O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet307/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Joylashuv omili so‘zlarning erkin joylashuvi (1) va birikma tarkibida jipslashuvidan (2) iborat.
O‘zbek tilining me’yoriy nutqida tartib qat’iy, tobe a’zo oldin, hokim keyin keladi. Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a’zoni bir-biridan ajratish, «uzish», ular orasiga boshqa bo‘laklarni kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda tutiladi. Masalan, kecha kelmoq, kitobni o‘qimoq, shahrimizning ko‘chalari kabi SBda erkin joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va hokim a’zoni bir-biridan ajratish, «uzish» (Кecha uyga keldi, kitobni tez o‘qidi, shahrimizning keng ko‘chalari), hatto teskari joylashtirish (kelmoq kecha, ko‘chalari shahrimizning) mumkin. Jipslashuv deganda tobe va hokim a’zoni bir-biridan «uzish» mumkin emasligi tushuniladi. Bunga tosh ko‘prik, oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o‘qimoq birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko‘prik birikmasidagi so‘zlarning o‘rni almashtirilsa, birikma mohiyati o‘zgarib ketadi: Кo‘prik – tosh. Demak, bu so‘zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustuvor ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa kuchliligini bildiradi.
Har qanday SBda so‘zning mavjud imkoniyati yuzaga chiqadi. Bunda har bir a’zodagi mazkur (M, J, Sh) omillar o‘zaro va boshqa a’zodagi shunday omillar bilan muvofiqlashadi. So‘zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omilning kuchsizlanishi evaziga sodir bo‘ladi. Buni uchburchak burchaklariga qiyoslash mumkin. Uchburchak burchaklarining yig‘indisi 180 gradusga teng. Bir burchak kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy yig‘indisi 180 gradusga teng bo‘lib turaveradi. Xuddi shuningdek, tobe yoki hokim so‘zdagi bir omil kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo‘ladi. Chunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to‘la voqelanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: ShMJ+ShMJ. Chunki har ikki a’zo ham – biriktiruvchi-tobe a’zo tobega xos, hokim a’zo hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim va tobeligini ana shu shakllar ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun har ikkala a’zoda ham shakliy omil ustuvor. Birikma a’zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), teskari joylashtirish (egasi uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta’sir qilmaydi. Bu esa joylashuv omilining o‘ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma’noviy omil esa shakliy va joylashuv omillari oralig‘ida bo‘ladi. Shoshilib gapirmoq birikmasidagi a’zolarning birikuv omillari quyidagicha: ShMJ-MShJ. Birinchi uzvda shakliy omilning oldingi o‘ringa chiqishi sababi uning ravishdosh shaklidaligi. Ravishdosh shakli shoshilib so‘zshaklining tobeligini ta’minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a’zoda ham oxirgi o‘ringa o‘tishi esa tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning mavjudligi. Ikkinchi a’zo (o‘qimoq)da ma’noviy omilning kuchayishi uning hokimlik grammatik shakliga ega emasligi va joylashuv omilining kuchsizligi evaziga. Mart oyi birikmasidagi a’zolarning birikuv omillari munosabati esa quyidagicha: JMSh+ShMJ. SB a’zolarida ma’noviy omilning oxirgi o‘ringa o‘tishi mumkin emas. Chunki SB uchun dastlabki talab – a’zolarning ma’noviy muvofiqligi.
O‘zbek tilida har bir a’zo birikuv omillarining o‘rin almashish natijasida 6 xil kombinatsiya vujudga keladi. Tobe a’zo: MShJ, MJSh, ShMJ, ShJM, JMSh, JShM. Hokim a’zo: MShJ, MJSh, ShMJ, ShJM, JMSh, JShM. Har bir a’zoning 6 xilligi asosida (6x6) SBning 36 mantiqiy-riyoziy turi ma’lum bo‘ladi. Olti xil tobe a’zo va olti xil hokim a’zoni ko‘paytirish asosida 36 xonali jadval yuzaga keladi. Quyida jadval har bir SB turiga ayrim misollar berish bilan keltiriladi (36-jadval).

Jadvaldagi bo‘sh kataklardan o‘zbekcha birikmalar o‘rin olmaydi. Masalan, MShJ-ShJM tuzilishli birikma o‘zbek tiliga xos emas. Zero, aytilganidek, a’zolarda ma’noviy omil eng ko‘p darajada kuchsizlangan so‘z birikmalari nutqimizda yo‘q.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish