O‘zbeкiston respubliкasi


-§. SB tasnifi. Hokim a’zoning ifodalanishiga ko‘ra SBning turlari



Download 0,83 Mb.
bet308/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

80-§. SB tasnifi. Hokim a’zoning ifodalanishiga ko‘ra SBning turlari. SB o‘z tarkibidagi hokim a’zoning qaysi so‘z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Ismli birikmada hokim a’zo ot, sifat, son, olmosh turkumidan ifodalanadi: keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), odamlarning biri (son), o‘quvchilarning hammasi (olmosh).
Fe’lli birikmada hokim a’zo fe’ldan bo‘ladi: vazifani bajarmoq, tez o‘qish, uyalgani uyalgan.
SBning tuzilishiga ko‘ra turlari. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan so‘z birikmalari ikki mustaqil so‘zli. So‘z birikmalari uch va undan ortiq mustaqil so‘zli bo‘lishi ham mumkin: bepoyon


yashil maydon, o‘nta badiiy asar. Demak, tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasi ikki turga bo‘linadi:
a) sodda birikma; b) murakkab birikma.
Sodda birikma, odatda, ikki mustaqil so‘zdan tuziladi: oq qog‘oz, ko‘m-ko‘k osmon kabi. Besh qavatli bino, o‘n yashar bola, o‘rta bo‘yli yigit tipidagi qo‘shilish ham sodda birikma sanaladi. Chunki ular tarkibidagi besh qavatli, o‘n yashar, o‘rta bo‘yli unsurlari ajralmas birikma bo‘lib, bir butun holda tobe a’zo sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, SBning a’zolari ibora yoki boshqa turg‘un birikma bilan ifodalanganda ham birikma sodda hisoblanadi: kapalagi uchib ketgan bola (kapalagi uchib ketgan+bola), «Yoriltosh» ertagi (yoriltosh+ertagi), Qush qo‘nmas o‘simligi (qush qo‘nmas+o‘simligi).

36-jadval


Hokim

Tobe

SHMJ

SHJM

MSHJ

MJSH

JMSH

JSHM

SHMJ

uyning egasi,


uydan maktabgacha,
shamoldan yopilmoq



kitobni o‘qimoq, odamdek yashamoq, shirindan shirin, daraxtdan mo‘rt, shoshib gapirmoq, uchga bir

xalqqa murojaat, farishtadek odam, nuragan devor



SHJM







MSHJ







MJSH




ilg‘or ishchi,
yaxshi odam,
shunchalar go‘zal




JMSH

mart oyi


temir qoshiq,

qo‘shni kampir




JSHM







Murakkab birikma sodda birikma a’zolarining kengayishidan tuziladi. Qiyoslang:
uch ordak osmondagi uch ordak
o‘rdak o‘rdak


uch uch


osmondagi
ilgor terimchilar xojalikdagi ilgor terimchilar
terimchilar terimchilar



ilg‘or ilg‘or
xo‘jalikdagi
a’lochi oquvchilar hammadan a’lochi oquvchilar
o‘quvchilar o‘quvchilar


a’lochi a’lochi


hammadan
Osmondagi uch o‘rdak (osmondagi+uch+o‘rdak), xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar (xo‘jalikdagi + ilg‘or +terimchilar) SBlarida hokim so‘z kengayishi natijasida, hammadan a’lochi o‘quvchilar (hamma-dan+a’lochi+o‘quvchilar) birikmasida esa tobe a’zo kengayishi natijasida murakkab birikma hosil bo‘lgan. Ba’zan har ikkala a’zo ham birdan kengayishi mumkin: hammadan a’lochi faol talabalar: (hammadan+ a’lochi+faol+talabalar):

(talabalar




faol)
(hammadan a’lochi)
Murakkab birikmada oldin turgan so‘zlar oxirgisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib birikma hosil qilmaydi, ya’ni katta semiz qora qo‘y birikmasidagi a’zolar ushbu birikmaning o‘zida katta qo‘y, semiz qo‘y, qora qo‘y kabi birikuvni bermaydi:
qo‘y



katta semiz qora
Chunki bunda tobe so‘zlar hokim so‘z ifodalagan narsaning turli belgisini ko‘rsatadi. Bu esa ularning uyushmaganligiga dalildir. Uyushmagan tobe a’zo esa o‘ziga xos ohang bilan aytiladi. Qiyoslang:
A’lochi, bilimdon bolalar (uyushgan tobe so‘zlar)
Кatta semiz qora qo‘y (uyushmagan tobe so‘zlar)
SB zanjiri. Ayrim murakkab SBda bir so‘z oldingi so‘zga hokim, keyingi so‘zga nisbatan tobe bo‘lishi mumkin. Masalan: maktabda o‘qiyotgan bola kabi. Bunda o‘qiyotgan so‘zi maktabda so‘ziga hokim, bola so‘ziga esa tobe a’zo sanaladi. Uning sxemasini quyidagicha berish mumkin:
bola


o‘qiyotgan


maktabda
Birikma esa kengayishi mumkin:
bola



o‘qiyotgan


maktabda


kunduzgi
So‘z birikmasidagi a’zolarning bu tarzdagi kengayishi SB zanjiri deyiladi. Lekin barcha murakkab birikma ham SB zanjirini hosil qilavermaydi. Masalan, xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar birikmasi kabi. Buning bog‘lanishi zanjirsimon emas. Chunki xo‘jalikdagi so‘zi ilg‘or so‘ziga emas, balki ilg‘or terimchilar birikmasiga tobelangan:
terimchilar


ilg‘or


xo‘jalikdagi
SB va sintagma. Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari nutq jarayonida qisqa to‘xtam bilan ajraladi. Bunday parchalar sintagma deyiladi. Masalan: A’lochi o‘quvchilar barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdilar gapi uchta sintagmaga bo‘linadi:
1)a’lochi o‘quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat bilan topshirdilar.
Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisqa to‘xtamdan so‘ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan kattaroq pauza bilan ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar undan kichikroq bo‘ladi. Sintagma – grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik butunlik.
Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo‘lishi mumkin. Sintagma ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha so‘zli bo‘lganda, ko‘pincha, yetakchi va unga tobe so‘zdan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim-tobelik SBdagi hokim-tobelik munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim so‘z keyingi sintagma uchun tobe bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi a’lochi o‘quvchilar sintagmasidagi hokim a’zo (o‘quvchilar) barcha so‘ziga tobe bo‘lolmaydi. Lekin SBning tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar so‘ziga tobelanadi.
Sintagma SBga teng bo‘lishi ham mumkin. Bunda SBdagi yonma-yon kelgan tobe va hokim a’zolar sintagma hosil qila oladi: a’lochi o‘quvchilar birikuvi ham SB, ham sintagma. O‘quvchilar topshirdilar birikmasi erkin birikuv bo‘lsa-da, sintagma emas, chunki a’zolari bir pauza bilan birlashtirilmagan.
Sintagmaning SBdan farqli yana bir xususiyati shuki, uning unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin SBning uzvlari orasida nutqda bu SBga daxldor bo‘lmagan boshqa SB uzvlari joylashgan bo‘lishi mumkin: kitobni kecha o‘qidim gapidagi kitobni o‘qimoq SB orasida unga daxli bo‘lmagan kecha so‘zi joylashgan.
Sintagmalanishning o‘ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-yon kelgan aniqlovchi va aniqlanmish, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish bir sintagmani hosil qiladi.
So‘zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo‘lib, har bir so‘zlovchi bir gapni turlicha sintagmaga bo‘lishi mumkin. Masalan: Halim shofyor akamning o‘rtog‘i gapini quyidagicha sintagmalash va uni turlicha tushunish mumkin; 1. Halim – shofyor akamning o‘rtog‘i. 2. Halim shofyor – akamning o‘rtog‘i. Demak, gapning lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBning qaysi SB LSQi hosilasi ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Sintaktik birliklarni sanang.

  2. Tobe aloqani tavsiflang.

  3. Teng aloqani tavsiflang.

  4. Kengaytiruvchini tavsiflang.

  5. Kengayuvchini tavsiflang.

  6. Birikish usullarini bayon qiling.

  7. Erkin birikish omillarini bayon qiling.


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish