O‘zbeкiston respubliкasi


-§. SBda bog‘lanish omili



Download 0,83 Mb.
bet306/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

79-§. SBda bog‘lanish omili. Sbning tuzilishi, tashkil etuvchi a’zolarning o‘zaro munosabatini o‘rganish jarayonida birikishning ichki qonuniyati ochiladi. Sbda bog‘lanish a’zolardan birining faolligi asosida emas, balki har ikki a’zoning ham bir-biriga, avvalo, ma’noviy, qolaversa, shakliy, joylashuv jihatdan moslashishi asosida yuz beradi. Chunki tobelanayotgan leksemaning birikish imkoniyati voqelanishga, hokim a’zoning biriktirish talabi esa qondirilishga intiladi. Sbdagi a’zolarning goh bittasining (maktabga bormoq), goh ikkinchisining ham (maktabning bog‘i) grammatik shakllanishi asosida sintaktik aloqaning ikki xil – bir tomonlama aloqa, ikki tomonlama aloqa turini farqlash ma’qul emas. Unda bitishuvli (keng dala) birikmalarni hech qanday aloqasiz birikma deyishga to‘g‘ri kelgan bo‘lar edi. Yuqoridagi aloqaning ikki ko‘rinishi bog‘lovchi vositaga qarab belgilangan, xolos.
So‘z birikmasida aloqa har doim ham ikki tomonlamadir. SB a’zolarining ikki yoqlama birikish imkoniyati (tobe a’zo) va biriktirish talabi (hokim a’zo) aloqadorligi bevosita a’zolarning birikish-biriktirish qobiliyatiga asoslanadi.
SB a’zolari orasidagi bog‘lanish har bir so‘zda yaxlit holda mavjud bo‘lgan ma’noviy (M), shakliy (Sh), joylashuv (J) omillarining o‘zaro muvofiqligiga tayanadi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasidagi kitobni so‘zshaklida hokim so‘zga birikishini ta’minlaydigan M, Sh, J omillari bo‘lganligi kabi o‘qimoq so‘zshaklining ham tobe a’zoga bog‘lanishini ta’minlaydigan M, Sh, J omillari mavjud. xatni yozmoq birikmasida tobe so‘z (xatni)ning hokim so‘z (yozmoq) bilan birikishini uning shakli -ni, ma’nosi va qisman joylashuvi (oldin kelishi) ko‘rsatsa, hokim so‘zning tobe so‘z bilan bog‘lanishini ma’nosi, shakli va qisman joylashishi (keyin kelishi) ko‘rsatadi.
So‘zda bu uch omil yaxlit bo‘lib, ma’lum birikish jarayonida birortasi ustunlik qilsa, boshqalari kuchsizlanadi. Кeltirilgan xatni yozmoq birikmasidagi tobe so‘z (xatni)da shakliy omil -ni tobelikni ko‘rsatuvchi yetakchi omil bo‘lsa, hokim so‘z (yozmoq)da ma’noviy omil ustunlik qilgan.
Ma’noviy omil deganda so‘zlarning bog‘lanishi uchun muhim sanalgan lug‘aviy ma’nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi. Lug‘aviy ma’no ayon bo‘lib, so‘zning grammatik ma’noviy xususiyatiga biroz sharh berish lozim. So‘zlarning muayyan turkumga xosligi keng ko‘lamli tushuncha, mustaqil so‘z turkumlari doirasida narsa-predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe’l), holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumlik ma’nolarini qamrab oladi. Bu ma’nolar so‘z turkumi (masalan, ot), uning ichki bo‘linishlari (masalan, modda-ma’dan oti, o‘rin-joy oti kabi) bilan bog‘liq. Shuning uchun tosh ko‘prik birikmasida (tosh) so‘zining ot turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi, (ko‘prik) so‘zining ma’lum bir harakatning mahsuli bo‘lmish predmetni ifodalashi, so‘rida yotmoq birikmasida esa (so‘ri) so‘zining joy nomini atab kelishi, (yotmoq) fe’lining o‘timsizligi kabilar ma’noviy omilni tashkil etadi.
Shakliy omil deganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari tushuniladi. Morfologik shakl birikmadagi qaysi a’zoni shakllantirishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1) tobega xos (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko‘rsatkichi va ko‘makchi);
2) hokimga xos (egalik, nisbat, kesimlik ko‘rsatkichi).

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish