Son+fe’l: beshotar, birqoqar.
Ot+sifat: ustabuzarmon, gulbeor, oshko‘k.
Fe’l+fe’l: iskabtopar, ishlab chiqarish.
Fe’l+ot: savacho‘p.
Juft otlar. Juft otlar ot+ot, sifat+ot kabi qoliplar, shuningdek, boshqa turkumga oid juft so‘zlarning otga ko‘chishidan vujudga keladi. Juft otlar tarkibiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Har ikki qismi mustaqil holda ham ishlatiladigan juft otlar:
Qismlari o‘zaro sinonim: azob-uqubat, aysh-ishrat, dori-darmon, baxt-saodat, zeb-ziynat, izzat-ikrom, izzat-hurmat, kayf-safo, makr-hiyla, nasl-nasab, pand-o‘git.
Qismlari o‘zaro antonim: avra-astar, avlod-ajdod, achchiq-chuchuk, bordi-keldi, bosh-oyoq, er-xotin, o‘g‘il-qiz, savol-javob, salom-alik, qulf-kalit.
Qismlarining ma’nosi yaqin: ariq-zovur, baxt-taxt, baqir-chaqir, boj-xiroj, bosh-ko‘z, dev-pari, sovg‘a-salom, o‘q-dori, qovoq-tumshuq, hisob-kitob, hol-jon, qo‘y-qo‘zi.
Do'stlaringiz bilan baham: |