O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet207/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Son kategoriyasi. Otlarda ziddiyat holida bo‘lgan birlik va ko‘plik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil etadi.
Mantiqiy va grammatik sonni aralashtirmaslik kerak. Masalan, jamlovchi ot (xalq, qo‘shin, poda, suruv) mantiqan predmet jamini bildiradi, lekin grammatik jihatdan birlikda deb qaraladi.
Son kategoriyasining ikki: -lar affiksi bilan yasaluvchi shakli va shunga oppozitsiyada bo‘lgan nol ko‘rsatkichli shakli bor. Bulardan -lar affiksi otning ko‘plik shaklini yasaydi, birlik shakl esa nol ko‘rsatkichli shakli.
-lar shaklining ko‘plikni ifodalashi masalasida barcha tilshunoslar hamfikr. Ammo nol ko‘rsatkichli shakl masalasida har xil qarash bor.
Кo‘pincha nol shakl faqat birlik ma’nosining ifodalovchisi sifatida qaraladi. Ba’zilar esa u na ko‘plik, na birlik ifodalashini ta’kidlab, bu shaklning son kategoriyasi tarkibidagi o‘rniga shubha bilan qaraydi. Zero, nol shakl miqdoriy grammatik ma’no anglatishdan mahrum ekan, unda -lar shakli bilan aynan bir xil qurshovda o‘rin almashishini qanday tushunish kerak? Unda Askar o‘rab oldi o‘ngdan-u so‘ldan (Mirt.) gapida mantiqan (askarlar) so‘zshakli ishlatilgan bo‘lar edi.
Demak, -lar va nol shakl – hozirgi o‘zbek tilida miqdor anglatuvchi grammatik ko‘rsatkich. Bu ular sof miqdor anglatadi, degani emas, albatta. Miqdor belgisi bu shakllarda kategorial ma’no bo‘lsa, unda sifatiy yondosh va boshqa hamroh ma’no ham mavjud.
Quyida -lar shaklining OGMlarini sanaymiz:
«Кo‘plik» -lar shakli eng ko‘p ifodalaydigan ma’no. Bunda -lar UGMsining kategorial ma’nosi «ko‘plik» bo‘lsa, unga dialektik yondosh bo‘lgan ma’no – «miqdoriy noaniqlik» va «sifatiy bo‘linuvchanlik». Ya’ni grammatik ma’no «bo‘linuvchan noaniq ko‘plik». Demak, «ko‘plik» ma’nosi ifodalanganda, albatta, o‘z-o‘zidan «noaniqlik» va «bo‘linuvchanlik» ma’nosi yuzaga chiqishi shart. Bunga misol: Bog‘da shirin-shirin olmalar bor. Olmaning ko‘pligi ayon. Ammo uning nechtaligi noaniq va bu ko‘plik bo‘linuvchan (olma+olma+olma...).
«Jamlik» ma’nosi ba’zan sezilar-sezilmas, ya’ni bo‘linuvchanlik xususiyatini saqlagan holda (a) yuzaga chiqsa, ayrim holda, xususan, turg‘unlashib qolgan izofada (b) yaqqol yuzaga chiqadi: a) kishilar orzusi, qushlar bayrami; b) ishchilar sinfi, o‘qituvchilar ro‘znomasi, kitoblar uyi.
-lar shaklining «bog‘liqlik yoki o‘xshashlikka asoslangan ko‘plik»ni ifodalashi quyidagi misolda ko‘rinadi: 1. Avazlarga g‘isht quyib berdim (Avaz va u bilan bog‘liq oila a’zolariga). 2. Avvalgi sarvigullar o‘qishni tugatishdi (Sarvigulga o‘xshaganlar).
-larning miqdoriy va sifatiy belgisi ayrim holda unga makon va zamon o‘lchovida taxminiylikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, 1. Adashmasam, uni urib burnini qonatganimda uch yoshlarda edik. 2. O‘n yillar ilgari kamina ham shu qizlar yoshida edim.
-larning kuchaytirilgan ma’no ifodalashi: Tillarimga ko‘cholmaydi bo‘g‘zimdagi ovozim. Bundagi kuchaytirish -larning «ko‘plik» ma’nosiga bog‘liq. Chunki ko‘p narsa mantiqan kuchli bo‘ladi. Ya’ni til aslida «bitta». Uni kuchli qilib ko‘rsatish uchun ko‘plik shakli berilmoqda.
Quyida nol 0 shakl OGMlarini sanaymiz:

  1. «Birlik» ifodalash 0 shaklning asosiy vazifasi. Bu ma’no ko‘rsatish olmoshlari, bir so‘zi, aniqlovchilar bilan munosabatga kirishganda yuzaga chiqadi: Bir radiosi bor, sandiqdek keladi. (O‘.Hosh.)

  2. 0 shakl jamlik ifodalaganda narsalarning bo‘linmas, yaxlit birligi anglashiladi: Gadoning dushmani gado bo‘ladi. (A.Orip.)

  3. 0 shakl matnda aniq va noaniq ko‘plik ifodalashi mumkin. Masalan, Ermon buvaning aytishiga qaraganda, on pud kosakni chuvish zimmamizga yuklatilgan edi.

Aytilganlar asosida son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko‘rsatamiz:
0 shakli UGMsi – «bo‘linmas sifat, aniq/noaniq miqdor ifodalash».
-lar shakli UGMsi – «bo‘linuvchan/bo‘linmas sifat va aniq/noaniq miqdor ifodalash».
Bu UGM o‘z o‘rnida kategorial va nokategorial qismga bo‘linadi. «Miqdor» kategorial, «bo‘linuvchan/bo‘linmas sifat» yondosh, «tur», «xil», «kuchaytirish», «hurmat» kabilar – kategorial ma’no bilan dialektik bog‘lanmagan hamroh ma’no.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish