O‘zbeкiston respubliкasi


SO‘Z BIRIKMASI LISONIY SATHDA



Download 0,83 Mb.
bet309/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

SO‘Z BIRIKMASI LISONIY SATHDA




Tayanch tushunchalar


Lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, qolip, hosila, valentlik, birikuv omillari, joylashuv omili, shakliy omil, ma’noviy omil
81-§. SB LSQsini tiklash va uning voqelanishi. Boshqa lisoniy hodisa kabi SB LSQlarini tiklash va uning voqelanishi farqlanadi. SB LSQining voqelanishi «lison-nutq» yo‘nalishida bo‘lib, bu yo‘nalish umumiylikdan oraliq ko‘rinish orqali xususiylikka – nutqiy hodisaga qarab boradi. Masalan:


[W→W]


[Wmorfologik vosita→Wmorfologik vosita]


[Wqaratqich kelishigi→W egalik qo‘shimchasi]


[ismqaratqich kelishigi→ismegalik qo‘shimchasi]


[ot qaratqich kelishigi→otegalik qo‘shimchasi]


[otatoqliqaratqich kelishigi →otturdosh egalik qo‘shimchasi]


Кarimning kitobi

Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo‘lsa, [otatoqliqaratqich kelishigi→otturdoshegalik qo‘shimchasi] – quyi lisoniy sintaktik qolip. Кarimning kitobi hosilasi – ana shu LSQ asosidagi nutqiy SBdir.


LSQni tiklash xususiylik (nutqiy hosila)dan oraliq ko‘rinish orqali umumiylik sari boradi va bu jarayon «nutq-lison» yo‘nalishida kechadi. Nutqiy SBning voqelanishida boshlang‘ich nuqta [W→W] qolipi bo‘lsa, uni tiklashda Karimning kitobi kabi nutqiy SBlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida aytilganidek, o‘zbek tilida so‘z birikmasining 18 ta umumlashmasi – LSQi mavjud bo‘lib, ularni a’zolarining birikuv omillari asosida jadvalda quyidagicha umumlashtirish mumkin (37-jadval).


ShMJ

ShJM


37-jadval
MShJ

MJSh

JMSh

JShM

ShMJ

[Wqaratqich kelishigi →Wegalik qo‘shimchasi]

[Wchiqish kelishigi→Wchegara shakli]


[Wchiqish/ jo‘nalish kelishigi →Fe’lmajhul/ aniq nisbat]



[ismkelishik qo‘shimchasi →fe’l]
[ismo‘xshatish →fe’l]
[sifatchiqish kelishigi→sifat]
[otqaratqich kelishigi→sifat]
[fe’lsifatdosh→fe’l]
[sonkelishik qo‘shimchasi →son]

[otkelishik qo‘shimchasi →ot]

[ismo‘xsha-tish→ism]

[fe’lsifat-dosh→ot]




ShJM







MShJ







MJSh








[ism→ot]
[ism→fe’l]
[ravish/olmosh→sifat]





JMSh


[otbosh kelishik→otegalik qo‘shimchasi]



[otmodda→ otaniq]

[otshaxs →otshaxs]




JShM










Quyida har bir riyoziy-mantiqiy katakdagi bittadan LSQning asosiy ko‘rinishi va ma’noviy turlarini tasvirlashga harakat qilinadi.


[Wqaratqich kelishigi→Wegalik qo‘shimchasi]=qaratuvchi-qaralmish. Qolipda a’zolar W belgisi bilan berilgan bo‘lib, bu muayyan so‘z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini to‘ldiruvchi a’zo sifatida turli xil mustaqil so‘z turkumi qatnashishi mumkin. Shuningdek, bu LSQning quyi bo‘linishi uning tegishli so‘z turkumi tomonidan to‘ldirilishi asosida bo‘lib, ular quyidagilar:

  1. [ot qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + ot qaralmish] (kitobning varag‘i);

  2. [ot qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + sifat qaralmish] (daraxtning mo‘rti);

  3. [sifat qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = sifat qaratuvchi + ot qaralmish] ((gulning) qizilining hidi);

  4. [sifat qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi = sifat qaratuvchi + sifat qaralmish] ((olmaning) kattasining chuchugi);

  5. [ot turdosh qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + son qaralmish] (gulning bittasi);

  6. [son qaratqich kelishigi → Sonegalik qo‘shimchasi = son qaratuvchi + son qaralmish (o‘nning yarmi);

  7. [ot qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi+fe’l qaralmish] (Otabekning qaytishi);

  8. [harakat nomi qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = fe’l qaratuvchi+ot qaralmish] (uyalishning o‘rni);

  9. [harakat nomi qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi = fe’l qaratuvchi + fe’l qaratuvchi (olmoqning bermog‘i);

  10. [ot qaratqich kelishigi → sifatdosh egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + sifatdosh qaralmish (yurakning to‘xtagani);

11) [sifatdosh qaratqich kelishigi →ot egalik qo‘shimchasi = sifatdosh qaratuvchi + ot qaralmish] (qo‘rqqanning ko‘zi);

  1. [ot qaratqich kelishigi → ravish egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi);

  2. [olmosh qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = olmosh qaratuvchi + ot qaralmish (mening vatanim);

  3. [ravish qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = ravish qaratuvchi + ot qaralmish (hozirning huzuri).

Umumiy [W qaratqich kelishig → W egalik qo‘shimchasi] qolipining bu ko‘rinishlari ham bevosita kuzatishda berilgan, ular o‘zaro a’zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan, demak, bu farq lug‘aviy mohiyatlar asosidadir.
[W qaratqich kelishigi – W egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi -qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma’noviy munosabatni namoyon qiladi. Misol sifatida bir-biriga o‘xshash bir nechta nutqiy SB ni qiyoslab ko‘raylik (38- jadval):
38-jadval



SB

Ma’noviy munosabatlar

1
2
3
4
5
6
7
8
9



Halimning qalami


Odamning qo‘li


Ilmning tashabbuskori


Odamning yaxshisi


Uyning tozaligi


Bolaning yig‘lashi


Yashashning zavqi


Urushning asorati


E’tiborsizlikning illati

«Ega-egalik qilinuvchi narsa»


«Butun-qism»

«Narsa-aloqador shaxs»


«Tur-jins»


«Belgi egasi-belgi»


«Subyekt-uning harakati»


«Holat-uning natijasi»

«Jarayon-uning oqibati»


«Sabab-natija»



Bu qatorni yana davom ettirish mumkin. Кo‘rinadiki, SBdan SBga o‘tish bilan ularning ma’noviy munosabati ham farqlanib bormoqda. Ma’noviy munosabatlar orasida aynan o‘xshashlik yo‘q.


Bu leksemalar asosida ko‘plab SB tuzish mumkin va ularning har biri borliqdagi har xil – «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi munosabatlarni aks ettiradi. Bu obyektiv munosabatning qaysi biri voqelanishi esa birikmadagi grammatik qo‘shimcha bilan belgilanadi. Qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi Кarimning kitobi birikmasida ikki xil ma’noviy munosabatni voqelantiradi: «ega-egalik qilinuvchi narsa» va «muallif-uning asari». Lekin [Wqaratqich kelishigi →W egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi – qaralmish] LSQi bu ikki xillikka nisbatan befarq. Chunki bu omonimlikni nutqda yoki lisonda [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi] dan quyida maxsus vositalar farqlaydi. Bu vositalar matn (Кarim kitob oldi. Кarimning kitobi qiziq ekan, yoki Кarim kitob yozdi. Кarimning kitobi qiziq ekan) yoki SB a’zosining kengayishi (Кarimning yozgan kitobi ) kabidan biri yoki bir nechtasi bo‘lishi mumkin.
Demak, ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan SB a’zolari orasidagi ma’noviy munosabat [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi] qolipiga daxldor bo‘lmay, balki uni to‘ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa/predmet orasida bo‘ladigan munosabatning aksi bo‘lib, bu munosabat leksemaning miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo‘lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu ma’noviy munosabat qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasining ma’nosi ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati mavjud, u SBda ham aks etgan. SBdagi turli-tuman ma’noviy munosabat bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi ma’nosidek ham tuyuladi. Lekin qaratqich kelishigi tobe so‘zni hokim so‘zga, egalik qo‘shimchasi hokim so‘zni tobe so‘zga bog‘lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma’nolar qolipni to‘ldirayotgan leksemalarning ma’noviy mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur qo‘shimchalar namoyon qiluvchi vositalardir, xolos.
[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] qolipi. SBning bu LSQi birinchi uzvi morfologik shakllangan va shuning uchun ShMJ birikuv omiliga ega va ikkinchi qismda grammatik ko‘rsatkich bog‘lanish uchun nisbatan ahamiyatsiz bo‘lganligi bois, birikuv omillarining MShJ kombinatsiyasi amal qiladi.

Qolipning birinchi uzvini ism turkumiga oid so‘zlar to‘ldirib, ular hokim uzvga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllari bilan bog‘lanadi. Birinchi uzvi asosida LSQ quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi (39-jadval):
39-jadval

[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l]

[ism tushum kelishigi → fe’l]

[ism jo‘nalish kelishigi →fe’l]

[ism o‘rin-payt kelishigi → fe’l]

[ism chiqish kelishigi → fe’l]

LSQning har bir ko‘rinishi ism uzvining bo‘linishi asosida yana tarmoqlanadi. Masalan, [ism tushum kelishigi → fe’l] qolipi quyidagi bo‘linishlarni beradi: [ot tushum kelishigi → fe’l], [sifat tushum kelishigi → fe’l], [son tushum kelishigi → fe’l], [olmosh tushum kelishigi → fe’l], [harakat nomi tushum kelishigi → fe’l] (kitobni/yaxshini/o‘nni ayir, uni gapirish/o‘qimoq/so‘ramoq/ boshlamoq/ni bas qil.) kabi.


LSQning birinchi uzvi morfologik shakllanganligi tufayli uni to‘ldiruvchi so‘zda shakliy omil birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Joylashuv omili esa oxirgi o‘ringa tushadi. Zero, birikma a’zolarini erkin almashtirish, ular orasiga so‘zlar kiritish birikmaning mohiyatiga, a’zolar orasidagi ma’noviy munosabatga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkinchi a’zo grammatik shakllanganligi sababli ma’noviy omil kuchayib, birinchi uzvda joylashuv omili o‘ta kuchsiz bo‘lganligi bois ikkinchi fe’l uzvda ham bu omilning kuchsizlanishi va uchinchi o‘ringa surilishini taqozo qiladi.
[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi uchun uning mazmuniy jihati ham murakkab tabiatli bo‘ladi va uni harakatga tortilgan yoki bog‘liq obyekt (joy-harakat) ko‘rinishida berish mumkin. Bu ma’noviy umumiylik [ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining xususiy ko‘rinishlarida alohida kelishik qo‘shimchalari tomonidan juz’iylashtiriladi, muayyanlashtiriladi.
Masalan:
[ism tushum kelishigi → fe’l = vositasiz obyekt-harakat];
[ism jo‘nalish kelishigi → fe’l = vositali obyekt/hol-harakat];
[ism chiqish kelishigi → fe’l = ajralish manbai/o‘rin-harakat] va hokazo.
[ism → ot] LSQi. Bu LSQ SB [W→W] qolipining alohida turi, u bitishuv aloqali nutqiy hosila berishi bilan xarakterlanadi. [ism→ot] qolipining nutqiy voqelanish bosqichlarini quyidagicha aks ettirish mumkin (40-jadval):
40-jadval

[ot→ot]

[sifat→ot]

[olmosh→ot]

[son→ot]

[ravish→ot]

asal bola

yaxshi bola

o‘sha bola

birinchi bola

pinhona suhbat

[ism → ot] LSQ i uzvlari o‘zaro hech qanday morfologik vositasiz bog‘langan, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy omil o‘ta kuchsizlanadi. Ma’noviy omil esa birikuvni ta’minlovchi ustuvor omil maqomida bo‘ladi: MJSh-MJSh. [ism → ot] LSQining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma’noviy munosabatini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo‘ladi, LSQni yaxlit holda [ism → ot = sifatlovchi – sifatlanmish] tarzida ta’riflash mumkin.


Ma’lum bo‘ladiki, LSQdan sintaktik shakl yasovchigina joy oladi. Lug‘aviy shakl yasovchi esa LSQ uchun ahamiyatsiz, ikkiyoqlama tabiatga ega bo‘lgan lug‘aviy-sintaktik shakllar qolip uchun ahamiyatli vositalar sifatida lug‘aviy shakllar tizimining chekkasidan joy oladi.
LSQni o‘qish va yozish qoidalari. Lisoniy birlik bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, ular yozish yoki aytish uchun ham shartli belgidir.
Lisoniy birlik bo‘lgan LSQ yozuvda turli shartli belgi vositasida beriladi. Biroq bu shartli belgini o‘qishning o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ma’lumki, ximiyada moddalar turli shartli belgilar vositasida ifodalansa-da, ular aynan o‘qilmaydi. Masalan, H2SO4 ni «Ash ikki S O to‘rt» deb o‘qish to‘g‘ri emas. LSQga ham shunday munosabatda bo‘lish lozim. Deylik, [W morfologik vosita →W morfologik vosita] qolipini o‘qish buyurilgan. Uni «W morfologik vosita va W morfologik vosita», deb emas, balki, «ikki uzvi morfologik shakllangan atov birligi» deb o‘qish tavsiya etiladi. Agar LSQ [ism kelishik qo‘shimchasi → ism egalik qo‘shimchasi] ko‘rinishida bo‘lsa, u «ikki uzvi ismli qaratuvchili birikma» tarzida o‘qilishi maqsadga muvofiq.
Ma’lum bo‘ldiki, LSQning shakliy tomonigina yoziladi va o‘qiladi. Zero, ikki yoqlamali birlik bo‘lgan leksema va morfemaning ham shakliy tomoni shartli ravishda yoziladi va o‘qiladi: kitob leksemasi, -ni morfemasi kabi. Ularning mazmuniy tomoni bo‘lgan semema yoki grammatik ma’no birliklarning shakliy tomoni bilan yaxlit idrok etiladi va yozuvda uni alohida berish uchun zarurat bo‘lmaydi.
Demak, LSQ ifodasida ham qulaylik uchun ularning shakliy tomoni bilangina cheklanish ma’qul.
Turg‘un SB va frazemalarning LSQdagi o‘rni. Turg‘un SB va frazemalar ham mohiyatan o‘zida tayyorlik, majburiylik, ijtimoiylik belgilarini mujassamlashtirganligi bois, bir atov birligi, bir leksemaga teng birlik sifatida qaralib, yaxlit holda LSQning bir uzvini to‘ldiradi. Masalan, Halimning tepa sochi tikka bo‘lishi [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi], qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan bola ([ism→ ot]) kabi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish