakkablashtiruvchi vosita sifatida ro‗yobga chiqadi. Boshqacha
qilib aytganda, [
WPm]
gap qurilish qolipining [
Pm
]
qismida
mujassamlangan va xilma-xil vosita bilan ifodalanadigan tasdiq/inkor,
taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat‘iylik, istak, imkoniyat
kabi ma‘nolar gapning boshqa bo‗laklari bilan tobe-hokimlik
munosabatiga kirishmaydigan modal so‗z, tasdiq/inkor
so‗zi
vositasida kengaytiriladi:
Кanizak,
aftidan
, shuni aytmoqchi
edi
…(A.Qah.)
296
b)
mustaqil ravishda yakka o‗zi bitta gap bo‗lib kela oladi va
modal so‗z-gap deb yuritiladi. Bunday so‗z-gapning barchasida
kesimlik
kategoriyasi
ma‘nosi so‗zning lug‗aviy ma‘nosida
mujassamlashgan bo‗ladi:
Кelasizmi? –
Albatta
.
3)
yuklama morfologiyada yordamchi so‗z guruhida, modal so‗z-
gap doirasida o‗rganiladi;
4)
boshqa so‗z guruhi kabi modal ham, yuklama ham o‗ziga xos
morfologik,
sintaktik, ma‘noviy belgiga ega. Modal
bilan
yuklamaning o‗zgarmasligi ularning morfologik belgisiga kiradi.
Sintaktik jihatdan esa modal ajraluvchilik (ya‘ni kirish so‗z vazifasida
kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo‗lagi bo‗la olmaslik)
belgisiga ega. Semantik jihatdan modal so‗z fikrning voqelikka
munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo‗ladi.
Yuklama
esa ta‘kid, o‗xshatish, kuchaytirish kabi
qo‗shimcha ma‘no
ifodalaydi. Yuklama ifodalagan ma‘no butun gapga bevosita taalluqli
bo‗lmay, avvalo, o‗zi tirkalib kelgan bo‗lakning ma‘nosini
bo‗rttirishga xizmat qiladi va shu bo‗lak orqali butun gapga taalluqli
bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: