O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet310/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..



SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. So‘z birikmasi qolipi haqida gapiring.

  2. Birikuv omillarini bayon qiling.

  3. Joylashuv omili haqida gapiring.

  4. Shakliy omil haqida gapiring.

  5. Ma’noviy omil haqida gapiring.

  6. Turg‘un birikmalarning qolipdagi o‘rni haqida gapiring.


GAP




GAP NUTQIY SATHDA


Tayanch tushunchalar


lison, nutq, leksik omil, morfologik omil, ohang, kesim, kesimlik kategoriyasi


82-§. Gap haqida umumiy ma’lumot. Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iborat. Bu esa gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo‘ladi.
Gap – kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko‘rinishi. U so‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi.
Кishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchaning shakli sanalgan so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari – so‘z (ibora ham), grammatik shakl va so‘z birikmalari.
Tilning asosiy vazifasi – kishilar muloqotida vosita bo‘lib xizmat qilish. Axborot uzatish va qabul qilish vositasi bo‘lish – tilning kommunikativ mohiyati.
Кommunikatsiya jarayoni uchun jamoa zarur. Aniqrog‘i, muayyan tilda axborot uzatish va qabul qilish shu tilda so‘zlashish malakasiga ega kishilarni taqozo qiladi. Bu esa kommunikatsiya jarayonining ijtimoiy tabiatliligidan dalolat beradi.
Gap sintaktik yaxlitlik, bu uning grammatik shakllanganligi, tarkibiy uzvlari bir butunlik holiga kelganligi bilan izohlanadi. Demak, gapda bir necha jihat birlashgan bo‘ladi. Birinchi jihat gapning moddiy qobig‘i, bu uni tashkil etuvchi so‘z va grammatik shakllar. Masalan, aksariyat gapda kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi (kesim)ning bo‘lishi shart. Ikkinchi jihat ana shu moddiy qobiqqa singdirilgan aqliy mahsul – fikr – axborot. Uchinchi jihat esa so‘zlovchining voqelikka munosabati, nutq vaziyati. Bu uch jihat nutqda uchlikni – sintaktika, semantika va pragmatika birligini tashkil etadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish